Песня «Makom» исполнителя Sevara Narakhan. Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Masti jome vasli deb, avval meni ozor aylading,
So'ngidin, hijron humorig'a giriftor aylading.
Masti jome vasli deb, avval meni ozor aylading,
So'nridin hijron humorig'a giriftor aylading.
So'nridin hijron humorig'a giriftor aylading.

Sendan umidim bu ermas, erdi keng bedor bilan,
Hotiram oshuftayu ko'nglim talabgor aylading.
Salsabili shavqatini istadin san shoridan.
Bekajoni qaxri o'tig'a sazovor aylading.
Bekajoni qaxri o'tig'a sazovor aylading.
Поделиться: VK TG WA OK
Встроить на сайт

Другие песни исполнителя:

  • Olib qochkim seni baribir, Qo'l uzamiz dardlar bo'ynidan, Biz zerikdik, charchadik axir, Baxtlar kutib taqdir qo'ynidan. Band-bandidan uzilar gullar, Chekinadi moviy rang tunlar, Peshvoz chiqar anvoyi kunlar... Bizni kutar biz kutgan kunlar! Olib qochkim seni baribir, Qo'l uzamiz dardlar bo'ynidan, Biz zerikdik, charchadik axir, Baxtlar kutib taqdir qo'ynidan. Muncha turar nozlanib guling, Dudog'ingda yayraydi bo'sa, Xayolingda sayrar bulbuling, Quchog'ingda o'ladi, o'lsa. Band-bandidan uzilar gullar, Chekinadi moviy rang tunlar, Peshvoz chiqar anvoyi kunlar... Bizni kutar biz kutgan kunlar! Olib qochkim seni baribir, Qo'l uzamiz dardlar bo'ynidan, Biz zerikdik, charchadik axir, Baxtlar kutib taqdir qo'ynidan. Xo'rsinasan, ko'zing artasan, Jilmayasan, xayol surasan, Ishonmaysan, ohlar tortasan, Sen sevasan, lekin aytmaysan. Olib qochkim seni baribir, Qo'l uzamiz dardlar bo'ynidan, Biz zerikdik, charchadik axir, Baxtlar kutib taqdir qo'ynidan
  • Ой юзидан нур ёғди сим, сим... Юр, муҳаббат, кетдик бу ердан! Ширин тушлар кўрсин севгилим, Юр, муҳаббат, кетдик бу ердан! Биз кетсак, ер кенгайиб қолар, Осмон ҳам сал энкайиб қолар, Бир қора кўз жилмайиб қолар, Юр, муҳаббат, кетдик бу ердан! На қилдим, эй, юзлари зебо, Айбим не? – деб сўрама асло, Бу дунё шундайин бевафо, Юр, кетдик!. Сен дилимда яшнаган гулсан, Биз биргамиз, қайда яшасак! Нимагадур сизга ёқмасак... Юр, муҳаббат, кетдик, бу ердан! Биз кетсак, ер кенгайиб қолар, Осмон ҳам сал энкайиб қолар, Бир қора кўз жилмайиб қолар, Юр, муҳаббат, кетдик бу ердан! На қилдим, эй, юзлари зебо, Айбим не? – деб сўрама асло, Бу дунё шундайин бевафо, Юр, муҳаббат, кетдик бу ердан! На қилдим, эй, юзлари зебо, Айбим не? – деб сўрама асло, Бу дунё шундайин бевафо, Юр, кетдик! Юр, кетдик! Юр, кетдик!
  • Meni sev, jonginam! Bo'lgin vafodor Sevolgin qalb bilan, lol bo'lib, maftun Meni deb tunlarni o'tkazgin bedor Dunyoni unutgin meni deb butun Meni sev, borligim Borliging bilan Sen uchun yer-osmon... Birday bo'lsinlar Izimga, so'zimga zorliging bilan Sevish na bilmaslar Mayli, kulsinlar Meni sev, azizim! Sevgingni ko'rib sabotlar timsoli... Tog'lar kul bo'lsin Sadoqat parisi poyingda cho'ri Muhabbat nidosi, u ham qul bo'lsin! Meni sev, borligim Borliging bilan Sen uchun yer-osmon... Birday bo'lsinlar Izimga, so'zimga zorliging bilan Sevish na bilmaslar Mayli, kulsinlar Meni sev, borligim Borliging bilan Sen uchun yer-osmon... Birday bo'lsinlar Izimga, so'zimga zorliging bilan Sevish na bilmaslar Mayli, kulsinlar Meni sev, borligim Borliging bilan Sen uchun yer-osmon... Birday bo'lsinlar Izimga, so'zimga zorliging bilan Sevish na bilmaslar Mayli, kulsinlar
  • Yor-yor, yor-yora, yor-yor, yor-yora Yor-yor, yor-yora, yor-yor, yor-yora O'zim o'rgiloyin shirin so'zidanay Onasan tolar mani boshimga tushdiey Ne adolati mano sani ishqing menga yor-yoray Sani ishqing menga ado voyay O'zim o'rgiloyin shirin so'zidanay Men kamina huri mano Qora sochi o'sib borib qoshiga tushdi Men giriftorimano Seni ayrilmay meni sendin ayrimaey Men kamina qulimano O'zim aylonayin shirin so'zidaney Men kamina qulimano
  • Beehtiyor jilmayding, Gul-gul yondi yuzlaring. Go'yo oftob ila teng, Porlab ketdi ko'zlaring. Ey chehrasi olingdan, Ne kechdi hayolingdan? Kulib boqding samoga, Ne sir aytdi samolar? Muhabbat yulduz bo'lib, Aylarni yoyib olar. Chehrasi olingdan, Ne kechdi hayolingdan? Jilvalandi misoli, Nur ichida nur bo'lib. Saodat birla tole, Zavqidan masrur bo'lib. Ey chehrasi olingdan, Ne kechdi hayolingdan? Lola misoli yashnar, Yonar yanog'ing yal-yal. Muhabbat yulduz bo'lib, Aylarni yoyib olar. Chehrasi olingdan, Ne kechdi hayolingdan? Qay parivash sen kabi, Yaratilmish mukammal. Ey chehrasi olingdan, Ne kechdi hayolingdan? Jilvalandi misoli, Nur ichida nur bo'lib. Saodat birla tole, Zavqidan masrur bo'lib. Muhabbat yulduz bo'lib, Aylarni yoyib olar. Chehrasi olingdan, Ne kechdi hayolingdan? Muhabbat yulduz bo'lib, Aylarni yoyib olar. Chehrasi olingdan, Ne kechdi hayolingdan? Muhabbat... Chehrasi olingdan, Ne kechdi hayolingdan? Beehtiyor jilmayding, Gul-gul yondi yuzlaring. Go'yo oftob ila teng, Porlab ketdi ko'zlaring. Ey chehrasi olingdan, Ne kechdi hayolingdan? Kulib boqding samoga, Ne sir aytdi samolar?

Похожие исполнители