Konsta.
 Слушать песни исполнителя и скачать онлайн

Группа вконтакте

Konsta

  • Bu ko'zlarda yo'q olov Ko'zlarda sentetika Boshqacha estetika Tuzlar ham paketika Yuzim, yuzim tabassum Oddiy arifmetika Lekin nega berar Atrofda hammayoq sentetika Bu ko'zlarda yo'q olov Ko'zlarda sentetika Boshqacha estetika Tuzlar ham paketika Yuzim, yuzim tabassum Oddiy arifmetika Lekin nega berar Atrofda hammayoq sentetika Zerikarli hayotingni harakati minimal Bollar yasab olgan obraz "Mama I'm a criminal" Bollar ko'rdi easy money O'tirmaydi imillab Maqsadga yetilsa bo'ldi Farqi yo'q qanday именно Agar kayf bo'lsa qaytmiydiganlar Hamma yangi kayfni ko'rib chiqar O'tirmiydi tanlab Sentitika varianlar to'ldi Topar izlaganlar Boshqa yo'lga ketib qoldi Химия Физика fanlar U bolalarda tuygu yo'q Haftalab uyqu yo'q Tugamidi kun buyon Huddi qarindosh tanishi yo'q Dunyo bilan ishi yo'q Hozirdan ko'p kishi yo'q Hozircha tashvishi yo'q Agar pulni so'rasang O'tirib qolgani yo'q Bola bir marta kirib chiqishga Topolmidi yo'l Bu ko'zlarda yo'q olov Ko'zlarda sentetika Boshqacha estetika Tuzlar ham paketika Yuzim, yuzim tabassum Oddiy arifmetika Lekin nega berar Atrofda hammayoq sentetika Bu ko'zlarda yo'q olov Ko'zlarda sentetika Boshqacha estetika Tuzlar ham paketika Yuzim, yuzim tabassum Oddiy arifmetika Lekin nega berar Atrofda hammayoq sentetika
  • Yodimda o'sha dam, hammasi boshidan Shamolga qarshi bo'lsa ham, tashalgan qadam Kimlar ishongandi, kimlar ishonmagan Qalbim azobda yonganda, kimlar nishonlagan Agarda berilganda imkon, tanlardim yana shuni Qaytatdan his etardim eng birinchi tanishuvni Kerak bo'lsa ming kun, bu orzular uchun Ayamasdan bag'ishlardim gaplar bor sizlar uchun O'zingga ishon, O'zingga ishon Qorong'u tunda ham ko'rinsin, ko'zingga nishon Kim qarshi bo'lsa bo'lsin, bitta o'zingga ishon Yo'lingda qancha to'siq bo'lsada, o'zingga ishon O'zingga ishon, O'zingga ishon Qorong'u tunda ham ko'rinsin, ko'zingga nishon Kim qarshi bo'lsa bo'lsin, bitta o'zingga ishon Yo'lingda qancha to'siq bo'lsada, o'zingga ishon Endi ustimda oxirgi mo'da Endi, endi huddi bosh ro'ldaman bu kinoda Nima gap? Bu hammadan pastdan boshlagan odam Rejalashtiraman ishonch bilan ertangi kunni Qarshi olaman quvonch, bilan yangi kunni Yozaman senariy mister Hollywood Shukur deyman oyoq qo'lim bari but, bari but Ishongandim bo'lishiga qo'shiqlarim boom Yarim tunni uhlamasdan orzular uchun O'zingga ishon, O'zingga ishon Qorong'u tunda ham ko'rinsin, ko'zingga nishon Kim qarshi bo'lsa bo'lsin, bitta o'zingga ishon Yo'lingda qancha to'siq bo'lsada, o'zingga ishon Ishongan odam, erisha oladi hamma narsaga Orzulari yo'q odamlar qimirlar sekin Ortda qolar o'rganib qolganlar, oddiy hayot tarziga Uringanlar, tinmaganlar, erishadi hamma narsaga Qo'lingdan kemiydigan ish o'zi yo'q G'alaba shuncha shirin bo'ladi, qancha qiyin bo'lsa yo'l O'zingga ishon, atrof to'la tanish bo'lsayam O'zingga ishon, faqat o'zingga suyan Qo'lingdan kemiydigan ish o'zi yo'q G'alaba shuncha shirin bo'ladi, qancha qiyin bo'lsa yo'l O'zingga ishon, atrof to'la tanish bo'lsayam O'zingga ishon, faqat o'zingga suyan O'zingga ishon, O'zingga ishon Qorong'u tunda ham ko'rinsin, ko'zingga nishon Kim qarshi bo'lsa bo'lsin, bitta o'zingga ishon Yo'lingda qancha to'siq bo'lsada, o'zingga ishon
