Песня «Asrasin»
исполнителя Ozoda Nursaidova.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Qora cho`g`larimdan qoraydi hijron,
Yosh bilan yuvildi qayrilma mujgon.
Yurak talpinadi yolg`iz sen tomon,
Sensiz kelar bo`lsa, bahorim yolg`on.

Muhabbat bog`ladi yuragimizni,
Nurga cho`miltirdi tilagimizni.
Sevib sehrlangan ertagimizni
Sog`inib kelmasa, nahorim yolg`on.

Asrasin-asrasin, Allohim asrasin,
Joningni yomondan Tangrim asrasin.

Asrasin joningni sevgim tumori,
Oshufta ko`nglimning sultoni, bori.
Uzilmasin ishqning sozlangan tori,
Agar saqlolmasa, qarorim yolg`on.
Yolg`on, yolg`on…

Asrasin-asrasin, Allohim asrasin,
Joningni yomondan Tangrim asrasin.

Kelarsan nur bo`lib gulistonimga,
Barham berib dardli ohu-zorimga.
Kutaman toqatlar tilab jonimga,
Shunda bo`lar bari armonim yolg`on,
Yolg`on.

Asrasin-asrasin, Allohim asrasin,
Joningni yomondan Tangrim asrasin.

Sen mening yurakda oqqan qonimsan,
Jonim sezolmayman – tanda jonimsan.
Sog`inch o`ldirmasdan kel, madorimsan,
Kelmasang, quyoshli osmonim yolg`on.

Asrasin-asrasin, Allohim asrasin,
Joningni yomondan Tangrim asrasin. (x4)

Другие песни исполнителя:

  • Ko`zlaring aytadi – sevasan, Jon desam, joning berasan. Yuraging yolvorib so`ragan Habibing menman, bilasan. (x2) Go`zal sevgi bor, jonim, Ko`nglimda bahor, jonim. Qayga qadamim bossam, Ochilar gulzor, jonim. (x2) Bor bittasi – joning erkasi, Oh, qalbingning qirolichasi. Voy, voy, voy, bor bittasi – joning erkasi, Oh, qalbingning qirolichasi. Boshqasi mendek bo`lmas, Bo`lsa ham, ko`ngling to`lmas. Man degan qosh-u qalamlar, Mingtasi mendek bo`lmas. (x2) Jonimga yoqadi ishq, Qonimda oqadi ishq. Kunduzi, oppoq tunda Oy bo`lib boqadi ishq. (x2) Bor bittasi – joning erkasi, Oh, qalbingning qirolichasi. Voy, voy, voy, bor bittasi – joning erkasi, Oh, qalbingning qirolichasi. (x2)
  • Yonimdan ketma yor yorimni yorimni Sevdim demay SEVAMAN Bechora ishqimga zor bólib ,zor bólib Qiynaladi bilaman Sevgida ox wirin roz wirin vox wirin Shirin azob beramannnn Devona ból yonib yor deya yor deya Nozimdan may quyaman Nozdan nozni farqi bor jonim Nozlanishni zavqi bor jonim Sevganinigni sezdirmay jonim Qiynamoqni gashti bor jonim Jodusi aldadi yor sani yor sani Ko'zlarim qildi shaydo
  • Kelin tomondan bir oz kechga qolsa tugunlar, Olovi tez qumg`ondek qaynar qaynisingillar. (x2) Kuyov bola kelinga sal jilmaysa kifoya, Qosh chimirib, lab burib-ey, qilishadi kinoya. {x2} Sho`rlik kelin xatosi mahallani tutadi, Qaynisingil degani-yey qaynonadan o`tadi. (x2) Esdan chiqarmang kuyov, xoh bayram, xoh to`y bo`lsin, Yorga degan sovg`adan-ey singilniki zor bo`lsin. (x2) Har kimga nasib etsin kelin salomi, yor-yor, Qaytar dunyo – sizning ham-ey kelin bo`lishingiz bor. {x2} Sho`rlik kelin xatosi mahallani tutadi, Qaynisingil degani-yey qaynonadan o`tadi. (x2+x2)