Песня «Qora Kapalak» исполнителя Хамдам Собиров. Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Qora kapalak, xayoli falak,
O`ylayman har daqiqa, yo`qdir darak.
Sendan bir tilak – qilmagin halak,
Sevgimni o`yin qilish nega kerak?

Qora kapalak, xayoli falak,
Seni deb yuragim bo`ldiku malak.
Sendan yo`q darak, xayoli falak,
Qora kapalak.

Har kun qiynaydi yomg`irlar,
Sensiz o`tdi qancha bahorlar,
Yig`lama, endi yolg`ondan qaytaman deb,
Yo`q, o`tib ketdi shuncha yillar.

Kecholmadi ko`ngillar qoshu-ko`zidan,
Qanday unga ishonay soxta so`zidan?
Yolg`on ishlar fosh bo`ldi shayton yuzidan,
Afsus, endi ketamiz armon yo`lidan.

Qora kapalak, xayoli falak,
O`ylayman har daqiqa, yo`qdir darak.
Sendan bir tilak – qilmagin halak,
Sevgimni o`yin qilish nega kerak?

Qora kapalak, xayoli falak,
Seni deb yuragim bo`ldiku malak.
Sendan yo`q darak, xayoli falak,
Qora kapalak.

Kecholmadi ko`ngillar qoshu-ko`zidan,
Qanday unga ishonay soxta so`zidan?
Yolg`on ishlar fosh bo`ldi shayton yuzidan,
Afsus, endi ketamiz armon yo`lidan. (x2

Другие песни исполнителя:

  • Yomg`ir yog`averdi seni, seni, seni eslatib, Seni eslatib. Taqdir sinayverdi meni, meni, meni dilim og`ritib, Ko`nglim og`ritib. Ovora yurak, bechora yurak, Alamlarda chidolmasdan sindi yurak. Senga ne kerak sevgimdan bo`lak? Kech bo`lsa ham kimligingni bildi yurak. Va’dasi yolg`onim, sevgisi yolg`onim, Nima qilay, nima qilay, sevamanda. Sevgisi arzonim, kulgisi yolg`onim, Nima qilay, nima qilay, sevamanda. (x2) Seni ishonibman yolg`on shirin soxta so`zlaringa, Aldanib so`zlaringga. Meni, o`tinaman, tinch qo`y axir endi O`z holimga, meni o`z holimga. Ovora yurak, bechora yurak, Ayriliqdan, azoblardan bezor yurak. Senga ne kerak sevgimdan bo`lak? Muhabbating arzonligin sezdi yurak. Va’dasi yolg`onim, sevgisi yolg`onim, Nima qilay, nima qilay, sevamanda. Sevgisi arzonim, kulgisi yolg`onim, Nima qilay, nima qilay, sevamanda. (x2)
  • Meni kechir, kechirolsang, azizam, Hayotingdan ketayabman bugun man. Mening xatoyim – seni sevganimmidi, Yuragimdan joy berganimmidi? Sening xayoling, ayt kimlarda edi? Xasta yuragim senga ishongan edi. Yuragimning alamlaridan, Sevgimizning xatolaridan, Do'stlarimning yolg'onlaridan Charchadim. Telbaman qafaslar ichida, Sevgi deb alamlar ichida, Bul dilim kerakmas so'zimga, Endi ko'nikaman sensizlikka. Yig'lama yolg'onlar ichida, Yashab ko'r zulmatlar ichida, Eslama, endi kech bo'ldi, jonim, Sensizlikka rozi bu yurak. Mening xatoyim – seni sevganimmidi, Yuragimdan joy berganimmidi? Sening xayoling, ayt kimlarda edi? Xasta yuragim senga ishongan edi. Yuragimning alamlaridan, Sevgimizning xatolaridan, Do'stlarimning yolg'onlaridan Charchadim.
  • Sevmaysan dema sevmasam seni deb kuyarmidim So'zingga zor o'zingga zor bo'lib darbadar yurarmidim Ketaman qalbingdan bir kuni sog'inib qolasan O'taman yoningdan begonaday og'rinib qolasan Bugundan boshlab endi sen haqidan sherlar yozmayman Ertadan boshlab seni o'ylab aqildan ozmayman (x2) O'rtada qolmadi sevgida kuch Yiroda yasholmasang osmonga uch Bor bevafo o'sha yoringni quch Bahtli damlarimiz hammasi puch Endi yo'q orqaga yo'l yo'q Hiyla ko'zlaring bilan meni aldama Yo'q endi ko'ngil yo'q Ketaman qalbingdan bir kuni sog'inib qolasan O'taman yonigndan begonaday og'rinib qolasan Bugundan boshlab endi sen haqidan sherlar yozmayman Ertadan boshlab seni o'ylab aqildan ozmayman (x2) Хамдам Собиров - Энди сен хакингда шерлар ёзмайман Севмайсан дема севмасам сени деб куярмидим Сўзингга зор ўзингга зор бўлиб дарбадар юрармидим Кетаман қалбингдан бир куни соғиниб қоласан Ўтаман ёнингдан бегонадай оғриниб қоласан Бугундан бошлаб энди сен ҳақидан шерлар ёзмайман Эртадан бошлаб сени ўйлаб ақилдан озмайман (х2) Ўртада қолмади севгида куч Йирода яшолмасанг осмонга уч Бор бевафо ўша ёрингни қуч Баҳтли дамларимиз ҳаммаси пуч Энди йўқ орқага йўл йўқ Ҳийла кўзларинг билан мени алдама Йўқ энди кўнгил йўқ Кетаман қалбингдан бир куни соғиниб қоласан Ўтаман ёнигндан бегонадай оғриниб қоласан Бугундан бошлаб энди сен ҳақидан шерлар ёзмайман Эртадан бошлаб сени ўйлаб ақилдан озмайман (х2
  • Sochingni kesma labingni bo'yama Hamma qaraydida ko'zi tegadida Menga oson tutmada Sochlaringni hidlaganlarim qani Lablaringa termulganlarim qani Bir kunda hammasidan ayirding ayirdin Tog' tagida bergan vadalaring qani Ko'zmunchog'im mani shaharlik bo'lib ketti Tentakcham mani Toshkentlarga ketdi Endi kimga dardimdi aytayman Sevgini uyi kuysin qaylarga ketayman Ko'zmunchog'im mani shaharlik bo'lib ketti Tentakcham mani Toshkentlarga ketdi Endi kimga dardimdi aytayman Sevgini uyi kuysin qaylarga ketayman Shaharda yurib ozingnan ketmada Bu chiroy otadida, bir kelib ketadida Sevgim boshinga yetmada Sochlaringni hidlaganlarim qani Foydasi yoq insofing ham yoq sani Bir kunda hammasidan ayirding ayirdin Tog' tagida bergan vadalaring qani Ko'zmunchog'im mani shaharlik bo'lib ketti Tentakcham mani Toshkentlarga ketdi Endi kimga dardimdi aytayman Sevgini uyi kuysin qaylarga ketayman Ko'zmunchog'im mani shaharlik bo'lib ketti Tentakcham mani Toshkentlarga ketdi Endi kimga dardimdi aytayman Sevgini uyi kuysin qaylarga ketayman Jonimga tegdi Sen haqingdagi gap so'zlar Shaharni kezdi Qishloqdan kelib gul yuzlar Endi kimdur opsa agar Lablaringni bollaridan Olay agar vos kechaman Qishlog'imning tollaridan Ko'zmunchog'im mani shaharlik bo'lib ketti Tentakcham mani Toshkentlarga ketdi Endi kimga dardimdi aytayman Sevgini uyi kuysin qaylarga ketayman