Zolim bu yillar, xoin bu yillar,
Zolim bu yillar,
Shafqatsiz, toqatsiz yillar.
Oqargan sochimda alamlar,
Dardin tugatolmay qalamlar,
Husnini asrolmay sanamlar,
O`tdilar bu xoin yillar.
Ne-ne diydorlardan judo,
Allalab, erkalab, ado,
Birgina joningni savdo
Qilarlar bu zolim yillar.
Zolim bu yillar, xoin bu yillar,
Zolim bu yillar,
Shafqatsiz, toqatsiz yillar. (x2)
Qaytib ber eng go`zal chog`im,
Rangin ko`rkidagi tog`im,
Yig`latib to`ymading sozim,
Tinglamas zorimni yillar.
Ko`nglimda qanchalar armon,
Yalindim besamar sarson,
Ey Xudo, buncha ko`p yolg`on
Ko`rsatdi bu makkor yillar?
Zolim bu yillar, xoin bu yillar,
Zolim bu yillar,
Shafqatsiz, toqatsiz yillar. (x2)
Eh, bu yillar…
Yig`lamay bo`larmi ayting,
Joningdan o`tganda darding?
Yolvoray, yolvoray, bir zumga qayting…
Zolim bu yillar, xoin bu yillar,
Zolim bu yillar,
Shafqatsiz, toqatsiz yillar.