Песня «Duet»
исполнителя Ozoda Nursaidova.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Текст песни не найден. Добавить?
Мы платим за добавление текста. Вам нужно авторизоваться, чтобы мы смогли вам заплатить
Отмена

Другие песни исполнителя:

  • Yig`lamang, men yana kuyladim, ona, Salgina egildim, sinmadim, ona. (x2) Men o`zim bilaman ne yo`qotganim, {x2} Faqat kuylarimni bermadim, ona. {x2} Dardimning darmoni, Dilda duo bor. Men nega ezilay? Siz bor, Xudo bor. (x2) Yig`lasam, quvonchdan Yig`ladim bugun. (x2) Yomonga qaytguvchi Bir kun jazo bor. (x2) Yig`lamang, men yana kuyladim, ona, Salgina egildim, sinmadim, ona. (x2) Sinmadim, ona…
  • Zolim bu yillar, xoin bu yillar, Zolim bu yillar, Shafqatsiz, toqatsiz yillar. Oqargan sochimda alamlar, Dardin tugatolmay qalamlar, Husnini asrolmay sanamlar, O`tdilar bu xoin yillar. Ne-ne diydorlardan judo, Allalab, erkalab, ado, Birgina joningni savdo Qilarlar bu zolim yillar. Zolim bu yillar, xoin bu yillar, Zolim bu yillar, Shafqatsiz, toqatsiz yillar. (x2) Qaytib ber eng go`zal chog`im, Rangin ko`rkidagi tog`im, Yig`latib to`ymading sozim, Tinglamas zorimni yillar. Ko`nglimda qanchalar armon, Yalindim besamar sarson, Ey Xudo, buncha ko`p yolg`on Ko`rsatdi bu makkor yillar? Zolim bu yillar, xoin bu yillar, Zolim bu yillar, Shafqatsiz, toqatsiz yillar. (x2) Eh, bu yillar… Yig`lamay bo`larmi ayting, Joningdan o`tganda darding? Yolvoray, yolvoray, bir zumga qayting… Zolim bu yillar, xoin bu yillar, Zolim bu yillar, Shafqatsiz, toqatsiz yillar.
  • Mehr to`la dunyo, mehriboning ko`p, Mehringga hech kimsa zor bo`lib qolmas. (x2) Men uchun olamda bir zot bo`lsa bas, Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. (x2) Onamsiz keng hovlim g`aribdan-g`arib. Jovdirab qolarman, uni axtarib. Ko`ksiga bosh qo`ysam, oldiga borib, Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. Ko`ksiga bosh qo`ysam, oldiga borib, Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. Onajonim… Onajonim o`rnini, mehribonim o`rnini, Jonajonim o`rnini hech kim bosolmas. Jonajonim o`rnini, mehribonim o`rnini, Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. (x2) Yetmay unga ohim, yetmay zorim ham, Tushunmasa hatto sevgan yorim ham. Ko`zimdagi yoshim artadi Onam, Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. Gohida gullarga ko`milib qoldim, Kuyladim, hammaning ko`nglini oldim. Faqat bir narsaga men amin bo`ldim: Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. Faqat bir narsaga men amin bo`ldim: Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. Nochor qolganda, qo`l uzatdim o`zim, Ba’zida bilmayin yig`latdim o`zim. Qalbimda bor mening shu bitta so`zim: Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. Qalbimda bor mening shu bitta so`zim: Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. Onajonim… Onajonim o`rnini, mehribonim o`rnini, Jonajonim o`rnini hech kim bosolmas. Jonajonim o`rnini, mehribonim o`rnini, Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. (x4)