Песня «Parcha»
исполнителя Benom guruhi.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Uchrashib qolsak qanday qaraysan ko'zimga?
Yoki yolg'izlanib meni eslaganingda
Balki ko'ngling yig'lar, pinhon qayg'urar
Zora jonlanib ketar dilingdagi tuyg'ular
Yengil hayot, boyliklar ustunroqmidi senga?
Ularning ketidan qara aylanding kimga
Aksingdan so'ra, ayblashdan ko'ra
Axir ajratgan o'zing-ku bizni bir umrga
Tuyg'ularim parcha-parcha-parcha
O'tdi yillar ancha-ancha-ancha
Soxtaliging bilganimda, bilasanmi qiynalgandim qancha?
Nega endi bugun sen yonimda?
Endigina yurak voz kechganda
Yoki ataylab ozor berish uchun keldingmi yana?
Tuyg'ular parcha-parcha-parcha
Qiynaldim ancha-ancha-ancha
Sevmasliging bilib turib, bilasanmi ezilgandim qancha?
Nega endi qaytding sen yonimga?
Ozor berib ataylab jonimga
Meni endi qo'ygin o'z holimga!
Biz yurgan ko'chalar seni eslatar har kun
Yurak havotirda sendan negadir bugun
Gohi ko'rgim kelar, gohi aytgim kelar
Aytolmagan gaplarim ichimni yemirar
Sen orzu qilgan boylik bugun menda bor
Lek, biz kutgan mehr ayt qay birimizda bor?
Qiynaydi savol - bo'ldi kimga zavol?
Boylikga mag'lub bo'lgan sevgim senga uvol
Tinchlan yurak deyman
Qo'l siltab bariga mayli deyman-u
Tinch qo'y menga tegma
Sog'inchlarim mani boshimni egma, egma!
Meni majbur etma qaytishimga!
Tuyg'ularim parcha-parcha-parcha
O'tdi yillar ancha-ancha-ancha
Soxtaliging bilganimda, bilasanmi qiynalgandim qancha?
Nega endi bugun sen yonimda?
Endigina yurak voz kechganda
Yoki ataylab ozor berish uchun keldingmi yana?
Tuyg'ular parcha-parcha-parcha
Qiynaldim ancha-ancha-ancha
Sevmasliging bilib turib, bilasanmi ezilgandim qancha?
Nega endi qaytding sen yonimga?
Ozor berib ataylab jonimga
Meni endi qo'ygin o'z holimga!

Другие песни исполнителя:

  • Benom - The Best (Popuri) Sen yig‘lama Kózda yoshing kórish uchun kelganim yo‘q Sen yig‘lama Yuragingni, so‘rash uchun kelganim yo‘q Soʻrama, Seni unutishimni soʻrama! Meni ojiz qalbimni qiynama! Sensiz yashashga meni undama Urinma! Yog'adi yomg'ir Dardlarimni bilgandek yog'adi yomg'ir Sendan ayrilganimga u ham guvohdir! Balki sen ham hozir meni eslayabsan Yig'layabsan... Yog'ar yomg'ir Go'yo orzularimiz to'kilar birma bir Sen ketgan kunda ham esla yoģardi yomģir Seni menga balki meni senga eslatar Tinmay yomg'ir, yog'ar yomg'ir... Kel so'ngi bor Kel bag'rimga to'yib bosay Dardlarim bir zum unutay...! Borligingni men his etay Bir zumga yoningda bo'lay Endi farqi yoʻq Sevgidan najot yoʻq! Baxt mendan kechgansan, Unutib boʻlgansan Lek – senga farqi yoʻq! Mehring goʻyo yiroq Tuygʻularim sarson, Sensiz umrim xazon
  • Hali hamon ko'nolmas bu yuragim Nega birdan bo'lmay qoldi keragim Alam qiynar yanada yanada Kereksizdekman go'yo hayotingda Bir zumda bo'la olding begonaday Nega bunday, ay, ay, Nega senday, ay, ay Hech kim bo'la olmaydi Oson kecholmaydi Aytgin qanday, ay, ay Nega shunday, ay, ay Sevib ham yig'laydi Sevmaganda qaniydi Senday befarq bo'lardi. Befarqsan negadir Yig'layapsan Nahot shunday ajralib ketaveramiz Men hamon anglolmadim Bizga nima bo'ldi o'zi Nahot hamon qiynalmas bu yuraging Takror aytarding menku yarim bo'laging Sog'inch qiynar yanada, yanada Halovat yo'q sensiz bu tanamda Qanday yashamoqdasan begonaday Vaqt, soat millar, o'tganday oradan yillar Befarqsan hali hamon jim Bilmadim kim chalg'itdi balkim Sovub qolding sabab nima Javobsiz savollar yana Ayt qanday eplay olasan Damba dam aldaverasan, sevaverasan, ketaverasan Hech nima bo'lmaganidek barchasin unutaverasan Ha sen shundayin befarq, ko'z o'ngimizda sevgi g'arq Cho'kmoqda, kuzatmoqdasan, unutma, qaytmas ortga vaqt Nega bunday, ay, ay, Nega senday, ay, ay Hech kim bo'la olmaydi Oson kecholmaydi Aytgin qanday, ay, ay Nega shunday, ay, ay Sevib ham yig'laydi Sevmaganda qaniydi Senday befarq bo'lardi.
