Песня «Zolim yillar»
исполнителя Ozoda Nursaidova.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Zolim bu yillar, xoin bu yillar,
Zolim bu yillar,
Shafqatsiz, toqatsiz yillar.

Oqargan sochimda alamlar,
Dardin tugatolmay qalamlar,
Husnini asrolmay sanamlar,
O`tdilar bu xoin yillar.

Ne-ne diydorlardan judo,
Allalab, erkalab, ado,
Birgina joningni savdo
Qilarlar bu zolim yillar.

Zolim bu yillar, xoin bu yillar,
Zolim bu yillar,
Shafqatsiz, toqatsiz yillar. (x2)

Qaytib ber eng go`zal chog`im,
Rangin ko`rkidagi tog`im,
Yig`latib to`ymading sozim,
Tinglamas zorimni yillar.

Ko`nglimda qanchalar armon,
Yalindim besamar sarson,
Ey Xudo, buncha ko`p yolg`on
Ko`rsatdi bu makkor yillar?

Zolim bu yillar, xoin bu yillar,
Zolim bu yillar,
Shafqatsiz, toqatsiz yillar. (x2)

Eh, bu yillar…
Yig`lamay bo`larmi ayting,
Joningdan o`tganda darding?
Yolvoray, yolvoray, bir zumga qayting…

Zolim bu yillar, xoin bu yillar,
Zolim bu yillar,
Shafqatsiz, toqatsiz yillar.

Другие песни исполнителя:

  • Yot uyida yetimdayin Hayotin boshlar kelin. (x2) Qaynona yomon bo`lsa, Ko`zlarin yoshlar kelin. (x2) Oylar o`tar, yil o`tar, Kelin birdan o`tolmas, (x2) Qaynonasin qahriga-yey Kun keladi – chidolmas. (x2) Qaynonajon, qaynona, Kelin bo`lsin parvona, (x2) Gar siz qovoq uysangiz-ey, Yetti olam vayrona. (x2) Boshlanar gap otishlar, Boshlanar gap sotishlar, (x2) O`rtada sarson kuyov, Tonggacha ters yotishlar. (x2) Kelin ham bir onaning Jondan chiqqan chashmasi, (x2) O`n ko`z bilan qarang siz-ey, Yomon emas hammasi. (x2) Qaynonajon, qaynona, Kelin bo`lsin parvona, (x2) Gar siz qovoq uysangiz-ey, Yetti olam vayrona. (x2) Hoy kelinchak, kelinchak, Jilmayib ko`ring jindak. (x2) Qaynona ham tosh emas, Ikkingizga jon kerak. (x2) Qaynonajon, qaynona, Kelin bo`lsin parvona, (x2) Gar siz qovoq uysangiz-ey, Yetti olam vayrona. (x2) Qaynonajon, qaynona, Kelin bo`lsin parvona, (x2) Gar siz qovoq uysangiz-ey, Yetti olam vayrona. (x2)