  • Salom, yana bir yilni qoldirdik orqada Sen men uchun hursand bo'lib, ko'tarmagin bekor qadah Yana bir yil ketdi, eng, yaxshilarni tanlab Shuncha payt kelmaganlar endi Kelarmikinlar? Men tashqarida borgan sari kamman Hamon bitta tikonni qaytadan bosar ekanman Har bir mavzuga jiddiy qarab, ko'ngil qariganmi? Axir kecha hamma narsaga yengil qaraganman! Qadrlaganlarimiz ko'z oldimizda sinadi Tasqara qalbi ustidan, Sharif tunda yasanadi Nado, nado unga bugunga boshqasi nado Hamma tepaga oshiqar zinada Endi og'riq yo'q, endi hech nima yo'q Sendan hech nima yo'q Mendan kech dema yo'q, yo'llarimiz har xil endi Lekin shu yil, har yilgidek yolg'izligim bilindi Osmonga chaqirgin men boraman qanot topib Oq otdagi shahzoda desang, boraman oq ot topib Sen meni chaqirgin men boray baxtni sotvolib Tomdan osmonga qarab o'tqizamiz vaqtni yotvolib Osmonga chaqirgin men boraman qanot topib Oq otdagi shahzoda desang, boraman oq ot topib Sen meni chaqirgin men boray baxtni sotvolib Tomdan osmonga qarab o'tqizamiz vaqtni yotvolib Borgan sari asraganlarim, bittadan ketadi O'zim o'zgarmadimu nu da endi yurmiman ketada Lek, hamon ichimdan o'sha oddiy bola so'zliydi Ko'zgu oldida prokuror, kechki holat boss, lider Oldingi temalar endi qiziq emas Axir biz porloq kelajakni sal-pal buzig'imiz Albatta bizni ota-onalarda tarbiya shirin Ulg'ayapmiz sekin-sekin, ko'zlarni yashirib Hayotim oni, huddi oq-qora kino Yo'q shunchaki ko'zlar, tugagan monitor oldida I'm a Криминал haligi bor ekanu 16 yoshlilar shiori Ular ko'pni ko'roldida Takoy bardak, sevaman deyildi ko'p Lekin u sevgini oldida, halolroq bo'lar bekon Shu sababdan ular bilan, oramizda rubicon Shu sababdan yolg'iz kenman, atrofimda barbie ko'p Osmonga chaqirgin men boraman qanot topib Oq otdagi shahzoda desang, boraman oq ot topib Sen meni chaqirgin men boray baxtni sotvolib Tomdan osmonga qarab o'tqizamiz vaqtni yotvolib Osmonga chaqirgin men boraman qanot topib Oq otdagi shahzoda desang, boraman oq ot topib Sen meni chaqirgin men boray baxtni sotvolib Tomdan osmonga qarab o'tqizamiz vaqtni yotvolib Osmonga chaqirgin men boraman qanot topib Oq otdagi shahzoda desang, boraman oq ot topib Sen meni chaqirgin men boray baxtni sotvolib Tomdan osmonga qarab o'tqizamiz vaqtni yotvolib Osmonga chaqirgin men boraman qanot topib Oq otdagi shahzoda desang, boraman oq ot topib Sen meni chaqirgin men boray baxtni sotvolib Tomdan osmonga qarab o'tqizamiz vaqtni yotvolib
  • Odamlar nima desa desin, yashaylik Chin dildan kulib, samimiy gaplashaylik Odamlar nima desa desin, tashaylik Qo'rqishni, o'ylashni, yashashni boshlaylik Odamlar nima deydi? O'zingni bosvol, hammaga o'xsha Yig'ishtir! Qanaqa muzika? Qanaqa san'at? Muhimroq hammadan o'qishing Odamlar nima deydi? Katta bo'pqoldingku! Qachonga to'y endi? Qanaqa ish? Karyerangni qo'y endi Shu yoshdayam endi qanaqa o'yin bu, ey? Yig'ishtir tepishni koptok! Qanaqa futbalist? Ishingni top давай! Qanaqa boks? Qanaqa kurash? Shunchasi chempion bo'pqoptimi? Odamlar nima deydi? Bu yil ham bolasi o'qishdan qoptimi? Senga shuncha umrimni yo'qotib Natijasiga men shuni topdimmi? Odamlar nima deydi? Indama, gapirma, ko'tarma boshni Qattan bo'sayam topish kere to'yga Nima deydi qo'ni-qo'shni? Zo'r qil oshni! Odamlar nima deydi? Tengdoshmi? Kelin qimiman sinfdoshni! Odamlar nima deydi? Qilma ko'z yoshlar, qizim joyingda qolgin toshday Indama, gapirma urushsa, ichishsa, o'tib ketadi Hali sevadi, vaqt o'tadi Farzand bo'gandan keyin o'zgaradi Qaytib kema qizim, gap so'zla keremas Nima deysan