Oh, mani yoshligim,
Beg`ubor beboshligim.
Ko`chalarni changitib yurgan
Oh, bu sho`x bola paytlarim.
O, mani maktabim,
Birinchi ustozlarim.
Birinchi muhabbatim mani,
Ko`z ochib ko`rganlarim.
Hey, yoshlikdagi do`stlarim,
Mening qadrdonlarim.
Jonajon o`rtoqlarim,
Yoshlikdagi do`stlarim.
Hey, yoshligimni eslayman,
Sizlar bilan bo`lsam man.
O`shal beg`ubor onlar
Ko`z oldimda siz bilan.
Oh, o`sha damlar,
O`zi uchar gilamlar.
Mana endi ortga boqib,
Qilar alamlar.
Oh, o`sha damlar,
O`tmishda qolar.
Endi eslashganda
Dillar quvonar.
Hey, yoshlikdagi do`stlarim,
Mening qadrdonlarim.
Jonajon o`rtoqlarim,
Yoshlikdagi do`stlarim.
Yoshligimni eslayman,
Sizlar bilan bo`lsam man.
O`shal beg`ubor onlar
Ko`z oldimda siz bilan.