Песня «Ne bo'lar»
исполнителя RAYHON.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Bo'ling bir-biringizga siz mehribon,
O'z nomiga loyiq bo'lsin inson, (woow)
Allohim har on (woow) bo'lsin soyabon.
Qadriga ham yeting yaqiningiz,
Opa-ukalarmiz shu barchamiz, (woow)
O'tkazmang yolg'iz (woow) qisqa umringiz.
Ne bo'lar, ne bo'lar bag'rimizni keng qilsak?
Ne bo'lar, ne bo'lar hayot qadrini bilsak?
Yoru birodarlar qalbin vaqtida chog',
Etsak vaqtida chog'.
Shoshilib yashaysiz mehr uchun,
Toki ota-ona hayot butun, (woow)
Qalb bo'lsin butun, (woow) topmasin yakun.
Sohir bo'lib hech kim bo'lmagan kam,
Ayting tez rahmatni o'zgaga ham, (woow)
Ayamay yordam, (woow) beraylik har dam.
Ne bo'lar, ne bo'lar bag'rimizni keng qilsak?
Ne bo'lar, ne bo'lar hayot qadrini bilsak?
Yoru birodarlar qalbin vaqtida chog',
Etsak vaqtida chog'.
Woow (woow), woooow... yeey (yeey), yeeeey.
Woow (woow), yeey (yeey), yeeeey.
Yeey (yeey), yeeeey.
Ne bo'lar, ne bo'lar bag'rimizni keng qilsak?
Ne bo'lar, ne bo'lar hayot qadrini bilsak?
Yoru birodarlar qalbin vaqtida chog',
Etsak vaqtida chog'.

Другие песни исполнителя:

  • Orzular, qayg'ular Negadir birga yonma-yon turar, Bilmaysan goho qayda baxt, qayda g'am, Yuragim kechiraverar, bu qolar alam. Negadir senga talpinar yurak, Sen esa qaydan ham bilarding? Nima o'zi dard yoki xiyonat, Vujudim tilkalagan betinim hasrat? Egallagan sevgi qafasi, Unda men yolg'izman hamon, Chegarasini ko'rmay ezilar yurak yomon. Mehringni his etay va uzoqlarga ketay, Bir bora tushlarimga endi kel, kel. Yuragim, hislarim Nega sendan voz kecholmas, Nega seni unutolmas? So'zlarim, ko'zlarim Sendan o'zgani ko'rishga, O'zgani sevishga ko'nikmadi. Ko'nikmadim... Nega ko'zlaring meni aldar? So'zlaringda esa o'zga xayollar. Balki yuraging endi mendan kechar, Negadir so'nggi payt shuni o'ylayman faqat. Bo'ysunmas, senga talpinar yurak, Sen esa qaydan ham bilarding? Nima o'zi dard yoki xiyonat, Vujudim tilkalagan betinim hasrat? Mmm, meni bundan halos et, Ikkimizga ham qolmasmu armon? Balki men bunga ko'nikolmadim, ammo Mehringni his etay va uzoqlarga ketay, Bir bora tushlarimga endi kel, kel. Yuragim, hislarim Nega sendan voz kecholmas, Nega seni unutolmas? So'zlarim, ko'zlarim Sendan o'zgani ko'rishga, O'zgani sevishga ko'nikmadi. Ko'nikmadim...