Песня «Andijonlik bezori»
исполнителя Ozoda Nursaidova.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Sevgining manman degan-ey qaynog`iga uchradim,
Jonimga yoqib ketar-ey qiynog`iga uchradim. (x2)

O`zimni otash derdim, o`zimni bebosh derdim,
O`zimdan o`tib tushgan-ey bezoriga uchradim. {x2}

Tanlab-tanlab topganim Andijonlik bezori,
Nima qilay, yoqadi-ya shu bolaning ozori. (x2)

Qayda ko`rsa “jonim” deb, jonimga tegib ketdi,
Tegma desam, tortqilab, ro`molim olib ketdi.

Qizg`onadi kundan ham, qizg`onadi tundan ham,
Shu bolaning ozori-yey ko`nglimga yoqib ketdi. {x2}

Voy, tanlab-tanlab topganim Andijonlik bezori,
Nima qilay, yoqadi-ya shu bolaning ozori. (x2)

Qanday balo yaralgan, haydasam ham ketmaydi,
Aldashda, erkalashda hech kim unga yetmaydi.

Nima qilsa qildi-yey, yuragimga kirdi-yey,
Bu turishda bu mani-yey boshqasiga bermaydi! (x2)

Tanlab-tanlab topganim Andijonlik bezori,
Nima qilay, yoqadi-yey shu bolaning ozori. (x4)

Другие песни исполнителя:

  • Mehr to`la dunyo, mehriboning ko`p, Mehringga hech kimsa zor bo`lib qolmas. (x2) Men uchun olamda bir zot bo`lsa bas, Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. (x2) Onamsiz keng hovlim g`aribdan-g`arib. Jovdirab qolarman, uni axtarib. Ko`ksiga bosh qo`ysam, oldiga borib, Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. Ko`ksiga bosh qo`ysam, oldiga borib, Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. Onajonim… Onajonim o`rnini, mehribonim o`rnini, Jonajonim o`rnini hech kim bosolmas. Jonajonim o`rnini, mehribonim o`rnini, Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. (x2) Yetmay unga ohim, yetmay zorim ham, Tushunmasa hatto sevgan yorim ham. Ko`zimdagi yoshim artadi Onam, Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. Gohida gullarga ko`milib qoldim, Kuyladim, hammaning ko`nglini oldim. Faqat bir narsaga men amin bo`ldim: Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. Faqat bir narsaga men amin bo`ldim: Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. Nochor qolganda, qo`l uzatdim o`zim, Ba’zida bilmayin yig`latdim o`zim. Qalbimda bor mening shu bitta so`zim: Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. Qalbimda bor mening shu bitta so`zim: Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. Onajonim… Onajonim o`rnini, mehribonim o`rnini, Jonajonim o`rnini hech kim bosolmas. Jonajonim o`rnini, mehribonim o`rnini, Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. (x4)
  • Kulgichimga botib ketgan kulgularim, Kiprigimdan o`tolmagan uyqularim, Beozorim, yaralgan ohularim, Yig`layotgan, yig`layotgan orzularim. Orzu, orzularim, Qayg`u, qayg`ularim, Yig`layotgan, yig`layotgan orzularim, Yig`layotgan, yig`layotgan qayg`ularim. Sariq yaproq yuzingizning rangimidi? Hasratingiz yuragimning zangimidi? (x2) Mozoringiz men sho`rlikning bag`rimidi? Yig`layotgan, yig`layotgan orzularim. (x2) Orzu, orzularim, Qayg`u, qayg`ularim, Yig`layotgan, yig`layotgan orzularim, Yig`layotgan, yig`layotgan qayg`ularim. Bermagayman sizni armon qo`llariga, Kuy bo`lasiz baxtning biyron tillariga, (x2) Yo`llagayman sizni jannat yo`llariga, Yig`layotgan, yig`layotgan orzularim. (x2) Orzu, orzularim, Qayg`u, qayg`ularim, Yig`layotgan, yig`layotgan orzularim, Yig`layotgan, yig`layotgan qayg`ularim. Orzu, orzularim…
  • Bevafo, bevafo, Dardlarim yengaman. Aylasang ham jafo, Oh, nechun sevaman? (x2) Ishqi menga kuch bergan Ojizimsan sen o`zing, Sen o`zing, ha, ha, sen o`zing. Dilim qadrin bilmagan Azizimsan sen o`zing, Sen o`zing, ha, ha, sen o`zing. Sendan kechgandan ko`ra, Jondan kechmoq osondir, osondir. Shirin jonimdan shirin Yovuzimsan sen o`zing, Sen o`zing, oh, sen o`zing. Bevafo, bevafo, Dardlarim yengaman. Aylasang ham jafo, Oh, nechun sevaman? (x2) Rahm qilmaysan nahot, Ne kechdi, deb dilida, Dilida, ha, ha, dilida. Kapalak ham kelib, Hol so`raydiku gulidan, Gulidan, ha, ha, gulidan. Sitamlar etsam hamki, Umidlarim o`lmadi, o`lmadi. Bir siqim cho`g` so`rayman Muhabbatning kulidan, Kulidan, ha-a, kulidan. Bevafo, bevafo, Dardlarim yengaman. Aylasang ham jafo, Oh, nechun sevaman? (x2+x4)
  • Senga muhtoj bo’lmasam, Kuyarmidi dardingda yurak? Ko’zlarim izlar seni, Unga sen kerak. Endi yo’qsan, kimga sig’inay? Hech narsam qolmadi, yodingdan bo’lak. Alamlarim dor-dor, Yurak senga zor-zor, Ko’p qiynading jonim, Senga ehtiyojim bor. (x2) Sog’insa “oh” deya yonarkan yurak, Ko’zingdan kaftimga tomarkan yurak. Dunyoning bori-yu, yo’gidan bo’lak, Menga sen kerak, faqat sen kerak. Bir boshimga ne qilay, Ayt, yana qancha kuyay? Har kuni bir o’lgandan Kelsang qo’lingda o’lay. (x2) Alamlarim dor-dor, Yurak senga zor-zor, Ko’p qiynading jonim, Senga ehtiyojim bor. (x2) Yolg’izlik azobi o’ldirdi meni, Nahot taqdir ayri, yo’limiz ayri? Yuragim seniki, senga muhtojman, Har lahza ezarkan ayqiliq zaxri. Bir boshimga ne qilay, Ayt, yana qancha kuyay? Har kuni bir o’lgandan Kelsang qo’lingda o’lay. (x2) Alamlarim dor-dor, Yurak senga zor-zor, Ko’p qiynading jonim, Senga ehtiyojim bor. (x3)