Песня «meni esla»
исполнителя RAYHON.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Yulduzlar ketdi oromga
Sen esa kelmayabsan
Kunduzlar yetdi oqshomga
Sen esa kelmayabsan
Daraxtlar kirdi sariqqa
Sen esa kelmayabsan
Kiprigim kirdi ariqqa
Sen esa kelmayabsan
Meni esla, yog'ganda yomg'ir
Meni esla, yog'ganida qor
Meni esla, gullarga bog'im
To'lganida fasli navbahor
Meni esla, maktub olganda
Meni esla, yolg'iz qolganda
Meni esla, shirin xayollar
Sevgimizni yodga solganda
Bog'lar ham bo'ldi salqinroq
Sen esa kelmayabsan
Tog'lar ham keldi yaqinroq
Sen esa kelmayabsan
Qalbimga sevgi bahordir
Sen nega kelmayabsan
Ko'nglmni tutdi havotir
Sen nega kelmayabsan
Meni esla, yog'ganda yomg'ir
Meni esla, yog'ganida qor
Meni esla, gullarga bog'im
To'lganida fasli navbahor
Meni esla, maktub olganda
Meni esla, yolg'iz qolganda
Meni esla, shirin xayollar
Sevgimizni yodga solganda
Meni esla, yog'ganda yomg'ir
Meni esla, yog'ganida qor
Meni esla, gullarga bog'im
To'lganida fasli navbahor
Meni esla, maktub olganda
Meni esla, yolg'iz qolganda
Meni esla, shirin xayollar
Sevgimizni yodga solganda

Другие песни исполнителя:

  • Ko'zlar yig'lar yuzimdan mayin taralar nur, Dardimni oson etmay tasavvur, Ko'zlar yig'lar qalbimdan nari sochilar dur Yuragimdasan har aytilgan so'zlarimdasan. Meni izla men ham seni ko'zlayman ko'zlayman, Meni izla sensiz kimman bilmayman bilmayman. Yuragimdasan yuragimdasan sog'inaman hamon, Hayolimdasan hayolimdasan oy bilan osmon, Yuragimdasan hayolimdasan sog'inaman yomon, Har nafasimda sen sen mening borim. Ko'zlar yig'lar ko'zimdan mayin taralar nur, Dardimni oson etmay tasavvur, Ko'zlar yig'lar qalbimdan nari sochilar dur, Yuragimdasan har etilgan so'zlarimdasan. Yonimga kel yetsin nolam tinglagin, tinglagin. Yonimga kel meni yolg'iz etmagin, etmagin Yuragimdasan yuragimdasan sog'inaman hamon, Hayolimdasan hayolimdasan oy bilan osmon, Yuragimdasan hayolimdasan sog'inaman yomon, Har nafasimda sen sen mening borim.
  • Ko'zlaringdagi shirin kulgu Meni har dam yashashga undar Qalbda uyg'onar yana orzu Ne bo'lsa ham seni ko'rgim kelar Baxtli kunlar tez o'tib ketar Bunchalik tez o'tmasa edi Meni yonimda bo'lganingda qani vaqt to'xtab qolsa edi Men oy bo'lsam zulmat samoda Osmon kabi cheksiz sevgim To hayotman yorug' dunyoda men bir faqat seni dedim Butun dunyo buni bilsin deb yana aytaveraman To tirik ekanman men seni sevaveraman G'urur ustun kelsa seni deb boshim egaveraman To tirik ekanmam bil seni sevaveraman Umrbod kutay kerak bo'lsa Ishon menga, yetar bardoshim So'nmaydi menda bu tuyg'ular O'tib yillar, oqarsa ham sochim Baxtli kunlar tez o'tib ketar Bunchalik tez o'tmasa edi Meni yonimda bo'lganingda qani vaqt to'xtab qolsa edi Men oy bo'lsam zulmat samoda Osmon kabi cheksiz sevgim To hayotman yorug' dunyoda men bir faqat seni dedim Butun dunyo buni bilsin deb yana aytaveraman To tirik ekanman men seni sevaveraman G'urur ustun kelsa seni deb boshim egaveraman To tirik ekanmam bil seni sevaveraman