Песня «Hech Ayrilma»
исполнителя RAYHON.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Gulga sira hushim yo'q,
Bulbul bilan ishim yo'q.
Qiynar dardi hijroni,
Qaytariga hushim yo'q.
Gul barglari tikondir,
Bulbulning bag'ri qondir.
Jonga ozor bermanglar,
Ishq dardi ko'p yomondir.
Agar yuragingda sevgi bo'lsa,
Agar yuragingda tuyg'u bo'lsa,
Yor bilan doim birga bo'l,
Hech ayrilma.
Agar ko'zlaringda sevgi bo'lsa,
Agar ko'zlaringda mehr bo'lsa,
Yor bilan doim birga bo'l,
Hech ayrilma.
Guldan ko'z uzib bo'lmas,
Bulbulning so'zi bo'lmas.
Qadrim uchun yig'layman,
Ayrilib holim o'lmas.
Ketaringda qayrilma,
Yo'lingda hech tayrilma.
Ko'ngildagi yor bilan,
Birga bo'l hech ayrilma.
Agar yuragingda sevgi bo'lsa,
Agar yuragingda tuyg'u bo'lsa,
Yor bilan doim birga bo'l,
Hech ayrilma.
Agar ko'zlaringda sevgi bo'lsa,
Agar ko'zlaringda mehr bo'lsa,
Yor bilan doim birga bo'l,
Hech ayrilma

Другие песни исполнителя:

  • Ro'paramdan asta o'tarding Bildim bir so'z aytmoqchi eding Lekin negadir indamading qarab ko'zimga Nimalargadir achinarding Hatto ko'zingda yosh bor edi Juda ham baxtsiz ko'rinarding, yig'lab yurarding To hayot ekanman Sen bir so'zinga zorman To hayot ekanman Seni sevganman Yillar o'tib yana Taqdir bizni uchratganda Seni hech baxtsiz de O'ylamaganman Nahot meni o'ylab yasharding Nahot meni qadrimni bilding Yolg'izliging nega aytmading Nega aytmading Seni baxtiyor deb o'ylardim Meni sevmaydi deb o'ylardim Shunday o'tib bordimi umring Nega aytmading To hayot ekanman Sen bir so'zinga zorman To hayot ekanman Seni sevganman Yillar o'tib yana Taqdir bizni uchratganda Seni hech baxtsiz de O'ylamaganman O'shanda ortingdan bordim Ketma deya o'tinardim Bo'ldi sensiz men hayotda O'lsam kerak deb o'ylardim Asta sekin bunga ko'ndim Armon bo'lgan orzu eding Orzu eding... To hayot ekanman Sen bir so'zinga zorman To hayot ekanman Seni sevganman Yillar o'tib yana Taqdir bizni uchratganda Seni hech baxtsiz de O'ylamaganman
  • Ayriliqning og'ir zamoni, Yulduz ketar tashlab samoni, Egilsa ham taqdir kamoni, Sevgim, meni tashlab ketmagin Vaqti hijron kelsa firoqlab, Oy ham ketar ko'kdan yiroqlab, Izlaringni qolmay so'roqlab, Sevgim, meni tashlab ketmagin Hamma dardan ayriliq yomon, Qo'limdan kelmaydi sizdan ayrilmoq, Hamma qayg'udan yomondir hijron, Jonimsiz jondan kechish emas ku oson Quyosh, oyim, yulduzim o'zing, Gulga bermas gulyuzim o'zing, Yolg'izligim, yolg'izim o'zing, Sevgim, meni tashlab ketmagin... Hamma dardan ayriliq yomon, Qo'limdan kelmaydi sizdan ayrilmoq, Hamma qayg'udan yomondir hijron, Jonimsiz jondan kechish emas ku oson
  • Quyoshli kunlar o'tar Qushlar ham uchib ketar Bizning quyoshli damlar Nahot bizni tark etar Quyoshli kunlar qaytar Qushlar ham uchib kelar Qaytarmikan o'shanda Bizni quyoshli paytlar O'rtamizda sahro kezib o'tib bo'lmaydi O'rtamizda daryo suzib o'tib bo'lmaydi O'rtamizda devor yo'q O'tib lekin bo'lmaydi O'rtamizda g'ubor yo'q Etib bo'lmaydi. O'rtamizda sahro... O'rtamizda daryo... O'rtamizda devor yo'q... O'rtamizda g'ubor yo'q Etib bo'lmaydi. Uchrashmasak hamki, Ko'ngillar yaqin Uchrashganda jonim, Ko'zlarda chaqin Ychrashmasak hamki, dil uzib bo'lmas Uchrashganda jonim, qo'l cho'zib bo'lmas O'rtamizda sahro kezib o'tib bo'lmaydi O'rtamizda daryo suzib o'tib bo'lmaydi O'rtamizda devor yo'q O'tib lekin bo'lmaydi O'rtamizda g'ubor yo'q Etib bo'lmaydi. O'rtamizda sahro... O'rtamizda daryo... O'rtamizda devor yo'q... O'rtamizda g'ubor yo'q Etib bo'lmaydi.
  • Kunlar o'tar yillar o'tar sensiz. G'amga to'lib meni qalbim yig'lar. Yurakni qiynar yolg'izlik azobi. Naxot taqdirim shu bo'lsa meni. Izlayman seni kechayu kunduzlar Va tunlarda. Qayerdasan sado ber sevgi. Sensiz xayot yo'q menga bu dunyoda. Sensiz azoblarga yetmas bardoshim meni. Sevgi sevgi Qayerda sevgi. Sevgi sevgi. Izlayman seni jonim. Sevgi sevgi yuragim meni. Sensiz azobda qiynama meni... Yillar o'tar umidlar qalbimda. Xali xam men ishonaman shunga. Kelar kunlar kelar baxtim meni. Albatta toparman men sevgimni.