Песня «Netay»
исполнителя Шахзода.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Tomosha bog' yo'lida,
Yigit, kimni poylaysan?
Yo sevganing qo'liga
Gulni berish o'ylaysan?
Sevarmu deb o'ylayman,
Bilmoq bo'lib ko'nglini.
Ba'zan o'zim qiynayman
Topolmay so'z o'ngini.
Ba'zan o'zni qiynaysan-ey
Topolmay so'z o'ngini.
Deydilar, qush sezadi
Uchar qushning tilini,
O'ylaganing sevadi,
Shoshma, ochar dilini.
Hozir xayol suraman,
Ranjimasdan birovdan.
Mayli, poylab turaman-ey,
Sevgim o'tar sinovdan.
Mayli, poylab turaver,
Ishqing o'tar sinovdan.
Tomosha bog' yo'lida,
Yigit, kimni poylaysan?
Yo sevganim qo'liga
Gulni berish o'ylayman.
Gulni berish o'ylaysan-ey.
Gulni berish o'ylayman.

Другие песни исполнителя:

  • Hey, mening chin do'stlarim, Sizga qalbimdan kylayman. Hey, mening yaqinlarim, Sizga borimni atayman. Orzularga yo'l olaylik, Dillarda yashasin yorug'lik. Go'zal istaklarim, yuragimdan sizga, Toza niyatlarim, chin ko'ngildan sizga. Go'zal istaklarim, yuragimdan sizga, Toza niyatlarim, chin ko'ngildan sizga. Hey, mening tengdoshlarim, Sizga omadlar tilayman. Hey, qalbim sirdoshlari, Sizga qanotlar bo'lay man. Bahtlar sari biz yetayli, Ko'klarda parvozlar etaylik. Go'zal istaklarim, yuragimdan sizga, Toza niyatlarim, chin ko'ngildan sizga. Go'zal istaklarim, yuragimdan sizga, Toza niyatlarim, chin ko'ngildan sizga. Go'zal istaklarim, yuragimdan sizga, Toza niyatlarim, chin ko'ngildan sizga. Go'zal istaklarim, yuragimdan sizga, Toza niyatlarim, chin ko'ngildan sizga. Go'zal istaklarim!
  • Muhabbat – bu yalt etgan nigoh Va halovat abas degani. Muhabbat – bu o'zingni sevmoq Va o'zgaga havas degani. Subhidamda kuylagan kaptar, Esda qolmas chiroyli gaplar, Muhabbat – bu titragan lablar, Har degani – araz degani. U quyoshdir, yeta olmassan, U ko'z yoshdir, tuta olmassan, Muhabbat – bu keta olmasdan, Jon talashgan nafas degani. Tarixlarning bizga qudrati, Yorug'likdan o'zgan sur'ati, Muhabbat – bu baxtning surati, Baxtning o'zi emas degani. U quyoshdir, yeta olmassan, U ko'z yoshdir, tuta olmassan, Muhabbat – bu keta olmasdan, Jon talashgan nafas degani. U quyoshdir, yeta olmassan, U ko'z yoshdir, tuta olmassan, Muhabbat – bu keta olmasdan, Jon talashgan nafas degani. U quyoshdir, yeta olmassan, U ko'z yoshdir, tuta olmassan, Muhabbat – bu keta olmasdan, Jon talashgan nafas degani.
  • Ko'zlaring, so'zlaring yoqar menga, Yoqar menga Tunu kun xayolim faqat senda, Yolg'iz senda. Ko'zlaring, so'zlaring kerak menga, Yuragimga. Har doim bo'lsaydim yoningda, Har doim yoningda. (Har doim...) Yoqasan oy bo'lib menga, Termulib tunlar ko'zimga, Yoqasan nur solib yana Qalbimga. Aylading-ku yuragim bemor, Tunu kun xayolingga zor, Sog'intirma berib ozor, Sevgilim!. Ko'zlaring hayotim sehrlar, Asir aylar!. So'zlaring qalbimga olov solar, Olov solar! Betakror bu damlar Sen ila, Baxtga to'lar yuragim, Sevgingsiz qiynalar. Yoqasan oy bo'lib menga, Termulib tunlar ko'zimga, Yoqasan nur solib yana Qalbimga. Aylading-ku yuragim bemor, Tunu kun xayolingga zor, Sog'intirma berib ozor, Sevgilim!. Tovlanib, tovlanib, Sening muhabbating mening ko'zlarimda, Aylanib, aylanib, To'lqin solar yana mening yuragimga Yoqasan oy bo'lib menga, Termulib tunlar ko'zimga, Yoqasan nur solib yana Qalbimga. Aylading-ku yuragim bemor, Tunu kun xayolingga zor, Sog'intirma berib ozor, Sevgilim!.