Песня «Bobojon»
исполнителя Шахзода.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Boshim silagan qo'llaringizni,
Baxtim tilagan so'zlaringizni,
Bosib siz yurgan yo'llaringizni,
Izlab topolmam izlaringizni...
Endi qaylardan toparman sizni
Sog'inganda, bobojon?
Bobojonim, qani yana bola bo'lib
Yursam edi yoningizda!
Mehribonim, qani yana bir lahzaga
Ko'rsam sizni bog'ingizda!
Siz ekkan daraxt mevasin terib,
Har barglarini men silayman,
Siz chekkan zahmat,
Mehnatingizni anglab shu dam...
Sizni bugun men sog'insam,
Endi qaylardan toparman sizni
Sog'inganda, bobojon?
Bobojonim, qani yana bola bo'lib
Yursam edi yoningizda!
Mehribonim, qani yana bir lahzaga
Ko'rsam sizni bog'ingizda!
Qaytar yana umr bahori,
Hayot tinmay etadi davom,
To'xtaydi deb sog'inch ozori
Kim aytadi menga, bobojon?
Umr buncha qisqadir, umr
Bir zumgina qilolmas sabr.
Qani iloj bo'lsaydi, bir on
Diydoringiz ko'rsam, bobojon...
Bobojonim, qani yana bola bo'lib
Yursam edi yoningizda!
Mehribonim, qani yana bir lahzaga
Ko'rsam sizni bog'ingizda!

Другие песни исполнителя:

  • Assalom aleykum Assalom-u aleykum Assalom aleykum Olloh balodan saqlasin! Biz bilgan bir tilak bordir, u muborak Shu so'zdan boshlaymiz har safar ko'rishsak! Tinchlik va salomatlik, hotirjamlik baraka Ezgulik mujassamdir shu ikki og'iz so'zda Ollohim saqlasin har xil balolardan Dil ozor chekmasin hech bir-birimizdan Pokiza, muborak biz bilgan bu tilak Shu so'zdan boshlaymiz har safar ko'rishsak Assalom alaykum (Wa Alaykum Assalam) Assalom alaykum (Wa Alaykum Assalam) Assalom alaykum Olloh balodan saqlasin Tildan chiqqan har so'z qolar ekan dilda Ko'ngil bo'lar ma'lum muomala qilganda Balki kim o'ziga to'q, qo'li yetar har narsaga Kimning dili, joni yo'q yashar ko'ngil bor yog'iga Hech narsa teng emas dil tozaligiga Baribir u dunyo qarar inson qalbiga Assalom alaykum (Wa Alaykum Assalam) Assalom alaykum (Wa Alaykum Assalam) Assalom alaykum Olloh balodan saqlasin
  • Daryolarning ul yuzida minoraman deydi, Minoraga suyangan gullolaman deydi. Minoraga suyangan gullolaman deydi. Yarmi chinni, yarmi janon piyolaman deydi, Yor qo'lidan choy olgani uyolaman deydi. Yor qo'lidan choy olgani uyolaman deydi. Mutti-mutti deydi, Ketuttiman deydi. Orqasidan chaqirsam, Keluttiman deydi. Mutti-mutti deydi, Ketuttiman deydi. Orqasidan chaqirsam, Keluttiman deydi. Daryolarning ul yuzida uylaringiz deydi, Oqarishib ko'rinadi bo'ylaringiz deydi. Oqarishib ko'rinadi bo'ylaringiz deydi. Shohimidi, atlasmidi kiyganingiz deydi, Bizlardanam ortiqmidi suygangiz deydi. Bizlardanam ortiqmidi suygangiz deydi. Mutti-mutti deydi, Ketuttiman deydi. Orqasidan chaqirsam, Keluttiman deydi. Mutti-mutti deydi, Ketuttiman deydi. Orqasidan chaqirsam, Keluttiman deydi. Mutti-mutti deydi, Ketuttiman deydi. Orqasidan chaqirsam, Keluttiman deydi. Mutti-mutti deydi, Ketuttiman deydi. Orqasidan chaqirsam, Keluttiman deydi.
  • Layli va Majnun (remix) «Лайли ва Мажнун» Сен олислардасан Утган кунимдасан ягонам Сен юрагимдасан Анвохаёлимсан ягонам Лайли ва Мажнун эдик Денгиз буйида кезар эдик Шу онлар гузал бах эди Гузал бахт эди Лайли ва Мажнун эдик Денгиз буйида кезар эдик Бахтим кулларимда эди Кулларимда эди Сен калбу жонимсан Армону зоримсан ягонам Сен узга элдасан Мени унутгансан ягонам
  • 1. Alamli, orzular mendan ketadi ozorli, Kunlarim sensiz o'tadi yomgirli. Qayg'ular bag'rim ezib, Ketishing sezib-sezib yashadim. 2.Sarsonman, barglari bevaqt to'kilgan xazonman, Qo'l cho'zib, yetolmagan sargardonman. Dardlarim ichga yutib, Qaytishing kutb-kutib yashadim. Ming shukur aytay takror, Umrim etding baxtiyor, Seni bir zumga yonimda his etsam. Ming shukur aytay takror, Yonimda davo ming bor, Borimni berib, umrimni baxsh etsam. 3.Sensizlik, soginchim meni qiynaydi yolgiizlik, Кun sayin meni sinaydi cheksizlik. Duoga qo'lim ochib, Diydoring kurib-kutib yashadim.
  • Yurgan bu yo'lim Har bosgan qadamim O'z-o'zimga bo'ysinmas Ko'zlarimni ochib Atrofimga boqsam Go'yo, hech narsa ko'rinmas Bilaman, men bugun So'nggi bor ko'rishchun Sening oldingga boraman Ich-ichimdan yonib Umidlarga to'lib Ko'zlaringga bir boqaman Mana bugun ayrilamiz, yengilamiz Taqdirning bir sinoviga Negadir men so'zlaringda, ko'zlaringda Afsusni hech ko'rmayabman Tonglar uyg'onsam ham Qayg'uga botsam ham Faqat seni sog'inaman Sensan xayolimda Har o'tar kunimda Bir seni o'ylab yashayman Bilaman men bugun So'nggi bor ko'rishchun Sening oldingga boraman Ich-ichimdan yonib Umidlarga to'lib Ko'zlaringga bir boqaman Mana bugun ayrilamiz, yengilamiz Taqdirning bir sinoviga Negadir men so'zlaringda, ko'zlaringda Afsusni hech ko'rmayabman Bilaman men bugun So'nggi bor ko'rishchun Sening oldingga boraman...