Песня «Darak yo'q»
исполнителя Шохрух Юлдошев.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Qishlar ham o`tdi, sendan esa darak yo`q,
Bahoru yozlar o`tdi, sendan darak yo`q,
Xazonlar to`kildi kuzda, darak yo`q.
Oradan qancha yillar o`tdi, xabar yo`q,
Sen ketgan kundan beri menda orom yo`q,
Charchadim, sensizlikka malham yo`q.

Qaytmasliging bilsam ham, nega kutaman?
O`zimni balki shu bilan ovutaman!
Bilmayman, endi sensiz netaman?
Sog`inchimga aslo qarshi borolmayman,
Unutay deyman-u, lek unutolmayman,
Tinmayman, seni yana kutaman.

Xayolimda sen o`zing, yuragimda sen o`zing,
O mani dardim, dardim, dardim sen o`zing.
Xayolimda sen o`zing, yuragimda sen o`zing,
O mani dardim, dardim, dardim o`zing, faqat o`zing.

Senga aytolmagan hali so`zlarim bor,
Bir ozga bo`lsa ham yo`qlasayding bir bor,
Quchardim, rozi edim so`nggi bor.
Xayr demay ketding, senga to`yolmadim,
Vidolashishga ham aslo ulgurmadim,
Bilmadim, sendan o`zga demadim, demadim.

Balki hali ham kech emasdir, ber sado,
Paydo bo`lsang, quvonchdan bo`laman ado,
Ketmasdim yoningdan bir zum aslo, hech aslo.
Telbaga aylanmoqdaman men tobora,
Ko`zlarim seni izlash bilan ovora,
Dardimga topolmadim bir chora.

Xayolimda sen o`zing, yuragimda sen o`zing,
Yuragim dardi, dardi, dardi sen o`zing.
Xayolimda sen o`zing, yuragimda sen o`zing,
O mani dardim, dardim, dardim o`zing, faqat o`zing.

Senga utloza qilsam, sendan darak yo`q,
Ko`z yoshlarim qolmadi, sendan darak yo`q…

Другие песни исполнителя:

  • Qora ko`zlar mani hayron ayladi, Boqishi dardima darmon ayladi. Bu xumor ko`zlari olsa bu jonimni netay? Yorim mani nega tanho ayladi? Qora ko`zlar mani hayron ayladi, Boqishi dardima darmon ayladi. Bu xumor ko`zlari olsa bu jonimni netay? Yorim mani nega tanho ayladi? Yor, yor, yoningdaman, Hey yor, jonimdasan. Senga parvona o`zimman, Yorning buncha ozoridaman? Yor, yor, yoningdaman, Hey yor, jonimdasan. Senga parvona o`zimman, Yorning buncha ozoridaman? Muhabbatim sham misoli bo`ldi ado, Ko`chalarda mashrabdayin bo`ldim gado. Afsus qilib, yuragimga izlab davo, Bilaman, bir kun qaytib kelar dilrabo. Muhabbatim sham misoli bo`ldi ado, Ko`chalarda mashrabdayin bo`ldim gado. Afsus qilib, yuragimga izlab davo, Bilaman, bir kun qaytib kelar dilrabo. Yor, yor, yoningdaman, Hey yor, jonimdasan. Senga parvona o`zimman, Yorning buncha ozoridaman? Yor, yor, yoningdaman, Hey yor, jonimdasan. Senga parvona o`zimman, Yorning buncha ozoridaman? Yor, yor, yoningdaman…
  • Shohruhxon-Ey sabo(qo'shiq matni) Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg'a ayt Yig'larimning shiddatin gulbargi xandonimg'a ayt. Hey sabo, holim borib sarvi xiromonimg'a ayt Men o'lub, el jon topar bebok notovonimg'a ayt. Qoshi yosinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin Bu qattiq dardlar aro vasli davosinmi deyin?! Ko'zi qahrinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin, Jonim har bir oning javru jafosinmi deyin?! Ko'zu zulfungdan necha mastu parishoning bo'lay, Kim, quyundek sadqayi sarvi xiromoning bo'lay. To boshimga evlalurga gardi maydoning bo'lay. Necha, jono, mubtaloyi dog'i hijroning bo'lay. Qoshi yosinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin Bu qattiq dardlar aro vasli davosinmi deyin?! Ko'zi qahrinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin, Jonim har bir oning javru jafosinmi deyin?! Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg'a ayt, Yig'larimning shiddatin gulbargi xandonimg'a ayt. Qoshi yosinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin Bu qattiq dardlar aro vasli davosinmi deyin?! Ko'zi qahrinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin, Jonim har bir oning javru jafosinmi deyin?!