Песня «Ne Kechar»
исполнителя Sevara Narakhan.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Beehtiyor jilmayding,
Gul-gul yondi yuzlaring.
Go'yo oftob ila teng,
Porlab ketdi ko'zlaring.
Ey chehrasi olingdan,
Ne kechdi hayolingdan?
Kulib boqding samoga,
Ne sir aytdi samolar?
Muhabbat yulduz bo'lib,
Aylarni yoyib olar.
Chehrasi olingdan,
Ne kechdi hayolingdan?
Jilvalandi misoli,
Nur ichida nur bo'lib.
Saodat birla tole,
Zavqidan masrur bo'lib.
Ey chehrasi olingdan,
Ne kechdi hayolingdan?
Lola misoli yashnar,
Yonar yanog'ing yal-yal.
Muhabbat yulduz bo'lib,
Aylarni yoyib olar.
Chehrasi olingdan,
Ne kechdi hayolingdan?
Qay parivash sen kabi,
Yaratilmish mukammal.
Ey chehrasi olingdan,
Ne kechdi hayolingdan?
Jilvalandi misoli,
Nur ichida nur bo'lib.
Saodat birla tole,
Zavqidan masrur bo'lib.
Muhabbat yulduz bo'lib,
Aylarni yoyib olar.
Chehrasi olingdan,
Ne kechdi hayolingdan?
Muhabbat yulduz bo'lib,
Aylarni yoyib olar.
Chehrasi olingdan,
Ne kechdi hayolingdan?
Muhabbat...
Chehrasi olingdan,
Ne kechdi hayolingdan?
Beehtiyor jilmayding,
Gul-gul yondi yuzlaring.
Go'yo oftob ila teng,
Porlab ketdi ko'zlaring.
Ey chehrasi olingdan,
Ne kechdi hayolingdan?
Kulib boqding samoga,
Ne sir aytdi samolar?

Другие песни исполнителя:

  • Umr o'qmas bir tekkisda tek Kimlarnidir hasrat yengadir Men toparman irodamni lek, Ko'rgim kelar sizni negadir Hayot ko'xna dono muallim, Sadoqatli do'st bolar o'lim Garchi sizdan ayridir yo'lim, Ko'rgim kelar sizni negadir. Tun kutaman - oydin, yulduzli, Kun kutaman - nurafshon izli. Hey, dilimni ezdi yolg'izlik, Ko'rgim kelar sizni negadir. Goh sevgidan toshgan daryo siz, Goh mehrga tashna sahro siz. Men bilaman, siz ham tanhosiz, Ko'rgim kelar sizni negadir Muhabatda mazmun erur erk, Bir armonga har kim egadir. Siz-siz menga barcha yo'llar berk, Ko'rgim kelar sizni negadir. Tun kutaman - oydin, yulduzlik, Kun kutaman - nurafshon izlik. Hey, dilimni ezdi yolg'izlik, Ko'rgim kelar sizni negadir. Tun kutaman - oydin, yulduzlik, Kun kutaman - nurafshon izlik. Hey, dilimni ezdi yolg'izlik, Ko'rgim kelar sizni negadir. Hey, dilimni ezdi yolg'izlik, Ko'rgim kelar sizni negadir. Ko'rgim kelar sizni... Hey, dilimni ezdi yolg'izlik, Ko'rgim kelar sizni negadir.
  • Quyoshga qarab oqqan suv, Dardimni aytgan edim-ku, Dodimga yetmaysan nega, Quyoshga qarab oqqan suv? Qandayin san do'stimsan, Ohlar to'la ko'ksimda, Oh urib ketmassan nega, Quyoshga qarab oqqan suv? Suvingga qo'shib yoshimni, Qiblaga qaratib boshimni, Yotqizib ketmaysan nega, Quyoshga qarab oqqan suv? Men kimman, men bir yolg'izman, Suv bo'yida bir yalpizman, Oqizib ketmaysan nega, Quyoshga qarab oqqan suv? Quyoshga qarab oqqan suv, Onamdek erib boqqan suv, Dodimga yetmaysan nega, Quyoshga qarab oqqan suv? Quyoshga qarab oqqan suv, Dardimni aytgan edim-ku, Dodimga yetmaysan nega, Quyoshga qarab oqqan suv?