Песня «Ikkinchisiman»
исполнителя Азиза Низамова.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Hammasi zo`r, hammasi yaxshi,
Lekin qalbimda alamim bor:

Muhabbatim hayotim naqshi,
Yolg`izimning boshqa yori bor. (x2)

Shunga rozi bo`lib yashashni
Qismatimga bitibdi dunyo.

Ne ham derdim, kuchli bo`lishni
Endi peshonamga yoz, Xudo. (x2)

Kulmang, ota-onam erka qiziman,
Asrab katta qilgan qaro ko`ziman.
Sevmoqlikda man birinchisiman,
Lek yorimning ikkinchisiman.

Dod, sevmoqlikda man birinchisiman,
Lek yorimning ikkinchisiman.

Yolg`iz o`tar ko`pincha kunlar,
Sabr qilib kutaman faqat.

Rashkda yonib, kul bo`ldim tunlar,
Taqdir, shunisiga ham rahmat. (x2)

Yor-yor aytilmadi nomimga,
Oq libosni kiya olmadim.

Duo o`qilmadi baxtimga,
Oydek kelin bo`la olmadim. (x2)

Kulmang, ota-onam erka qiziman,
Asrab katta qilgan qaro ko`ziman.
Sevmoqlikda man birinchisiman,
Lek yorimning ikkinchisiman.

Dod, sevmoqlikda man birinchisiman,
Lek yorimning ikkinchisiman.

Другие песни исполнителя:

  • Kimgadir yurak berib topsang gar iloj, Kimgadir yurak berib topmassan iloj, Ammo men seni ko’p, Men seni hammadan ko’p sevdim. Nega hech bir qalbdan seni sevishim, Dunyolar kabi katta baxtim deyishim, Ammo sen buni hech, Sen buni hech bilmaysan, jonim. Sevgimizning yo’llari, uchrashtirgan kunlari, Qanday bo’lsang shunday sevaman seni. Bu shunchaki sevgimas, yo’q sevgida tengimiz, Yurakdan seni sevaman, jonim. (x2) Men bilan bir umr yonimda bo’lgin, Kunduzi nuring sochib, tunda oy kabi to’lgin, Lek sen meni ko’p, Sen meni hammadan ko’p sevgin. Harorat-la boqishing menga yetadi, Seni ko’rsam qalbim g’amni unutadi, Aytmasang ham sevdim deb, Aytmasang ham sevdim deb qalbim biladi. Sevgimizning yo’llari, uchrashtirgan kunlari, Qanday bo’lsang shunday sevaman seni. Bu shunchaki sevgimas, yo’q sevgida tengimiz, Yurakdan seni sevaman, jonim. (x2)
  • Hayot ayro qildi borar yo`limiz, Balki topolmadik, jonim, ko`nglimiz. Ado qilib borar meni bu dardlar, Ko`z yoshlarim artar bugun armonlar. Yarog`-ey, Yurak-bag`rim yarog`-ey, Telba yurak ado-yey, Sevgan yurak vayron-ey. (x2) Yaqin kelsa yuzlar, zavol emas ko`zlar, So`zlar hatto jonim, sevgim istar-ey. Topilmadi choramiz, ikkimiz ovoramiz, Yana yolvoramiz sevgimizdan-ey. Men ham ado, sen ham ado, Qolmadi sevgida ma’no. Uramiz oh, alamda goh Qolganim uchun sevgidan dod. (x2) Yarog`-ey, Yurak-bag`rim yarog`-ey, Telba yurak ado-yey, Sevgan yurak vayron-ey. (x2 x2
  • Bir ko`rinding, yana ketding qush kabi uchib, Aytgin, qaydan o`zing uchun sen topding panoh? Men-ku qoldim ko`zim yoshlab, surating quchib, Muhabbatni zor qaqshatish emasmi gunoh? Bu dunyoga qo`lim siltab, taqdirga tan berganimda O`zing menga umid berib, hayotimga qaytarding. Endi esa qo`ling ushlab, topdim baxtim deganimda O`sha tubsiz jarlik tomon meni o`zing itarding. Men singari seni suygan inson asli bormidi? Sensiz o`tar kunlar yana bir biriga ulandi. Mana endi biz ajrashdik, dil dildan uzoqmidi? Nechun taqdir bizni sevgimizdan ayirdi? Ne bo`lsa ham, taqdir ekan, sen Ollohga omonat, Ammo yolg`iz o`tinchim bor, so`zlarimni tinglagin: Pok sevgiga, mehribonim, qilma aslo xiyonat, Gar qo`lingdan kelsa agar, meni bir umrga unut. Unut… Unut…
  • Aqlim seni istar, Qalbim seni istar, Tanim seni der. Ko`zing meni istar, So`zing meni istar, Taning meni der. Kel, kel… Men dali, sen dali, Dali, dali-da, Sevaman, sevamiz jonim, ertakdagiday, Oh urib, oh urib, oh urib, oh. (x2) Bizning sevgimiz Tilsimlarga bisyor, Kashf etilmagan. Goh baxt, goh azobdasan, Ohsiz kitobda, Bobida aytilmagan. Hay, hay… Men dali, sen dali, Dali, dali-da, Sevaman, sevamiz jonim, ertakdagiday, Oh urib, oh urib, oh urib, oh. (x2 x2)