Песня «Onam»
исполнителя Ozoda Nursaidova.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Men nima topibman dunyoga kelib,
Sizdan-da sevimli, sizdan-da aziz? (x2)
Ko`z-ko`z qilmoqlikka, maqtashga arzir,
Savlatim ham sizsiz, davlatim ham siz!

Oftobim onam-a, oyim onam-a,
Nomusim onam-a, orim onam-a.

Bedor o`tkazgan har tuningiz haqqi,
Meni deb kuyingan kuningiz haqqi, (x2)
Oylaringiz haqqi, yilingiz haqqi,
Sizga fido bo`lsin, jonim onam-a.

Oftobim onam-a, oyim onam-a,
Nomusim onam-a, orim onam-a.
Oftobim onam-a, oyim onam-a,
Dardlarim oqizarim soyim onam-a.

Sizdan boshqa har kim aldagani rost,
Alam quzg`un bo`lib talagani rost,
Yer bosib yuribman, osmonni ko`rib,
Sizning duoyingiz asragani rost.

(Kuni kecha bilib-bilmay ranjitib qo`ydim,
Bugun ich-ichimdan afsuslansam kam.
Negadir, negadir uzrlarga tilim bormadi,
Ertaga, ertaga ruhim tilga kirganda,
Ertaga ruhim tilga kirganda qanday javob beraman?

Onamsan, onamsan, qalbimni mehringga to`ldir,
Garib farzandingga shuldir inoyat.
O, munosib kuyching bo`lish mushkuldir,
Seni kuylamaslik esa jinoyat!)

Oftobim onam-a, oyim onam-a,
Nomusim onam-a, orim onam-a.
Oftobim onam-a, oyim onam-a,
Dardlarim oqizarim soyim onam-a.

Другие песни исполнителя:

  • Qaydan bunchalik bebosh Yaralganman, bilmayman. Boshqa mayli, gohida O`zimni ham suymayman. Yonib turban cho`g` desin, Ipak bilan o`rama. Mendan go`zal qo`shiqdan Boshqasini so`rama. O`t bilan o`ynagan Devona, devonaman. Gap-so`zi tinmagan Afsona, afsonaman. Kimligim qo`ying, Qo`shiqqa to`ying, la-la, la-la-la. Kimligim qo`ying, Qo`shiqqa to`ying. Taqdir o`zi erkalab, Erka yaraldim, netay? Hech kimga o`xshamagan Telba yaraldim, netay? Yonib turban cho`g` desin, Ipak bilan o`rama. Mendan go`zal qo`shiqdan Boshqasini so`rama. O`t bilan o`ynagan Devona, devonaman. Gap-so`zi tinmagan Afsona, afsonaman. Kimligim qo`ying, Qo`shiqqa to`ying, la-la, la-la. Kimligim qo`ying, Qo`shiqqa to`ying. (x1+x2)