Песня «Yo’q dedilar»
исполнителя Mirjalol Nematov.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Bir go’zal qizga mani tushdi dilim,
Sevdim deb yor uyiga borgan edim.

Bir go’zal qizga mani tushdi dilim,
Sandey yor bo’lmoqchilar ko’p dedilar.
Bir go’zal qizga mani tushdi dilim,
Sevdim deb yor uyiga borgan edim,
Sevgimni rad etdilar — yo’q dedilar.
Sevdim deb yor uyiga borgan edim,
Sevgimni rad etdilar — yo’q dedilar.

Dedilar: oson dema sevgi ishin,
Ketgin deb haydadilar, egdi boshim.
Cho’ntakda na puling bor, na bor moshin,
Uch kun ochsan, bir kun to’q dedilar,
Cho’ntakda na puling bor, na bor moshin,
Uch kun ochsan, bir kun to’q dedilar.

Dedilar: to’y istasang dastmoya top,
Bu bedor yurishingga nihoyat, o-o,
Sevganing ko’nglini topibsan, ho’p,
Bizlar rozi, lek puling yo’q dedilar.
Bizlar rozi, lek puling yo’q dedilar.

Ota-onasining shu e’tirozi,
Yuragimni tor-mor etdi nozi,
Na qilay, yurakdan sevdirdi qizi,
Sevgan yurakdan kuysin, oh dedilar.
Bizlar rozi, lek puling yo’q dedilar.

Elda bormi sevgan meningdayin?
Qismatimda na bor qaydan bilayin?
Dunyoga sevgi deb keldim atayin,
Ketgin dunyoda sevgi yo’q dedilar.
Bizlar rozi, lek puling yo’q dedilar.

Bir go’zal qizga mani tushdi dilim,
Sandey yor bo’lmoqchilar ko’p dedilar.
Bir go’zal qizga mani tushdi dilim,
Sevdim deb yor uyiga borgan edim,
Sevgimni rad etdilar — yo’q dedilar.
Sevdim deb yor uyiga borgan edim,
Sevgimni rad etdilar — yo’q dedilar.

Bir go’zal qizga mani tushdi dilim,
Sevdim deb yor uyiga borgan edim…

Другие песни исполнителя:

  • Andijonda ko‘nglim mani qolib ketdi Shabnamginam halovatim olib ketdi (2x) Nur-nur nur taralar yuzlaridan Ko‘zlarimning gavharlari oqib ketdi Nur-nur nur taralar yuzlaridan Hey, Andijonda ko‘nglim mani qolib ketdi Yuragimni g‘ashlab ketma shabnamginam Ko‘zlarimni yoshlab ketma shabnamginam (2x) Bevafolar chorlaganda oftobim deb Men yoringni tashlab ketma shabnamginam Bevafolar chorlaganda oftobim deb O‘z yoringni tashlab ketma shabnamginam Nur-nur nur taralar yuzlaridan Ko‘zlarimning gavharlari oqib ketdi Nur-nur nur taralar yuzlaridan Hey, Andijonda ko‘nglim mani qolib ketdi Boqqa kirib tikon terdim gulzoringdan Hofiz bo‘lib qoldim mana ozoringdan (2x) Xaridoring, men oshig‘ing kambag‘alroq Qo‘rqadirman sening qiymat bozoringdan Xaridoring, men oshig‘ing kambag‘alroq Qo‘rqaman-da sening qiymat bozoringdan Nur-nur nur taralar yuzlaridan Ko‘zlarimning gavharlari oqib ketdi Nur-nur nur taralar yuzlaridan Hey, Andijonda ko‘nglim mani qolib ketdi
  • Yolg'izginam sirdoshim mani Dunyolarga alishmam sani Began o'sha vadalar qani Vadalarda qolib ketdi ishq Kuyib-kuyib yonib ketdi ishq Biz uchrashgan bog'lar hamon bor Balki bizdan hamon umidvor Uchrashmaymiz shunchaki takror Ishonchimiz gumon bo'ldi ishq O'sha bog'da xazon bo'ldi ishq Oshiq edim yorim vaslida Sevildim deb sevdim aslida Ko'rsam ikki qalb o'rtasida Sargardon sarson bo'ldi ishq Oshiq edim yorim vaslida Sevildim deb sevdim aslida Ko'rsam ikki qalb o'rtasida Sargardon sarson bo'ldi ishq Ex shunchalar arzon bo'ldi ishq
  • Mayin mayin esaverar sabolar Dilni dilni ezaverar zebolar Mayin mayin esaverar sabolar Dilni dilni ezaverar zebolar Yuragimda yashar bir tuyg'u Mayin mayin berib sadolar Mayin mayin berib sadolar Boshim silab o'tdi qanchasi Ko'ksim ezar hijron qamchisi Quyosh kulgan mahal holimga Ko'ragimda yomg'ir tomchisi Ko'ragimda yomg'ir tomchisi Mayin mayin esaverar sabolar Dilni dilni ezaverar zebolar Mayin mayin esaverar sabolar Dilni dilni ezaverar zebolar