Песня «КораКуз»
исполнителя Алишер Узоков.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Voz kechdim sevgimdan bugun,
Majburman bunga aslida.
Alamli yosh to`kib har kun,
G’oyibsan ko`zim o`ngida.
Yagonaman dardim ichra yolg`iz o`zim,
Begonaman endi senga, qora ko`zim.
Beshafqat taqdir oldida ojiz o`zim,

Qalbimdasan ne bo`lsa ham, qora ko`zim.
Beozor, nozik farishtam,
Yig`lama, chekinar alam.
Qalbimda sirli dardimdan
Taralar alamli nolam.

Yagonaman dardim ichra yolg`iz o`zim,
Begonaman endi senga, qora ko`zim.
Beshafqat taqdir oldida ojiz o`zim,
Qalbimdasan ne bo`lsa

ham, qora ko`zim.

Yagonaman dardim ichra yolgiz ozim
Begonaman endi senga qora kozim
Beshavqat taqdir oldida ojiz ozim
Qalbimdasan ne bolsa ham
Qora kozim

Другие песни исполнителя:

  • Alisher Uzoqov] Xo`p de, xo`p de! [Nilufar] Xo`p, xo`p. (x2) [Nilufar] Mayli, hamma sirlaringni bekit, Mayli, hamma hunaringni bekit, Zimdan qara, ko`zlaringni bekit, Baribir sevgingni yashirolmaysan. [Alisher Uzoqov] Mendan ohu ko`zingni bekitma, Nozli qarashlaringni bekitma, Shirin kulishlaringni bekitma, Baribir sevgingni yashirolmaysan. (xo`p de, xo`p de) [Nilufar] Voy tilim qursin, nega sevishimni aytdim? [Alisher Uzoqov va Nilufar] Vay, vay, vay, gapni o`ylamay aytdim, Tilginam bilan dilginam Bitta bo`lsa, aytgin netay? Sog`inib yuragim tez-tez urar, Sevaman seni deb aytgim kelar. Yagonam deb erkalatgim kelar, Har kun shu gapni aytgim kelar. (x2) [Alisher Uzoqov] Rangi ro`yimni somon etma, Sevgan dilimni vayron etma, Ey, hammaga mani yomon etma, Yo`qotmagin keyin topolmaysan. [Nilufar] Men hali esimdan ayrilmadim, Sizdan begonaga qayrilmadim, Meni qo`rqitib shartlar qo`ymang, O`jar bu ko`ngildan kecholmayman. [Alisher Uzoqov] Voy tilim qursin, nega sevishimni aytdim? [Alisher Uzoqov va Nilufar] Vay, vay, vay, gapni o`ylamay aytdim, Tilginam bilan dilginam Bitta bo`lsa, aytgin netay? Sog`inib yuragim tez-tez urar, Sevaman seni deb aytgim kelar. Yagonam deb erkalatgim kelar, Har kun shu gapni aytgim kelar. (x2 x2) [Alisher Uzoqov] Tilim qursin, nega sevishimni aytdim?
  • Tomchi-tomchi gul bargida shabnam, Beg`ubor bu xushbo`y atirgul. Atirgul rangiday lablaring sening, Seni shunday xumor sevaman. Atirgul rangiday lablaring sening, Bulbulday beg`ubor sevaman. Ayla bedor, mayli, kelmay takror meni, Ammo tingla sevgim to`la oshiq yuragimni. Oshiq yurak vafo so`rar, Xayollarim sog`intirar, O`shal visol, o`sha ko`zlar bo`zlatar. Oshiq yurak vafo so`rar, Xayollarim sog`intirar, Sehrli tun bu yulduzlar eslatar. Ko`z tegmasin deb duo qilar jonim, Tilaklarim, orzuyim o`zing. Yashnasin yuzingdan bu olam sening, Baxtingdan o`rgilib sevaman. Yangrasin yuzingdan bu olam sening, Jonim, shunday o`tli sevaman. Ayla bedor, mayli, kelmay takror meni, Ammo tingla sevgim to`la oshiq yuragimni. Oshiq yurak vafo so`rar, Xayollarim sog`intirar, O`shal visol, o`sha ko`zlar bo`zlatar. Oshiq yurak vafo so`rar, Xayollarim sog`intirar, Sehrli tun bu yulduzlar eslatar.
  • Maftunkor, shirin kulgular kimda bor? U mani yorim, ko`zi xumorim, vasliga devonaman. Yondirsa mana shu ko`zlar yondirsin, O`zimga mos, biram tannoz, Nozlaridan rohatlanib sevaman. Yorim, qarashlaringga mubtaloman, Boshqalarga qayrilma. Yonimda bo`l, o`zim bo`lay qurbon, Sani, mani baxtli qilsin Xudoyim. (x2) Yuzlab oy kulib, nur sochgan tunlarga, Go`zal yorimning sehrli nigohini almashmayman. Ko`rdim rang-barang gulshanda gullarni, Hamon yolg`iz vafodorim Bo`ylaridan rohatlanib sevaman. Yorim, qarashlaringga mubtaloman, Boshqalarga qayrilma. Yonimda bo`l, o`zim bo`lay qurbon, Sani, mani baxtli qilsin Xudoyim. (x4
  • Yo`llaringga termulib, o`tar uzun yillarim, Yuragimni ko`ndirib, ketaverar sirlarim. Nahot his etmas yuraging dil to`la dardlarim, Nahot qadrsiz bo`lsa aytilgan bu gaplarim? Nahotki shu bo`lsa sevgi? Nahotki shu bo`lsa hayot? Sen uchun yaralgan sevgim Ololmasa sendan javob? Nahotki shu bo`lsa sevgi? Nahot bo`lolmaymiz qo`sh qanot? Ushalmas hech bir orzular, Qolib ketsa bo`lib sarob? Bilolmayman aslida nechun keldim dunyoga Yoki sevging dastidan qo`ydimmi yo`l xatoga? Endi men kimga aytayin alamli bu dardlarim? O`zimni yolg`iz, javobsiz sevgimni aybladim. Nahotki shu bo`lsa sevgi? Nahotki shu bo`lsa hayot? Sen uchun yaralgan sevgim Ololmasa sendan javob? Nahotki shu bo`lsa sevgi? Nahot bo`lolmaymiz qo`sh qanot? Ushalmas hech bir orzular, Qolib ketsa bo`lib sarob?