Песня «Hayol»
исполнителя Sevara Narakhan.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Olib qochkim seni baribir,
Qo'l uzamiz dardlar bo'ynidan,
Biz zerikdik, charchadik axir,
Baxtlar kutib taqdir qo'ynidan.
Band-bandidan uzilar gullar,
Chekinadi moviy rang tunlar,
Peshvoz chiqar anvoyi kunlar...
Bizni kutar biz kutgan kunlar!
Olib qochkim seni baribir,
Qo'l uzamiz dardlar bo'ynidan,
Biz zerikdik, charchadik axir,
Baxtlar kutib taqdir qo'ynidan.
Muncha turar nozlanib guling,
Dudog'ingda yayraydi bo'sa,
Xayolingda sayrar bulbuling,
Quchog'ingda o'ladi, o'lsa.
Band-bandidan uzilar gullar,
Chekinadi moviy rang tunlar,
Peshvoz chiqar anvoyi kunlar...
Bizni kutar biz kutgan kunlar!
Olib qochkim seni baribir,
Qo'l uzamiz dardlar bo'ynidan,
Biz zerikdik, charchadik axir,
Baxtlar kutib taqdir qo'ynidan.
Xo'rsinasan, ko'zing artasan,
Jilmayasan, xayol surasan,
Ishonmaysan, ohlar tortasan,
Sen sevasan, lekin aytmaysan.
Olib qochkim seni baribir,
Qo'l uzamiz dardlar bo'ynidan,
Biz zerikdik, charchadik axir,
Baxtlar kutib taqdir qo'ynidan

Другие песни исполнителя:

  • Umr o'qmas bir tekkisda tek Kimlarnidir hasrat yengadir Men toparman irodamni lek, Ko'rgim kelar sizni negadir Hayot ko'xna dono muallim, Sadoqatli do'st bolar o'lim Garchi sizdan ayridir yo'lim, Ko'rgim kelar sizni negadir. Tun kutaman - oydin, yulduzli, Kun kutaman - nurafshon izli. Hey, dilimni ezdi yolg'izlik, Ko'rgim kelar sizni negadir. Goh sevgidan toshgan daryo siz, Goh mehrga tashna sahro siz. Men bilaman, siz ham tanhosiz, Ko'rgim kelar sizni negadir Muhabatda mazmun erur erk, Bir armonga har kim egadir. Siz-siz menga barcha yo'llar berk, Ko'rgim kelar sizni negadir. Tun kutaman - oydin, yulduzlik, Kun kutaman - nurafshon izlik. Hey, dilimni ezdi yolg'izlik, Ko'rgim kelar sizni negadir. Tun kutaman - oydin, yulduzlik, Kun kutaman - nurafshon izlik. Hey, dilimni ezdi yolg'izlik, Ko'rgim kelar sizni negadir. Hey, dilimni ezdi yolg'izlik, Ko'rgim kelar sizni negadir. Ko'rgim kelar sizni... Hey, dilimni ezdi yolg'izlik, Ko'rgim kelar sizni negadir.