Песня «Qizim»
исполнителя Мавлуда Асалхужаева.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Har onaning qizi kelin bo'lsin albat
Nevarayu evaradek qo'nsin davlat
Shu kunlarni ko'rsatkanga ming ming rahmat
Har bir yurak o'z tengini topsin abad

Bugun oppoq atirgulday bo'ldiz qizim
Go'yo ko'kda to'lin oydek to'ldiz qizim
Oqlay desangiz otangiz noni tuzin
Yor izmidan hech bir sabab chiqmang qizim

Uyim to'ldi mehmonlarga uyim to'ldi
Kelin bo'ldi go'zal qizim kelin bo'ldi
Qo'lim to'ldi duolarga qo'lim to'ldi
Kelin bo'ldi go'zal qizim kelin bo'ldi

Другие песни исполнителя:

  • [Mavluda Asalxo’jayeva] Oh, mani buncha kelinposhsha, Qaynatasiz qonimni? Bu ketishda sizga qanday Ishonay ro’zg’orimni? [Manzura] Voy nima qilay, qaynonajon, O’g’lingiz sho’x, yomonda, Undan o’tar sizning nozik Ko’nglingiz bir tomonda. [Mavluda Asalxo’jayeva] Turishingiz o’ngacha, Uxlab bo’lasiz shomgacha, (x2) Sizning har bir odatingiz Tegib ketdi jongacha. (x2) [Manzura] Aybim yuzimga solib, Ochirmaysiz ko’zlarim, Har bir ishimdan nolib, Tushunmaysiz so’zlarim. Nimalar qilay, og’ir mening Botsa shirin so’zlarim? Nimalar qilay, ish bermasa Mening makru nozlarim. [Mavluda Asalxo’jayeva] Oh, mani buncha kelinposhsha, Qaynatasiz qonimni? Bu ketishda sizga qanday Ishonay ro’zg’orimni? [Manzura] Voy nima qilay, qaynonajon, O’g’lingiz sho’x, yomonda, Undan o’tar sizning nozik Ko’nglingiz bir tomonda. Ichimda yonsam kuyib, Ustimda yurdim kulib, (x2) Ertayu kech netay, Shu uyning ishidan hech ortolmadim. Ertayu kech voy-dod, Shu uyning ishidan hech ortolmadim. [Mavluda Asalxo’jayeva] Gullatvorib hovlimni, Yo’lga solib o’g’limni, (x2) Meni qoyil qoldirishni siz Bir yilda ham eplolmadiz. (x2) [Mavluda Asalxo’jayeva] Oh, mani buncha kelinposhsha, Qaynatasiz qonimni? Bu ketishda sizga qanday Ishonay ro’zg’orimni? [Manzura] Voy nima qilay, qaynonajon, O’g’lingiz sho’x, yomonda, Undan o’tar sizning nozik Ko’nglingiz bir tomonda. Qarolmay yorimga man, Aylandim zolimga man, (x2) Yuribmanda kuyib-yonib, O’zimcha nolib. O’zimniki qilolmadim, Yo’limga solib. [Mavluda Asalxo’jayeva] Ulguring har ishga qani, Qo’zg’otmasdan qahrimni, Oching-chi sirimni mani, Ochay sizga bag’rimni. [Manzura] Ne bo’lsa ham peshonamdan Ko’rarmanda borimni, Qayerga ham ketaman-ey Tashlab shunday yorimni. Qaynasangiz ham qaynonajon, Faqat meni qiynamang, [Mavluda Asalxo’jayeva] Siz ham hadeb kelinposhsho, Meni yomon o’ylamang. [Manzura] Voy nima qilsam oyijon-a, Ochiladi chehrangiz? [Mavluda Asalxo’jayeva] Chehram ochiladi shu on Bitta gapdan qolsangiz.
  • Sog’inar-og’rinar, Bormi gul ruxsati bog’ingda, jonim? Og’rinar-sog’inar, yuragim-yuragim, Bormi dil fursati bog’ingda, jonim? Bog’ing bahoriman, olma-anoriman, Ko’zing humoriman, jonim, azizim. Ko’rsang bog’ aro ayyori jonim, Biror bahonada, ey mehribonim, Nogahon dilingga yetsa gar dodim, Bilinar obodu gohi barbodim. Bog’ing bahoriman, olma-anoriman, Ko’zing humoriman, jonim, azizim. (x2) Men tanho, sen tanho, Bizlarsiz bu ko’hna jahon sahro. Ezmasin tanholik, Dil buzmasin baloi-judolik. Toti bedoringman, hasta-bemoringman, Intizoring etdi mani adolik. Yuragim-yuragim sog’inar-og’rinar, Bormi dil fursati bog’ingda, jonim? Yuragim, oh, yuragim sog’inar-og’rinar, Bormi dil fursati bog’ingda, jonim? Yuragim-yuragim sog’inar-og’rinar, Bormi dil fursati bog’ingda, jonim? Yuragim, oh, yuragim sog’inar-og’rinar, Bormi dil fursati bog’ingda, jonim? Bormi dil fursati bog’ingda, jonim? Yuragim-yuragim, yuragim-yuragim…
  • Shumi sevgi shumi baxt Bir quvonchi bo'lmasa Qani vafo qani axt Sevsayu sevilmasa Xazonlarga aylanib Bahor kuzga alishsa Zabd etmoqqa shaylanib Bu xijron bosh ko'tarsa Bechora oshiq qalbiga Og'riq berib to'ymasa Shumi sevgi? To'y bo'lar nahot arzon Baholarga sotilsa Yilsa yugursa sarson Baxt deganda qoqilsa Ko'ngil kerakmas buyum Kabi chetga otilsa Shumi sevgi? Lalalalalalalalala Lalalalalalalalala Faqat xijron faqat dard Bo'lsa nahot bu sevgi Dil sarobga bo'lsa g'arq Faqat azobmi sevgi Xazonlarga aylanib Bahor kuzga alishsa Zabd etmoqqa shaylanib Bu xijron bosh ko'tarsa