Песня «Osmonimga olib ketaman»
исполнителя Шахзода.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Mening shodligimsan, bolaligimsan,
Mening g’ussam o’zing, mening armonim.
Seni osmonimga olib ketaman,
Yerda bizga kun yo’q, kun yo’qdir, jonim!..

Ket, deb haydolmasam netaman,
Kel, deb aytolmasam netaman.
Seni osmonimga olib ketaman,
Seni osmonimga olib ketaman...

Xato qildimmikan men erta kelib,
Yo sen adashdingmi kelib keyinmi?
Goho kimliging ham bo’lmaydi bilib,
Inim deymi seni, sevgilim deymi?

Ket, deb haydolmasam netaman,
Kel, deb aytolmasam netaman.
Seni osmonimga olib ketaman,
Seni osmonimga olib ketaman...

O’ylamay deymanu o’ylamay bo’lmas,
O’tsang sen tomon bir bo’ylamay bo’lmas.
Sen mening hammadan yashirgan sirim,
Mening ertagimsan, so’ylamay bo’lmas.

Ket, deb haydolmasam netaman,
Kel, deb aytolmasam netaman.
Seni osmonimga olib ketaman,
Seni osmonimga olib ketaman!

Другие песни исполнителя:

  • Bir ko'rishda xayolim olding, Nozik qalbimni jarohatlading, Yuragimni senga baxsh etay, Ilk sevganim sen o'zing bolding! Sensiz yo'qdir oromim, Sensiz kelmas bahorim, Sensiz o'xshamas kuyim! Kechalari seni o'layman, Kechalari seni qo'msayman, Sevaman! Olislarga nigoh intizor, Ayriliq – bu qanchalar azob, Zimistonga aylanar bahor, Qayta qolgin, qolmadi mador... Sensiz yo'qdir oromim, Sensiz kelmas bahorim, Sensiz o'xshamas kuyim! Kechalari seni o'layman, Kechalari seni qo'msayman, Sevaman!
  • Sen mendan oliz bo'lganda sog'inchim bildi bahor gullari Azobga soldi qalbimni hijron tunlari Men sensiz yolg'iz qolganda haroratingga bo'ldim zor Nigohing izladim angladim shuni sevgimiz abadiy O'tadi u bahtimiz bo'lgan tunlar ham O'tadi bu alamga to'la kunlar ham Qoladi faqat Sevgimiz sevgimiz O'tadi u bahtimiz bo'lgan tunlar ham O'tadi bu alamga to'la kunlar ham Abadiy faqat Sevgimiz sevgimiz Taqdirning sinovlariga bermas ishongin bardosh ikkimiz Dunyoda bormiz bahtimiz yolg'iz sevgimiz Men sensiz yolg'iz qolganda haroratingga bo'ldim zor Nigohing izladim angladim shuni sevgimiz abadiy O'tadi u bahtimiz bo'lgan tunlar ham O'tadi bu alamga to'la kunlar ham Abadiy faqat Sevgimiz sevgimiz O'tadi u bahtimiz bo'lgan tunlar ham O'tadi bu alamga to'la kunlar ham Abadiy faqat Sevgimiz sevgimiz O'tadi u bahtimiz bo'lgan tunlar ham O'tadi bu alamga to'la kunlar ham Abadiy faqat Sevgimiz sevgimiz O'tadi u bahtimiz bo'lgan tunlar ham O'tadi bu alamga to'la kunlar ham Abadiy faqat Sevgimiz sevgimiz