Песня «Unut»
исполнителя Азиза Низамова.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Bir ko`rinding, yana ketding qush kabi uchib,
Aytgin, qaydan o`zing uchun sen topding panoh?
Men-ku qoldim ko`zim yoshlab, surating quchib,
Muhabbatni zor qaqshatish emasmi gunoh?

Bu dunyoga qo`lim siltab, taqdirga tan berganimda
O`zing menga umid berib, hayotimga qaytarding.
Endi esa qo`ling ushlab, topdim baxtim deganimda
O`sha tubsiz jarlik tomon meni o`zing itarding.

Men singari seni suygan inson asli bormidi?
Sensiz o`tar kunlar yana bir biriga ulandi.
Mana endi biz ajrashdik, dil dildan uzoqmidi?
Nechun taqdir bizni sevgimizdan ayirdi?

Ne bo`lsa ham, taqdir ekan, sen Ollohga omonat,
Ammo yolg`iz o`tinchim bor, so`zlarimni tinglagin:
Pok sevgiga, mehribonim, qilma aslo xiyonat,
Gar qo`lingdan kelsa agar, meni bir umrga unut.

Unut… Unut…

Другие песни исполнителя:

  • Hammasi zo`r, hammasi yaxshi, Lekin qalbimda alamim bor: Muhabbatim – hayotim naqshi, Yolg`izimning boshqa yori bor. (x2) Shunga rozi bo`lib yashashni Qismatimga bitibdi dunyo. Ne ham derdim, kuchli bo`lishni Endi peshonamga yoz, Xudo. (x2) Kulmang, ota-onam erka qiziman, Asrab katta qilgan qaro ko`ziman. Sevmoqlikda man birinchisiman, Lek yorimning ikkinchisiman. Dod, sevmoqlikda man birinchisiman, Lek yorimning ikkinchisiman. Yolg`iz o`tar ko`pincha kunlar, Sabr qilib kutaman faqat. Rashkda yonib, kul bo`ldim tunlar, Taqdir, shunisiga ham rahmat. (x2) Yor-yor aytilmadi nomimga, Oq libosni kiya olmadim. Duo o`qilmadi baxtimga, Oydek kelin bo`la olmadim. (x2) Kulmang, ota-onam erka qiziman, Asrab katta qilgan qaro ko`ziman. Sevmoqlikda man birinchisiman, Lek yorimning ikkinchisiman. Dod, sevmoqlikda man birinchisiman, Lek yorimning ikkinchisiman.
  • Aqlim seni istar, Qalbim seni istar, Tanim seni der. Ko`zing meni istar, So`zing meni istar, Taning meni der. Kel, kel… Men dali, sen dali, Dali, dali-da, Sevaman, sevamiz jonim, ertakdagiday, Oh urib, oh urib, oh urib, oh. (x2) Bizning sevgimiz Tilsimlarga bisyor, Kashf etilmagan. Goh baxt, goh azobdasan, Ohsiz kitobda, Bobida aytilmagan. Hay, hay… Men dali, sen dali, Dali, dali-da, Sevaman, sevamiz jonim, ertakdagiday, Oh urib, oh urib, oh urib, oh. (x2 x2)
  • Mana soat tungi o`n ikki, Mening jonim kelmadi, Mana yana kelmadi erta. Har kun bir gap: ushlanib qoldi, Telefoni o`tirib, Menga aytolmay qoldi yana. Mana, mana, yana man, Man sani kutaman. Dasturxon yozib-yozib, Qadamingni kutaman. Bugun “gap”mi yoki osh-posh? Kirib kelasan Ikkida yo uchda, saharda. Bo`ldi-da-da-da! Ta-la pa-pi-ya, Eshiklar yopiladi, Keyingi bekat Endi ko`cha bo`ladi. Baribir menga Bahonalar o`tmaydi. Eshiklar yopiladi, Uy 10 da bekiladi. DAN xodimi oldimi vaqting? Yana kim kasal bo`ldi, Kimda o`g`il tug`ildi yana? Telefon qilmasin do`stlaring, Holatingni ko`rsatib, Vaziyatni anglatib menga. Mana, mana, yana man, Man sani kutaman. Dasturxon yozib-yozib, Qadamingni kutaman. Bugun “gap”mi yoki osh-posh? Kirib kelasan Ikkida yo uchda, saharda. Bo`ldi-da-da-da! Ta-la pa-pi-ya, Eshiklar yopiladi, Keyingi bekat Endi ko`cha bo`ladi. Baribir menga Bahonalar o`tmaydi. Eshiklar yopiladi, Uy 10 da bekiladi. (x2)
  • Hayot ayro qildi borar yo`limiz, Balki topolmadik, jonim, ko`nglimiz. Ado qilib borar meni bu dardlar, Ko`z yoshlarim artar bugun armonlar. Yarog`-ey, Yurak-bag`rim yarog`-ey, Telba yurak ado-yey, Sevgan yurak vayron-ey. (x2) Yaqin kelsa yuzlar, zavol emas ko`zlar, So`zlar hatto jonim, sevgim istar-ey. Topilmadi choramiz, ikkimiz ovoramiz, Yana yolvoramiz sevgimizdan-ey. Men ham ado, sen ham ado, Qolmadi sevgida ma’no. Uramiz oh, alamda goh Qolganim uchun sevgidan dod. (x2) Yarog`-ey, Yurak-bag`rim yarog`-ey, Telba yurak ado-yey, Sevgan yurak vayron-ey. (x2 x2