  • Nahot, so'nggi sahifa? Nahot, sevgim so'nggi bekati? Biz orzu qilgan baxt qasrida Qolarman yolg'iz negadir Nahot, so'nggi sahifa? Nahotki, hammasi tugadi? Bu yuragimda, mangu qolar Yaralangan sevgim surati Dard-alam damba-dam ezadi yana Chorasiz qolganda muzlagan tanam Orzular barchasi tugadi, so'ndi Ko'zlaring aksida men emas endi Nahot, so'nggi sahifa? Nahot, sevgim so'nggi bekati? Biz orzu qilgan baxt qasrida Qolarman yolg'iz negadir Nahot, so'nggi sahifa? Nahotki, hammasi tugadi? Bu yuragimda mangu qolar Yaralangan sevgim surati Yuragim azoblarga bo'ldi qaram Bir senga ishonganim tildi yaram Menga sovib qolganing sezmabman ham Yoningda, bo'lib yoningda Ketmoqdasan hech nima bo'lmagandek Go'yo befarq, go'yoki sevmagandek Bir kun o'tarsan balki ko'rmagandek Yonimdan, meni yonimdan Nahot, so'nggi sahifa? Nahot, sevgim so'nggi bekati? Biz orzu qilgan baxt qasrida Qolarman yolg'iz negadir Nahot, so'nggi sahifa? Nahotki, hammasi tugadi? Bu yuragimda mangu qolar Yaralangan sevgim surati Nahot, so'nggi sahifa... Nahot, so'nggi sahifa... Nahot, so'nggi sahifa... Nahot, so'nggi sahifa? Nahot, sevgim so'nggi bekati? Biz orzu qilgan baxt qasrida Qolarman yolg'iz negadir Nahot, so'nggi sahifa...
  • Mazmunsiz bu kunlar, maqsadsiz orzular, Yuragimni ezar, sendan qolgan dog'lar. Negadir sen mendan, ojiz bu sevgimdan, Ketgansan sababsiz. Yog'gan bu yomg'irlar dardlarim yangilar, Sababi ular tinmay bir seni eslatar. Sen mendan ketgan kun, Hayolimda kezar eslab yana. Yog'adi yomg'ir dardlarimni bilgandek, Yog'adi yomg'ir sendan ayrilganimga. U ham guvohdir, balki sen ham hozir, Meni eslayabsan, yig'layabsan... Yog'ar yomg'ir go'yo orzularimiz to'kilar, Birma bir sen ketgan kunda ham esla. Yog'ardi yomg'ir seni menga balki. Meni senga eslatar tinmay yomg'ir, Yog'ar yomg'ir... Javobsiz savollar, tinmay takrorlanar, Nega bu sevgimiz sarobga aylanar. Hatto osmon yig'lar ahvolimga qarab, Biz nega uchrashdik va ayrildik ne sabab? Bizlarni shu yomg'ir uchrashtirgan ahir! Endi uni bizga darddosh qilar taqdir. Ketma-ket savollar, javobsiz javoblar, Yuragimni tilaklar yog'gan bu yomg'irlar.
  • Negadir bugun Boshqachasan O'zgargansan So'zlamaysan jim Dardlaring yutib Aytolmaysan Sezmoqdaman Hmmasi yakun Yetar qiynama Faqat jim turma Mayli alda Mayli qarama Ko'zlarimga Gapir jim turma Yetar yig'lama Anglaganman Sezib bo'lganman Nigohlaringdan Hammasi ayon KO'zlaringda yosh Sev mayman dema Baribir ishonmayman Alday olmaysan Qo'llaringdamas taqdirimiz Bilaman ojizsan Yengilmoqdamiz