Песня «Muhabbat Bu»
исполнителя Шахзода.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Muhabbat – bu yalt etgan nigoh
Va halovat abas degani.
Muhabbat – bu o'zingni sevmoq
Va o'zgaga havas degani.
Subhidamda kuylagan kaptar,
Esda qolmas chiroyli gaplar,
Muhabbat – bu titragan lablar,
Har degani – araz degani.
U quyoshdir, yeta olmassan,
U ko'z yoshdir, tuta olmassan,
Muhabbat – bu keta olmasdan,
Jon talashgan nafas degani.
Tarixlarning bizga qudrati,
Yorug'likdan o'zgan sur'ati,
Muhabbat – bu baxtning surati,
Baxtning o'zi emas degani.
U quyoshdir, yeta olmassan,
U ko'z yoshdir, tuta olmassan,
Muhabbat – bu keta olmasdan,
Jon talashgan nafas degani.
U quyoshdir, yeta olmassan,
U ko'z yoshdir, tuta olmassan,
Muhabbat – bu keta olmasdan,
Jon talashgan nafas degani.
U quyoshdir, yeta olmassan,
U ko'z yoshdir, tuta olmassan,
Muhabbat – bu keta olmasdan,
Jon talashgan nafas degani.

Другие песни исполнителя:

  • Yurak, yana yurak seni sog'inar, seni sog'inar Armon, yana armon u yurakni qiynar, yana qiynar Nega tuyg'ular, nega orzular Sensiz yolg'iz xazonda qolar? Sog'inch, azoblar Yurak seni eslar, yana eslar, seni izlar Sog'inchimga ko'nmay Yolg'iz seni tinmay, seni so'rar Yana baxt, yana dart kunlarimga qayg'u yonma yon, Sog'inar, ovunar, unutolmay seni hech qachon Tunu kun u seni o'ylab, orzudan u seni so'rab Qalbimda seni deb urar Yurak yurak, ojiz qalbimga o'zing kerak Armon armon, sog'inchimga yo'qdir darmon To'kilgan xazonlardan, olis bu osmonlardan Ayt seni qaydan izlay Sog'inch, azoblar Yurak seni eslar, yana eslar, seni izlar Sog'inchimga ko'nmay Yolg'iz seni tinmay, seni so'rar Yurak, yana yurak seni sog'inar, seni sog'inar Armon, yana armon u yurakni qiynar, yana qiynar Nega tuyg'ular, nega orzular Sensiz yolg'iz xazonda qolar?
  • Boshim silagan qo'llaringizni, Baxtim tilagan so'zlaringizni, Bosib siz yurgan yo'llaringizni, Izlab topolmam izlaringizni... Endi qaylardan toparman sizni Sog'inganda, bobojon? Bobojonim, qani yana bola bo'lib Yursam edi yoningizda! Mehribonim, qani yana bir lahzaga Ko'rsam sizni bog'ingizda! Siz ekkan daraxt mevasin terib, Har barglarini men silayman, Siz chekkan zahmat, Mehnatingizni anglab shu dam... Sizni bugun men sog'insam, Endi qaylardan toparman sizni Sog'inganda, bobojon? Bobojonim, qani yana bola bo'lib Yursam edi yoningizda! Mehribonim, qani yana bir lahzaga Ko'rsam sizni bog'ingizda! Qaytar yana umr bahori, Hayot tinmay etadi davom, To'xtaydi deb sog'inch ozori Kim aytadi menga, bobojon? Umr buncha qisqadir, umr Bir zumgina qilolmas sabr. Qani iloj bo'lsaydi, bir on Diydoringiz ko'rsam, bobojon... Bobojonim, qani yana bola bo'lib Yursam edi yoningizda! Mehribonim, qani yana bir lahzaga Ko'rsam sizni bog'ingizda!