Песня «Tuyg'ularim»
исполнителя Lola Yuldasheva.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Kapalaklarning ranggi,
Gulda shabnamlar tonggi,
Erkalaydi sevgimizni.
Botadi quyosh tezroq,
Birga bo`lsin deb ko`proq
Ikkimizni.

Sevgim kaliti senda,
Uni hech qachon yo`qotmagin, yo`qotmagin.
G`am-hijronlar uyquda,
Ularni aslo uyg`otmagin, uyg`otmagin.

Qalb, toki bor so`nggi nafas
Yurak sendan voz kechmas,
Sendan o`zgani demas, ishongin. (x2)

Bitta yo`lni bilarman
Va shu yo`ldan yurarman
Olib borar sevgimizga.
Yolg`izlik qo`rqitolmas,
Muhabbat qilar havas
Ikkimizga.

Sevgim kaliti senda,
Uni hech qachon yo`qotmagin, yo`qotmagin.
G`am-hijronlar uyquda,
Ularni aslo uyg`otmagin, uyg`otmagin.

Ha, toki bor so`nggi nafas
Yurak sendan voz kechmas,
Sendan o`zgani demas, ishongin. (x2+x2)

Другие песни исполнителя:

  • Qalbimda to'la orzularim bor, ushalar qachon? Eng oliy orzu - meni doimo asraydigan inson! Ishonolmadim, taqdir yuzma-yuz senga uchratdi O'sha kun, bildim, hayot sinovga meni uzatdi Aniq bilaman, baxtga yetmayman Dardim yashaydi mening qalbimda Aniq bilaman, umid bo'lsa ham Hayotim emas mening qo'limda Qiynar yuragim - nedir gunohim, shuncha azoblar Taqdirmas bo'lsang nega xayolim seni eslatar? Armonim bo'lib ushalding orzu, bu qanday jazo? Oxirgi so'zim - baxtiyor bo'lgin, orzu, alvido! Aniq bilaman, baxtga yetmayman Dardim yashaydi mening qalbimda Aniq bilaman, umid bo'lsa ham Hayotim emas mening qo'limda Aniq bilaman, baxtga yetmayman Dardim yashaydi mening qalbimda Aniq bilaman, umid bo'lsa ham Hayotim emas mening qo'limda
  • Mana o`sha kun yetib ham keldi, Tark etaman seni bugundan, maktabim. Qachon maktabni tugataman deb, Sanardim kunlarni, darslardan charchab doim. Katta bo`lishga orzuqardim men, Qadringni bilmay. Yuragim to`lib, yig`layman afsus, Bugun oxirgidir men uchun bu dars endi. Men hech istamayman, sendan ketmayman, So`zim qaytarib olaman, maktab. Sho`x bolaligim, sen bilan birga Jon deb qaytardim bag`ringga, maktab Erkaligimni, erkaligimni ko`tarding har chog`, Sodiq sirdoshimga aylanding, maktabim. Nima yaxshi-yu nima yomon deb, Hayotga o`rgatding, mehribon maktabim. Endi bilsam, bu maktab davriga Hech narsa tengmas. Qachon ulgurdi shuncha yil o`tib? Nahot, bolaligim endi hech qaytmas endi? Ustozlarim to`ymadim Bor mehringizga, Sizlarsiz, chin do`stlarim, Qanday ko`nikaman bu sog`inchga endi? Men hech istamayman, sendan ketmayman, So`zim qaytarib olaman, maktab. Sho`x bolaligim, sen bilan birga Jon deb qaytardim bag`ringga, maktab. Hech istamayman, sendan ketmayman, So`zim qaytarib olaman, maktab. Sho`x bolaligim, sen bilan birga Jon deb qaytardim bag`ringga, maktab