Песня «Hali hali» исполнителя Ziyoda. Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Bu yurak halovati yo'q xastami
Bu yurak yongudek, hali ham payvastami?
Bu yurak, u bir yonda xastami
Bu yurak haligidek hamon havasdami?
Kun va tunlar almashadi asta
Sen nechundir hali ham mendan-da arazda
Tun bag'rida sog'inchlardan bedor
Meni kutib, dard yutib, ado bo'lding, ado
Ey yorim, bil, sen uchun
Har kunu har tun, har kunu har tun, hali-hali bor
Bu dil yonar sen uchun
Har lahza, har zum, har lahza, har zum hali-hali
(Hali-hali... har zum... har tun... hali...
Hali-hali... har zum... har kun... hali-hali bor.)
Bu sevgi, shuncha sinov shartmidi
Bu sevgi yongudek, ishq azobi dardmidi?
Bu sevgi, shuncha sinov shartmidi
Bu sevgi haligidek, hijron dog'i dardmidi?
Kundan-kunga yuragim shikasta
Xafa qilar yorim-ey, ayb kimda bilmasdan
Uchrashuvga chiqar edim, ammo
Oliy hakam – vaqtim kam, bu juda muammo
(Hali-hali... hali-hali...
Ey yorim, ey yorim...)
Ey yorim, bil, sen uchun
Har kunu har tun, har kunu har tun, hali-hali bor
Bu dil yonar sen uchun
Har lahza, har zum, har lahza, har zum hali-hali
Ey yorim... har zum... har zum... har tun... hali-hali bor...
Har zum... har zum... har tun... hali-hali bor...

Другие песни исполнителя:

  • Xizmatingda goho kunu Tunim o'tar Keling deya uyda Bolam kutar Xasta onam yo'l qaraydi Bo'lib mushtoq Duolaring dardlarimga Darmon elim Men farzanding Ham onayu iningdirman Oh desangku kulsang Shodon kuningdirman Ne bo'lsam ham Sen bilanman seningdirman Baxtim senla Senla nomu nishon elim Dilbandingman dildan Menga ishon elim Yuraklarda mehr sezar Mayin mayin Men bir farzand Sen mehribon onamdayin
  • [Jamshid Shokirov] Dunyo ko`rinar boshqacha rangda, Yaqin do`stlar yoningga kelganda, kelganda. Qiziqarli suhbatlar boshlanar Bir zumda, ajoyib sur’atda. [Ruhshona] Yuzga kulgu kelar, armonlar olis ketar, Do`stlaring oldingda bo`lsa, ha. [Sirojiddin, Ruhshona va Jamshid] Qara, kunlaring sara, hayot o`zgacha Do`stlar orasida. (x2) [Sirojiddin] Har vaziyatda qo`l cho`zar, Yelkama-yelka yoronlar, yoronlar. Ey, ozor berolmay yonar Yomonlar, yomonlar. Bebaho fazilat, Tangrim bergan ne’mat Do`stligimiz, do`stligimiz. [Sirojiddin, Ruhshona va Jamshid] Qara, kunlaring sara, hayot o`zgacha Do`stlar orasida. (x2) [Bojalar guruhi] Bu dunyoda yagonam, oqibatli insonim, Qalbing pok bo`l, oqibatli bo`l. Hamma bo`lsin hayrona, do`stlar bo`lmas begona, Do`stim xo`r bo`l, qo`shiqqa jo`r bo`l. [Sirojiddin, Ruhshona va Jamshid] Qara, kunlaring sara, hayot o`zgacha Do`stlar orasida. (x4)
  • Taqdir menga yog'dirganda balolar Oyog'imdan chalganida xatolar Taqdir menga yog'dirganda balolar Oyog'imdan chalganida xatolar Yiqilmadim egilmadim sinmadim Onam borku qilib turgan duolar Yiqilmadim egilmadim sinmadim Onajonim borku qilib turgan duolar Mehr to'la kafti boshimni silar Bolam deya ko'z-u qoshimni silar Mehr to'la kafti boshimni silar Bolam deya ko'z-u qoshimni silar Shom-u sahar baxt-u komolim tilar Onajonim borku qilib turgan duolar Shom-u sahar baxt-u komolim tilar Onajonim borku qilib turgan duolar Men savobni izlamadim uzoqdan Men tavofni izlamadim uzoqdan Men savobni izlamadim uzoqdan Men tavofni izlamadim uzoqdan Manzilim shu kelsam yaqin yiroqdan Onam borku qilib turgan duolar Manzilim shu kelsam yaqin yiroqdan Onajonim bor qilib turgan duolar Yarashadi savlat tokib yurganim Davlat topib ko'ngil to'lib turganim Yarashadi savlat to'kib yurganim Davlat topib ko'ngil to'lib turganim Peshonamda qodir Hudo berganim Onam borku dou qilib turgani Peshonamda qodir Hudo berganim Onajonim bor qilib turgan duolar Taqdir menga yog'dirganida balolar Oyog'imdan chalganida xatolar Taqdir menga yog'dirganida balolar Oyog'imdan chalganida xatolar Yiqilmadim egilmadim sinmadim Onam borku qilib turgan duolar Yiqilmadim egilmadim sinmadim Onam borku qilib turgan duolar Onajonim bor qilib turgan duolar