Песня «Eslamading Club edition»
исполнителя Benom guruhi.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Tunlar qorong'u xonam yoritadi oy
Go'yo dardlarim tushunganday hoyna-hoy
Meni ovutadi, tunlarim o'tadi
Kunlarim seni bir bor qaytishing istar
Seni so'gindim, degan so'zlaring qo'msab
Qalbim og'rinadi, shunday kun o'tadi
Sog'inganingda meni osmonga qara
Qanchalar sog'inganimni undan so'ra
Sen bir bor eslaysanmi meni hech?
Sening orzularingda afsus men emas
Men sevgan ko'zlaringda sevgi ko'rinmas
Men hamon yasharman seni deb
Telbalarcha sevdim shunchaki
Sendan ham shuni kutdim balki
Seni deb o'zimni unutib
Zahirangda qoldimmi yoki?
Ayrilamizmi shunday?
Farqi yo'qmi senga, ayt?
Bir bor eslamading
Talab-talabin yuragingni yoki sezmading
Telbalarcha sevdim shunchaki
Sendan ham shuni kutdim balki
Seni deb o'zimni unutib
Zahirangda qoldimmi yoki?
Nahot shunday ayrilamiz?
Oson yengilaveramiz?
Sevgimiz anglamay
Talab-talabin yuragimiz aslo o'ylamay
Qadam-qadam tobora yuragimda dard
Negadir xayollarim bo'ysunmay, faqat
Seni sog'inadi, senga talpinadi
O'tar kunlarim, lekin halovatim yo'q
Yo'llari berk ko'chada qolganday biroq
Qalbim og'rinadi, dard meni qiynaydi
Sog'inganingda yana osmonga qara
Yashayman har kuni undan seni so'rab
Sog'indim, yetar, qiynama meni
Sendan olisligimga yurak chidolmas
Sensiz kunlarimga hech ham ko'na olmas
Sevaman, yetar sinama meni
Vaqtida tushunmadik, sevgi bo'ldi dard
Ikkimiz qiynaydimi endi to abad?
Nahot oson so'nib ketar bu sevgimiz
O'ngga-chapga bo'linar bu yo'llarimiz
Bir-birimiz uchun yaralganmiz axir
Sensiz o'tgan kunlarim qara, qanchalar og'ir
Qo'msayman birma-bir, sevasanku axir
Kutarman go'yo qaytarsan hozir
Telbalarcha sevdim shunchaki
Sendan ham shuni kutdim balki
Seni deb o'zimni unutdim
Zahirangda qoldimmi yoki?
Ayrilamizmi shunday?
Farqi yo'qmi senga, ayt?
Bir bor eslamading
Talab-talabin yuragingni yoki sezmading
Telbalarcha sevdim shunchaki
Sendan ham shuni kutdim balki
Seni deb o'zimni unutib
Zahirangda qoldimmi yoki?
Nahot shunday ayrilamiz
Oson yengilaveramiz?
Sevgimiz anglamay
Talab-talabin yuragimiz aslo o'ylamay
Tunlar qorong'u xonam yoritadi oy...

