Песня «Yolg'izim»
исполнителя Диёр Махкамов.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Sen ketgan kundan boshlab ko`zlarimda nam,
Yuragimni bir senga berib bo`lganman.
Tunu kun endi sensiz halovatim yo`q,
Seni unutay deyman, iloji yo`q.

Sensiz aslo yuzimda quvonch ko`rinmas,
Sensiz hatto ko`zimda o`zim o`zimmas.
Ishon, yolg`izim, seni yomon sog`indim,
Har kuni ko`zyoshimdan ovundim.

To`kilar ko`zlarimdan yomg`irlar sensiz,
Orzular, nahot qaytmas u damlar, esiz.
Yolg`izim, senga ham, ayt qiyinmi mensiz?
Sevganim sen eding, hayotimda tengsiz.

Qachongacha bu dardlar vujudim ezar?
Sen ham meni sevasan, yuragim sezar.
Bir bor ko`rarmikan deb, kezaman hamon,
Ko`nikolmayman, sog`indim, ishon.

Bunchalar bizning taqdir shafqatsiz bo`lsa,
Qaniydi ko`zlaringni so`nggi bor ko`rsam.
Seni degan yuragim qo`lingga tutib,
Yashar edim o`zimni unutib.

To`kilar ko`zlarimdan yomg`irlar sensiz,
Orzular, nahot qaytmas u damlar, esiz.
Yolg`izim, senga ham, ayt qiyinmi mensiz?
Sevganim sen eding, hayotimda tengsiz

Другие песни исполнителя:

  • Bir kuni yo maysa, giyoh bo`laman, Shunda ham holingdan ogoh bo`laman. Burgut bo`lib, cho`qqing izlab topaman, Sendan bir dam ayro tushmayman, Vatan. Yo yomg`ir bo`laman, bo`laman shabnam, G`unchalar kiprigin aylajakman nam. Nogoh xazon misol to`kilganda ham, Sendan bir dam ayro tushmayman, Vatan. {x2} Otamsan, bobomsan, tarixing azal, Onamsan, momomsan, oydanda go`zal. Dunyo sharbatlaridan suvlaring afzal, Sendan bir dam ayro tushmayman, Vatan. Mayli tikonlaring qonatsin qo`lim, Mayli izg`irinlar qilsinlar zulm. Sen rozi bo`lsang bas, onajon elim, Sendan bir dam ayro tushmayman, Vatan. Sendan xayolda ham ketmayman nari, Onasini quchgan farzand singari. Ishqim ortib borar sevganim sari, Sendan bir dam ayro tushmayman, Vatan. {x2} Otamsan, bobomsan, tarixing azal, Onamsan, momomsan, oydanda go`zal. Dunyo sharbatlaridan suvlaring afzal, Sendan bir dam ayro tushmayman, Vatan. Jonim Vatan