Песня «Sokinomai Bayot»
исполнителя Sevara Narakhan.
Скачать или слушать онлайн

00:00/00:00

Текст песни:

Текст песни не найден. Добавить?
Мы платим за добавление текста. Вам нужно авторизоваться, чтобы мы смогли вам заплатить
Отмена

Другие песни исполнителя:

  • Yor-yor, yor-yora, yor-yor, yor-yora Yor-yor, yor-yora, yor-yor, yor-yora O'zim o'rgiloyin shirin so'zidanay Onasan tolar mani boshimga tushdiey Ne adolati mano sani ishqing menga yor-yoray Sani ishqing menga ado voyay O'zim o'rgiloyin shirin so'zidanay Men kamina huri mano Qora sochi o'sib borib qoshiga tushdi Men giriftorimano Seni ayrilmay meni sendin ayrimaey Men kamina qulimano O'zim aylonayin shirin so'zidaney Men kamina qulimano
  • Goh sharbat, goh og'u, Ko'hna g'amga ko'zgu, Navqiron sevgi bu, Qo'shiqlarda qayta yaraldim. Ham hijron, ham visol, Sen hayot, sen hayol, Bog'da bir gul misol, Erkam, kuy bo'lib men senga taraldim. Sevgi alam, yuragimga malham, Seni sog'indim jon erkam. Yo'l ham yolg'iz sen tomon, Titrab yonar sham, nurlarim bir tutam. Saqlab uni so'ndirmay bir dam, Asrab bormoq armon. Sevgi alam yuragimga malham, Seni sog'indim jon erkam. Yo'l ham yolg'iz sen tomon, Titrab yonar sham, nurlarim bir tutam. Saqlab uni so'ndirmay bir dam, Asrab bormoq armon. Sevgi alam... Yuragimga malham... Goh dunyo tor, goh keng, Borlik yo'qlikka teng. Sen yagonamsan eng erkam, Sevilganlar ichra tanhoman. Jon ham yondi zor-zor, Dosh bersang bas yurak. Oy quyoshdan darak, erkam, Tun ko'ksini yorgan ziyoman. Sevgi alam, yuragimga malham, Seni sog'indim jon erkam. Yo'l ham yolg'iz sen tomon, Titrab yonar sham, nurlarim bir tutam. Saqlab uni so'ndirmay bir dam, Asrab bormoq armon. Sevgi alam yuragimga malham, Seni sog'indim jon erkam. Yo'l ham yolg'iz sen tomon, Titrab yonar sham, nurlarim bir tutam. Saqlab uni so'ndirmay bir dam, Asrab bormoq armon. Sevgi alam... Sevgi alam..
  • Bargdek qo‘nadi oqshom Sahro kipriklariga, Oqshom beradi orom Gazli ko‘hliklariga, Buncha ham taranmasang, Payvandchi qiz, bir dilbar! Endi qo‘shiq istagan Dilni dilga et payvast, Endi qo‘shiq istagan Dilni dilga et payvast.
  • Quyoshga qarab oqqan suv, Dardimni aytgan edim-ku, Dodimga yetmaysan nega, Quyoshga qarab oqqan suv? Qandayin san do'stimsan, Ohlar to'la ko'ksimda, Oh urib ketmassan nega, Quyoshga qarab oqqan suv? Suvingga qo'shib yoshimni, Qiblaga qaratib boshimni, Yotqizib ketmaysan nega, Quyoshga qarab oqqan suv? Men kimman, men bir yolg'izman, Suv bo'yida bir yalpizman, Oqizib ketmaysan nega, Quyoshga qarab oqqan suv? Quyoshga qarab oqqan suv, Onamdek erib boqqan suv, Dodimga yetmaysan nega, Quyoshga qarab oqqan suv? Quyoshga qarab oqqan suv, Dardimni aytgan edim-ku, Dodimga yetmaysan nega, Quyoshga qarab oqqan suv?