Песня «Nafas»
исполнителя Konsta.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Men o'zi kimman, qanaqa shaxs
Hamma narsani ko'rdimu lekin
Hali tinmadi nafs
Tushundim baxt, tilladamas
Lekin bu dunyoda juda ko'p narsa
Meni hamon qiladi jalb
Qiladi mast, bo'ladi baland, bo'ladi past
Konsta to'xta, o'yla bir past
Mmm, sen olib ketolmisan hech nima
Mmm, kechirim so'rashga kech qolma
Mmm, o'tkinchi dunyoni quvlab yetolmay
Mmm, nargi dunyoga bilet olma
Har nafasda, har nafasda
Yoki nafsing, yoki o'zing, bo'lasan qafasda
Har nafasda, har nafasda
Bilinadi kim do'sting, kim dushmaning, bo'lganda hasta
Bir baland, bir pastda, bari baravaramasda
Bora-bora maskalar yechilar, bari tugar bir pastda
Har nafasda, har nafasda
Umring o'tib ketmasin, quvlab nafs orqasidan
So'zlarim yoqmasdur, lekin aytdim boricha
O'ylashga majbur qimasam, miyya har kun damda
Huddi kasallikni davolaganingdek, dori ichib
Nafsni jilovlash kere, har doim, har qadamda
Bazi orzularim o'zi qanchalik kerak
Ularga zo'rg'a erishgandan so'ng, tashab ketish qiyin
Qaniydi bu hayotga qilolsam edi 2 ta reys
O'zi bittasini oxirigacha insondek yashab yetish qiyin
Har nafasda, har nafasda
Yoki nafsing, yoki o'zing, bo'lasan qafasda
Har nafasda, har nafasda
Bilinadi kim do'sting, kim dushmaning, bo'lganda hasta
Bir baland, bir pastda, bari baravaramasda
Bora-bora maskalar yechilar, bari tugar bir pastda
Har nafasda, har nafasda
Umring o'tib ketmasin, quvlab nafs orqasidan

Другие песни исполнителя:

  • Qanotlarimni beray, Senga shu bo'lsa qulay (Senga shu bo'lsa qulay, Senga shu bo'lsa qulay) Senga parvozlar tilab, O'zim jarlikka qulay (Senga shu bo'lsa qulay. O'zim jarlikka qulay) Bir umr yetolmay, Shamollar ortidan quvlay Sevginga erisholmay, Bir umr do'sting bo'lay (Senga shu bo'lsa qulay) Seeen ham yasholmaysan, Lek aytolmaysan buni Bilasan, Seeen unutolmaysan, Lek aytolmaysan buni Sen hech qachon, Ichingda tuyg'ular qilsada isyon Hayolingda bir inson, Lek sen aytmisan hechqachon Yo'q, sen aytmisan, O'zing aqldan ozsang ham Sen aytmisan o'zing, Bilmiman nega lekin Baxtliman sen baxtli bo'lsang (Hech qachon) Ichingda tuyg'ular qilsada isyon, Hayolingda bir inson Lek sen aytmisan hechqachon, Yo'q sen aytmisan O'zing aqldan ozsang ham, Sen aytmisan o'zing Bilmiman nega lekin, Baxtliman sen baxtli bo'lsang Qanotlarimni beray, Senga shu bo'lsa qulay (Senga shu bo'lsa qulay, Senga shu bo'lsa qulay) Senga parvozlar tilab, O'zim jarlikka qulay (Senga shu bo'lsa qulay, O'zim jarlikka qulay) Bir umr yetolmay, Shamollar ortidan quvlay Sevginga erisholmay, Bir umr do'sting bo'lay (Senga shu bo'lsa qulay)
  • Meni Qo'yvor Kuz, Hammasi borku Bu prosta dramma sezon Atak menda hammasi zo'r, hey Meni Qo'yvor Kuz, Hammasi borku Bu prosta dramma sezon Atak menda hammasi zo'r, Status Kuz Meni qo'yvor kuz, Status Kuz Bumer kezadi shaharni Qoldiradi orqada budda barni Ketamiz uy tomon, markazga Shafyor oyog'i, yopishar gazga Topiladi viski endi, topilar cola Muzlatgichim zo'rg'a yopilar to'la Men sababli qayg'urmasin ho'p narkolog Endi cho'zishmasin men tomonga, ko'plar qo'lin Yangi raqamlar, yangi trupka Qo'shilish osonmas, yangi krugga Tepa yoki past endi, o'z qo'limda O'zim-o'zimga shef, bos yo'limda Manzara prosta chuma Kvartira shisha tuman Hamma joyidan offline kechga Bugun menga teginmasin hech kim Iliq choyni ichib, yeb pirok Sog'inadi uyni reperok Rejim gruz Status Kuz Meni Qo'yvor Kuz, Hammasi borku Bu prosta dramma sezon Atak menda hammasi zo'r, hey Meni Qo'yvor Kuz, Hammasi borku Bu prosta dramma sezon Atak menda hammasi zo'r, Status Kuz Meni qo'yvor kuz, Status Kuz Meni qo'yvor kuz Meni qo'yvor kuz Status Kuz Xuddi Marko Polo Ona o'g'liz doim, izlar to'polon Kechiring uni vaqtini, qizlar ko'p olar Uni miyyasida doim, hislar qo'poli Go'zalni qop-qora ko'zlari ho'l Idish-tovoq, pol, so'zlar ukol Muzlagan yuz bilan qaynoq koffe Qaleysan, deymiz lekin bizga krayno poffi Mahallamdamasligim bildirib Yama ko'rmay, aylanar g'ildirak Bu vataningmas, boshqa yer deya Hamma joyda ishlar L.T.Y To'qqizinchi etaj o'chirmiydi chirog'ini Son of sun city Uyni sog'inar, bu muzika gruz Status Kuz Meni Qo'yvor Kuz, Hammasi borku Bu prosta dramma sezon Atak menda hammasi zo'r, hey Meni Qo'yvor Kuz, Hammasi borku Bu prosta dramma sezon Atak menda hammasi zo'r, Status Kuz Meni qo'yvor kuz, Status Kuz Meni qo'yvor kuz Meni qo'yvor kuz Status Kuz