Песня «Ulugimsan Vatanim»
исполнителя Sevara Narakhan.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Men dunyoni nima qildim,
O'zing yorug' jahonim.
O'zimga bek, O'zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim.
Yolg'izim Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O'zing mening ulug'lardan Ulug'imsan...
Sen Xo'jandsan Chingizlarga Darbozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan Sirdaryoga sakragan.
Muqannasan, qorachig'i Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko'rgan cho'pon-
Cho'lig'imsan, Vatanim.
Shodon kunim gul otgan sen,
Nolon kunim yupatgan sen.
Yuzing bosib yuzimga,
Singlim deymi,
Onammi,
Ilig'imsan, Vatanim, o'zingsan.
Sen shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim, o'zing san.
Ota desam,
Qizim deb,
Bosh egib turgan o'zing,
Ulug'imsan, Vatanim!
Kim Qashqarni qildi makon,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin Kurdistonda,
Boburing —Hindistonda,
Bu qanday yuz qarolik deb,
Yotarlar zimistonda.
Tarqab ketgan to'qson olti
Urug'imsan, Vatanim...
Qizim desang osmonlarga
G'irot bo'lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga
Qayliq bo'lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib
Ulug'beking quchgayman,
G'ichir-g'ichir tishimdagi
So'lig'imsan, Vatanim...
Shodon kunim gul otgan sen,
Nolon kunim yupatgan sen.
Yuzing bosib yuzimga,
Singlim deymi Onammi,
Ilig'imsan, Vatanim, o'zingsan.
Sen shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim, o'zingsan.
Ota desam, Qizim deb,
Bosh egib turgan o'zing,
Ulug'imsan, Vatanim!

Другие песни исполнителя:

  • Ey nozanin ishqing bilan devonaman oo Ey nozanin ishqing bilan devonaman oo Oqshomlariyo uyqim kelmayo tulg'onaman oo Oqshomlariyo uyqim kelmayo tulg'onaman oo Parelardek ochib yuzing nihol bulding e Parelardek ochib yuzing nihol bulding e Xudban xudbayo rashking kelibo qizgonamano Xudban xudbayo rashking kelibo qizgonamano Ulfatlaring, urtoqlaring, oshnolaring ooio Ulfatlaring, urtoqlaring, oshnolaring o Shum raqiblaro yul kursatiboo begonaman oo Shum raqiblaro yul kursatiboo begonaman oo Muqimiyga ochib yuzing nihol buldibngee Muqimiyga ochib yuzing nihol buldibngee Toleying yuq ajab shurlik peshonaman o Toleying yuq ajab shurlik peshonaman o Oqshomlariyo uyqim kelmayo tulgonaman oo