Песня «Maktab»
исполнителя Lola Yuldasheva.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Mana o`sha kun yetib ham keldi,
Tark etaman seni bugundan, maktabim.
Qachon maktabni tugataman deb,
Sanardim kunlarni, darslardan charchab doim.
Katta bo`lishga orzuqardim men,
Qadringni bilmay.
Yuragim to`lib, yig`layman afsus,
Bugun oxirgidir men uchun bu dars endi.

Men hech istamayman, sendan ketmayman,
So`zim qaytarib olaman, maktab.
Sho`x bolaligim, sen bilan birga
Jon deb qaytardim bag`ringga, maktab
Erkaligimni, erkaligimni ko`tarding har chog`,
Sodiq sirdoshimga aylanding, maktabim.
Nima yaxshi-yu nima yomon deb,
Hayotga o`rgatding, mehribon maktabim.

Endi bilsam, bu maktab davriga
Hech narsa tengmas.
Qachon ulgurdi shuncha yil o`tib?
Nahot, bolaligim endi hech qaytmas endi?
Ustozlarim to`ymadim
Bor mehringizga,
Sizlarsiz, chin do`stlarim,
Qanday ko`nikaman bu sog`inchga endi?

Men hech istamayman, sendan ketmayman,
So`zim qaytarib olaman, maktab.
Sho`x bolaligim, sen bilan birga
Jon deb qaytardim bag`ringga, maktab.

Hech istamayman, sendan ketmayman,
So`zim qaytarib olaman, maktab.
Sho`x bolaligim, sen bilan birga
Jon deb qaytardim bag`ringga, maktab

Другие песни исполнителя:

  • Sinamoqchimisan seni tushunmadim men? Ko'nglimni bilmoqchi bo'layapsan nega? Meni senga nima bog'lashi mumkun ayt? Nega endi buni o'ylashim kerak nega? Yo'q sen emas yo'q sen emas Rashkimni keltirma bu senga emas. Yo'q sen emas yo'q sen emas Rashkimni keltirma bu senga emas. Men o'zimga hech ham o'xshamasman shudam Alam qilar nega beparvo bo'lsam ham Qizg'onsin deya sen asabimga tegsang Demak menga befarq emassan o'zing ham? Yo'q sen emas yo'q sen emas Rashkimni keltirma bu senga emas. Yo'q sen emas yo'q sen emas Rashkimni keltirma bu senga emas. Yo'q sen emas yo'q sen emas Rashkimni keltirma bu senga emas. Yo'q sen emas yo'q sen emas Rashkimni keltirma bu senga emas
  • Qalbimda to'la orzularim bor, ushalar qachon? Eng oliy orzu - meni doimo asraydigan inson! Ishonolmadim, taqdir yuzma-yuz senga uchratdi O'sha kun, bildim, hayot sinovga meni uzatdi Aniq bilaman, baxtga yetmayman Dardim yashaydi mening qalbimda Aniq bilaman, umid bo'lsa ham Hayotim emas mening qo'limda Qiynar yuragim - nedir gunohim, shuncha azoblar Taqdirmas bo'lsang nega xayolim seni eslatar? Armonim bo'lib ushalding orzu, bu qanday jazo? Oxirgi so'zim - baxtiyor bo'lgin, orzu, alvido! Aniq bilaman, baxtga yetmayman Dardim yashaydi mening qalbimda Aniq bilaman, umid bo'lsa ham Hayotim emas mening qo'limda Aniq bilaman, baxtga yetmayman Dardim yashaydi mening qalbimda Aniq bilaman, umid bo'lsa ham Hayotim emas mening qo'limda
  • Ovutay yuragingni men Ovunay erkaliklar qilib Yonma-yon... Parvozda qanotlar Orzularga yetaklar Biz ikkimiz osmonlarda uchamiz Biz ikkimiz bulutlarni quchamiz Sevgimiz... Bo'lsin abadiy Sevgimiz abadiy Kabutar misol birga-birga Oppoq bulutlar birga-birga Havas qilishar bizga-bizga Samolar uzra birga-birga Erkalay, ko'zlaringni yum Erkala, mo'jizaviy bu tun Yonma-yon... Tiniq bu orzular Shabnam kabi beg'ubor Biz ikkimiz osmonlarda uchamiz Biz ikkimiz bulutlarni quchamiz Sevgimiz... Shunday abadiy Bo'lamiz abadiy Kabutar misol birga-birga Oppoq bulutlar birga-birga Havas qilishar bizga-bizga Samolar uzra birga-birga Kabutar misol birga-birga Oppoq bulutlar birga-birga Havas qilishar bizga-bizga Samolar uzra birga-birga