Песня «Nima Qilay?»
исполнителя Lola Yuldasheva.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Sen ketding...
Qalbim bedor bo’lib, seni sog’insa,
Aytgin, men nima qilay?
Qaytmaysan,
Buni sezib tursam ham,
Seni unutolmasam, nima qilay...
Seni, seni,
Unutolmasam seni, nima qilay!
Seni, seni,
Unutolmasam seni, nima qilay!
Taqdiring o’zga bo’lar ekan,
Buni qalbim tan olmasa, nima qilay!
Doimo sen yonimdasan deb o’ylab
Yashasam, aytgin, nima qilay!
Seni, seni,
Unutolmasam seni, nima qilay!
Seni, seni,
Unutolmasam seni, nima qilay!
Kunduzi quyosh sening,
Kechalar yulduz sening
Eslatsa ko’zlaringni, nima qilay
Ovozingning jarangi
Yuragimda yashaydi...
Xayolimdan ketmasang, nima qilay!
Seni, seni,
Unutolmasam seni, nima qilay!
Seni, seni,
Unutolmasam seni, nima qilay!
Orzuim
Faqat o’zing eding,
Sendan umid uzolmasam, nima qilay!
Yuragim
Sendan o’zgani hech
Endi sevolmasa, aytgin, nima qilay...

Другие песни исполнителя:

  • Eslatma kerakmas o'tgan kunlarni Diilimni yondirma yana qaytadan Ishonchim muz bo'lib qolgan qalbimda Senga yo'q hech qanday his yuragimda Meni qiynardi Sog'inch, alam, bedor bu tunlar Sog'inch, qayg'u mazmunsiz bu kunlar Qayda eding menga kerakligingda Sen bilan sirlashgim kelgan damlarda Men senga hech nima demay ketganimda Qolarmidi aytgin ishonching menga Seni qiynardi Sog'inch, alam, bedor bu tunlar Sog'inch, qayg'u mazmunsiz bu kunlar
  • Azal hikmat, go'zal hikmat Bizlardan ko'p yashar hikmat Odam bo'lsang olgin ibrat O'z uyingni o'zing asra! Yerni asrar osmoni bor, Har jonzotning makoni bor. Asramoqqa imkoni bor O'z uyingni o'zing asra! Naqorat: O'zing asra, o'zing asra, o'z uyingni o'zing asra, O'zing asra, o'zing asra, o'z uyingni o'zing asra! O'rgimchakning to'ri bo'lma, Ochiq ko'zning ko'ri bo'lma Odamzotning go'li bo'lma, O'z uyingni o'zing asra! Ostonangga bo'lgin posbon, Bo'lsin tanda boring posbon. Buni yaratgan hukmi inson O'z uyingni o'zing asra! Naqorat: 2 marta
  • Baxt, har bir umr uchun atalib qo'yilgan ulug bir ne'mat Baxtning sinovsiz kelmasligi qadriga yetilmagani sabab (Baxt - ulug' ne'mat!) Yurak bag'rim yonar, burkirar hayot Qalbim tinmay chalar sevinch torini Vafoyim, bardoshim, g'ururim bilan Men topdim baxtimni! Vafoyim, bardoshim, g'ururim bilan Men topdim baxtimni! Men topdim baxtimni! Yer yuzida baxtini so'rab izlagan shuncha ko'ngillar bor Oh, Xudo har kim baxtga yetishi uchun o'zing qo'llab yubor! O'zing qo'llab yubor! Yurak bag'rim yonar, burkirar hayot Qalbim tinmay chalar sevinch torini Vafoyim, bardoshim, g'ururim bilan Men topdim baxtimni! Vafoyim, bardoshim, g'ururim bilan Men topdim baxtimni! Men topdim baxtimni! Yurak bag'rim yonar, burkirar hayot Qalbim tinmay chalar sevinch torini Vafoyim, bardoshim, g'ururim bilan Men topdim baxtimni! Yurak bag'rim yonar, burkirar hayot Qalbim tinmay chalar sevinch torini Vafoyim, bardoshim, g'ururim bilan Men topdim baxtimni! Vafoyim, bardoshim, g'ururim bilan Men topdim baxtimni! Men topdim baxtimni!