Песня «Тилим курсин»
исполнителя Алишер Узоков.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Alisher Uzoqov]
Xo`p de, xo`p de!
[Nilufar]
Xo`p, xo`p. (x2)

[Nilufar]
Mayli, hamma sirlaringni bekit,
Mayli, hamma hunaringni bekit,
Zimdan qara, ko`zlaringni bekit,
Baribir sevgingni yashirolmaysan.

[Alisher Uzoqov]
Mendan ohu ko`zingni bekitma,
Nozli qarashlaringni bekitma,
Shirin kulishlaringni bekitma,
Baribir sevgingni yashirolmaysan.
(xo`p de, xo`p de)

[Nilufar]
Voy tilim qursin, nega sevishimni aytdim?

[Alisher Uzoqov va Nilufar]
Vay, vay, vay, gapni o`ylamay aytdim,
Tilginam bilan dilginam
Bitta bo`lsa, aytgin netay?
Sog`inib yuragim tez-tez urar,
Sevaman seni deb aytgim kelar.
Yagonam deb erkalatgim kelar,
Har kun shu gapni aytgim kelar. (x2)

[Alisher Uzoqov]
Rangi ro`yimni somon etma,
Sevgan dilimni vayron etma,
Ey, hammaga mani yomon etma,
Yo`qotmagin keyin topolmaysan.

[Nilufar]
Men hali esimdan ayrilmadim,
Sizdan begonaga qayrilmadim,
Meni qo`rqitib shartlar qo`ymang,
O`jar bu ko`ngildan kecholmayman.

[Alisher Uzoqov]
Voy tilim qursin, nega sevishimni aytdim?

[Alisher Uzoqov va Nilufar]
Vay, vay, vay, gapni o`ylamay aytdim,
Tilginam bilan dilginam
Bitta bo`lsa, aytgin netay?
Sog`inib yuragim tez-tez urar,
Sevaman seni deb aytgim kelar.
Yagonam deb erkalatgim kelar,
Har kun shu gapni aytgim kelar. (x2 x2)

[Alisher Uzoqov]
Tilim qursin, nega sevishimni aytdim?

Другие песни исполнителя:

  • Maftunkor, shirin kulgular kimda bor? U mani yorim, ko`zi xumorim, vasliga devonaman. Yondirsa mana shu ko`zlar yondirsin, O`zimga mos, biram tannoz, Nozlaridan rohatlanib sevaman. Yorim, qarashlaringga mubtaloman, Boshqalarga qayrilma. Yonimda bo`l, o`zim bo`lay qurbon, Sani, mani baxtli qilsin Xudoyim. (x2) Yuzlab oy kulib, nur sochgan tunlarga, Go`zal yorimning sehrli nigohini almashmayman. Ko`rdim rang-barang gulshanda gullarni, Hamon yolg`iz vafodorim Bo`ylaridan rohatlanib sevaman. Yorim, qarashlaringga mubtaloman, Boshqalarga qayrilma. Yonimda bo`l, o`zim bo`lay qurbon, Sani, mani baxtli qilsin Xudoyim. (x4
  • Tomchi-tomchi gul bargida shabnam, Beg`ubor bu xushbo`y atirgul. Atirgul rangiday lablaring sening, Seni shunday xumor sevaman. Atirgul rangiday lablaring sening, Bulbulday beg`ubor sevaman. Ayla bedor, mayli, kelmay takror meni, Ammo tingla sevgim to`la oshiq yuragimni. Oshiq yurak vafo so`rar, Xayollarim sog`intirar, O`shal visol, o`sha ko`zlar bo`zlatar. Oshiq yurak vafo so`rar, Xayollarim sog`intirar, Sehrli tun bu yulduzlar eslatar. Ko`z tegmasin deb duo qilar jonim, Tilaklarim, orzuyim o`zing. Yashnasin yuzingdan bu olam sening, Baxtingdan o`rgilib sevaman. Yangrasin yuzingdan bu olam sening, Jonim, shunday o`tli sevaman. Ayla bedor, mayli, kelmay takror meni, Ammo tingla sevgim to`la oshiq yuragimni. Oshiq yurak vafo so`rar, Xayollarim sog`intirar, O`shal visol, o`sha ko`zlar bo`zlatar. Oshiq yurak vafo so`rar, Xayollarim sog`intirar, Sehrli tun bu yulduzlar eslatar.