Песня «Onajonim urnini» исполнителя Ozoda Nursaidova. Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Mehr to`la dunyo, mehriboning ko`p,
Mehringga hech kimsa zor bo`lib qolmas. (x2)
Men uchun olamda bir zot bo`lsa bas,
Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. (x2)

Onamsiz keng hovlim g`aribdan-g`arib.
Jovdirab qolarman, uni axtarib.
Ko`ksiga bosh qo`ysam, oldiga borib,
Onajonim o`rnini hech kim bosolmas.

Ko`ksiga bosh qo`ysam, oldiga borib,
Onajonim o`rnini hech kim bosolmas.
Onajonim…

Onajonim o`rnini, mehribonim o`rnini,
Jonajonim o`rnini hech kim bosolmas.
Jonajonim o`rnini, mehribonim o`rnini,
Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. (x2)

Yetmay unga ohim, yetmay zorim ham,
Tushunmasa hatto sevgan yorim ham.
Ko`zimdagi yoshim artadi Onam,
Onajonim o`rnini hech kim bosolmas.

Gohida gullarga ko`milib qoldim,
Kuyladim, hammaning ko`nglini oldim.
Faqat bir narsaga men amin bo`ldim:
Onajonim o`rnini hech kim bosolmas.

Faqat bir narsaga men amin bo`ldim:
Onajonim o`rnini hech kim bosolmas.

Nochor qolganda, qo`l uzatdim o`zim,
Ba’zida bilmayin yig`latdim o`zim.
Qalbimda bor mening shu bitta so`zim:
Onajonim o`rnini hech kim bosolmas.

Qalbimda bor mening shu bitta so`zim:
Onajonim o`rnini hech kim bosolmas.
Onajonim…

Onajonim o`rnini, mehribonim o`rnini,
Jonajonim o`rnini hech kim bosolmas.
Jonajonim o`rnini, mehribonim o`rnini,
Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. (x4)

Другие песни исполнителя:

  • Siz keltirib dunyoga, nima ko`rdim, onajon? Jonni tutib jafoga, gina ko`rdim, otajon. Bir qiz bo`lib silkinib, yerda yayrab yurmadim, Mehringizga intilib, oyog`imda turmadim. {x2} Oyog`imda turmadim… Otalarni oridan judo qilma, Xudoyim, Farzand bersang, mehrga gado qilma, Xudoyim. Onalarni oridan judo qilma, Xudoyim, Farzand bersang, mehrga gado qilma, Xudoyim. Siz ham, biz ham omonat, oy osmonda boqiydir, Qilmas sira xiyonat, quyosh nurga soqiydir. Yerda qolgan qushmasman, don kerakmas, otajon, Go`sht ko`rmagan tishmasman, non kerakmas, otajon. Yerda qolgan qushmasman, don kerakmas, onajon, Go`sht ko`rmagan tishmasman, non kerakmas, onajon. Otalarni oridan judo qilma, Xudoyim, Farzand bersang, mehrga gado qilma, Xudoyim. Onalarni oridan judo qilma, Xudoyim, Farzand bersang, mehrga gado qilma, Xudoyim. Qizim, degan shonimni qidirib yashayabman, Men jismimdan jonimni sidirib yashayabman. Ko`changizdan tobutda yulduz bo`lib o`tarman, Otasidan or qilgan-ey bir qiz bo`lib o`tarman. Ko`changizdan tobutda yulduz bo`lib o`tarman, Onasidan or qilgan-ey bir qiz bo`lib o`tarman. Otalarni oridan judo qilma, Xudoyim, Farzand bersang, mehrga gado qilma, Xudoyim. Onalarni oridan judo qilma, Xudoyim, Farzand bersang, mehrga gado qilma, Xudoyim. Ado qilma Xudoyim, gado qilma Xudoyim, Judo qilma Xudoyim, gado qilma Xudoyim.
  • … Ishqqa devonamasman Mastu-mastonamasman Layli ruhidan qongan Takror afsonamasman Takror afsonamasman … O'tmay-o'tmay nag'masi Kuydi qancha-qanchasi Sochimdan ko'p oshig'im Sen bo'lmasang, boshqasi! Sen bo'lmasang, boshqasi! … Ochilsa ishq g'unchasi Bo'ldim dema erkasi To'kilmayman poyingga Sen bo'lmasang, boshqasi Sen bo'lmasang, boshqasi! … Ochilsa ishq g'unchasi Bo'ldim dema erkasi To'kilmayman poyingga Sen bo'lmasang, boshqasi Sen bo'lmasang, boshqasi! … O'tmay-o'tmay nag'masi Kuydi qancha-qanchasi Sochimdan ko'p oshig'im Sen bo'lmasang, boshqasi! Sen bo'lmasang, boshqasi! … Sharob tutsa dudog'im Tilingga tushsa bolim O'zgani ko'rmas ko'zing Tutib mening xumorim Tutib mening xumorim … Sharob tutsa dudog'im Tilingga tushsa bolim O'zgani ko'rmas ko'zing Tutib mening xumorim Tutib mening xumorim … O'tmay-o'tmay nag'masi Kuydi qancha-qanchasi Sochimdan ko'p oshig'im Sen bo'lmasang, boshqasi Sen bo'lmasang, boshqasi! … O'tmay-o'tmay nag'masi Kuydi qancha-qanchasi Sochimdan ko'p oshig'im Sen bo'lmasang, boshqasi Sen bo'lmasang, boshqasi!