Другие песни исполнителя:

  • Qanday baxtlimisan ko'zlari qoram Bugun ichga yutib dildagi nolam Yashayabman Baxtliman derdingku sen bilan birga Endi bu so'zlarni aytasan kimga Ko'nmayabman Nega kunlar o'tmaydi Tinmay yurak yig'laydi Men o'sha daydi sevging tufayli Umrim to'zon sevgim hazon Sensiz ishon Men o'sha daydi sevging tufayli Umrim to'zon sevgim hazon Sensiz ishon Yuraman lek qadamim sezmayman Nega bunday deya kun sabab izlayman Topa olmayman Cho'kib bormoqtaman kunlar sayin Men avvalgi emas sendan keyin Yashay olmayman Nega kunlar o'tmaydi Tinmay yurak yig'laydi Men o'sha daydi sevging tufayli Umrim to'zon sevgim hazon Sensiz ishon Men o'sha daydi sevging tufayli Umrim to'zon sevgim hazon Sensiz ishon Men o'sha daydi Men o'sha daydi Men o'sha daydi Men o'sha daydi
  • Sen emasmi qanchalar yuragingni parchalab, tinmay meni qizg'ongan? Senmasmi goh ertalab, gohida tun kechalab "Sog'indim" deb uyg'ontagan? Orzuda yashar edik, dunyo qadar sevardik, baxtimga ishonibman. Sen tubdan o'zgarganing, sevgimizni ko'mganing, Afsus, sezmay qolibman. Naqadar yurak sog'inib seni sinib bo'ldi, bilmasang kerak? Sezmasang kerak? Ko'zyoshdan bo'lak barchasi so'nib tugab bo'ldi, kelmaysan so'rab, Og'riydi yurak. Naqadar oson sevgimni butkul qilib yakson? Yurasan shodon, kulasan shodon. "Hammasi tamom" deyman-u, lekin unutishga topmayman imkon, Yo'q bunga imkon. Esingdami so'nggi bor tushunmas edik bekor ko'risholmasligimiz zinhor. Bilganimda o'shandam, qo'yvormasdim Shu damda qo'llaringni qo'msayman yana Bormoqda o'tib yillar, tobora yurak muzlab borar. Qaytishimizga yo'q bir chora Na san kela olasan? Na man bora olaman? G'urur ne ko'yga soldi qara Tun, yana o'tar mahzun Sababi kun bo'yi seni esladim bugun Qo'limdagi surat, yana eski xolat Qaniydi qaytsam edi o'tmishimga bir fursat So'ginganimda senga endi qayta olmayman Hatto so'ngi bor bag'rimga to'yib bosa olmayman Ko'nika olmayman, kechib ham ketolmayman Qanchalar xohlasam ham seni unuta olmayman) Naqadar yurak sog'inib seni sinib bo'ldi, bilmasang kerak? Sezmasang kerak? Ko'zyoshdan bo'lak barchasi so'nib tugab bo'ldi, kelmaysan so'rab, Og'riydi yurak. Naqadar oson sevgimni butkul qilib yakson? Yurasan shodon, kulasan shodon. "Hammasi tamom" deyman-u, lekin unutishga topmayman imkon, Yo'q bunga imkon, Yo'q bunga imkon
  • Tun. Shahar. Jim-jit yo`llar, Sensizman, muzlagan qo`llar. O`tkazib tunlar sog`inchda. [Barno] Xayolim tinmas bir zum, Uchrashamiz deb yasharman har kun. Yuragim mahzun. [Benom guruhi va Barno] Izlayman doimo, doimo visolingni, Ammo, sen buni bilmaysan, Kelmaysan hamon. Ortga qaytsa kunlar, soat millar, Yana ko`rsam bir on. Yoningda bo`lolsam, aytolsam Bo`lganda imkon sevgim senga. [Komil] Negadir sog`inch qiynar, Yuragim bir seni istar, Bir seni izlar tinmasdan. [Barno] Har kuni o`sha manzilda, O`tadi ko`zlarim yo`lingda. Kelarmikan, deya. [Benom guruhi va Barno] Izlayman doimo, doimo visolingni, Ammo, sen buni bilmaysan, Kelmaysan hamon. Ortga qaytsa kunlar, soat millar, Yana ko`rsam bir on. Yoningda bo`lolsam, aytolsam Bo`lganda imkon sevgim senga. Izlayman doimo, doimo visolingni, Ammo, sen buni bilmaysan, Kelmaysan hamon. Ortga qaytsa kunlar, soat millar, Yana ko`rsam bir on. Yoningda bo`lolsam, aytolsam Bo`lganda imkon sevgim Senga
  • Nahotki tugadi sevgi, Nahot bizni aldadi? Sevishganlar rolimiz Bizsiz yakunlandi... Ayt, sevgi shartlarimizda Yo kechish mumkinmidi? Yoki so'ngan ko'zlaringdan Sezishim kerakmidi? Yuragim yuuuuul... O'zingla ol ket! U endi kerak emas, U sensiz yurak emas! Yuragim yuuuuuul... O'zingla ol ket! U baribir ko'na olmas, O'zgani seva olmas! Muzlagan vujudim go'yo, Yolg'izlik – taqdir menga. Hatto ogohlantirmading, Oğir yuragimga...! Yetar, jim, bo'ldi gapirma! Hammasi ayon menga. Kecha sen meniki eding, Bugun esa özga...! Yuragim yuuuuul! O'zingla ol ket! U endi kerak emas, U sensiz yurak emas! Yuragim yuuuuuul! O'zingla ol ket! U baribir ko'na olmas, O'zgani seva olmas. Yuragim yuuul…