endi? Hayot shundayda Joninga qasd? Nima qiganing bu? Odamlar nima deydi? Odamlar nima desa desin, yashaylik Chin dildan kulib, samimiy gaplashaylik Odamlar nima desa desin, tashaylik Qo'rqishni, o'ylashni, yashashni boshlaylik Odamlar nima desa desin, yashaylik Chin dildan kulib, samimiy gaplashaylik Odamlar nima desa desin, tashaylik Qo'rqishni, o'ylashni, yashashni boshlaylik Ha! Odamlar nima degan edi? Yaqinla xuddi begonadey Ishing bu o'yin, jiddiy emassan Qo'llab-quvvatlagan kam edi Odamlar nima degan edi? Axir, ular biladigan edi Sen o'zin yo'lingni izlab qiynalasan Battar qiladi yanada, a Lekin menga farqi yo'q Biz tomonda ham chiqar quyosh Ko'rsatmasdan ko'zlarda yosh Yiqilsang tepadiganlar tayyor Har kuni top mativatsiya tur Yomg'ir ostida taksi tut Metro, institut, stipendiya kut Hammasi bo'ladi good! Yurakda bo'lsa orzu Barcha gap-so'zlar ortda qolar Unga yetganda bir zum O'zgaradi mavzu, erishganda O'shanda odamlar nima degan edi? Endi muhimmas u Endi muhimmas u Odamlar nima deydi? Hayotingni ulardan uzoqda qur Odamlar nima deydi? Ko'p o'ylasang, demak bo'ladi haq u! Odamlar nima deydi? Deb o'ylasang yashamaganing ma'qul Odamlar hardoim nimadir deydi! Sen bu gaplarga bo'lma qul! Odamlar nima desa desin, yashaylik Chin dildan kulib, samimiy gaplashaylik Odamlar nima desa desin, tashaylik Qo'rqishni, o'ylashni, yashashni boshlaylik Odamlar nima desa desin, yashaylik Chin dildan kulib, samimiy gaplashaylik Odamlar nima desa desin, tashaylik Qo'rqishni, o'ylashni, yashashni boshlaylik
  • Ba'zan qo'rqaman kimligim unutganda Qo'rqaman uyg'onmaslikdan g'aflatda tun o'tkanda Men ahmoq qo'rqmiman ba'zan vijdon uyg'onmasa Qo'rqaman internetim yo'qolsa, telefon yonmasa Yolg'izlikdan qo'rqaman счёт'im minusda bo'ganda O'limdan, chunki yomon yo'lda men usta bo'gandim! Qo'rqaman счёт bo'sayu, telefonni hech kim ko'tarmasa Men trek chiqarmasamchi, sen eslab o'tarmisan? Narxlar bilan oshadi, tashvishlarim Betda kerakmas Mozart, qadrsiz musiqa, kashvishlarim Qo'rqaman, musiqam bilan oilam eplolmaslikdan Xuddi sen qo'rqqaning kabi, trackni bepul olmaslikdan Qo'rqaman, bu bozorda vijdonni yo'qotishdan Qo'rqaman, ma'naviy tarafdan oqsash yoki qotishdan Ko'ngilsiz ablax bo'lmay zabt etilarmi cho'qqilar? Qanday qilib ham oilamni, ham vijdonni to'q qilay? Ko'rdim ko'p joylarni, dengizu-sohil Har xil odamlarni, Zuhroyu-Tohir Nassib qildi o'qish, ishlash, dam olish Nassib etdimikin, odam bo'lish? Bo'ldim uzoqda, bo'ldim musofir O'zlashtirdim oson har bitta soha Hohlagan kasbga diplom ham olish Hammasidan qiyin ekan, do'stim odam bo'lish! Yolg'izman, lekin necha bor to'ldirdim-ku zallar Yolg'izman, lekin fan clubimni to'ldirdi go'zallar 50, 000 do'st Instagramda lekin yolg'izman, siqilganda Va yaxshiyam yolg'izman, yiqilganda! Qanday omon qolish mumkin, dil bilan tilni bir qilib? Ko'rdim, Farishtalar Iblis bo'ldi, qanotlari qirqilib Qanchalar qiyin, yaqinlarga doim yaqin bo'lish Yo'qolmasdan, oilang bilan Xudo bergan haqqini bo'lish! Qo'rqaman, men ishonchni oqladimmi rasman? Axir, baksyor, diplomat, yurist, bankir emasman Har doim urindim ayamni qilish uchun happy Va baxtli bo'ldim, g'urur bilan deganlarida o'glim rapper Bu safaram aytolmadim eng muhimin Konsta rapper bu - bir odammas, bu ancha keng, bu hamma Bu trekni oldin ham aytgandim, bugun ham aytaman Bu mavzu hech qachon tugamas Ko'rdim ko'p joylarni, dengizu-sohil Har xil odamlarni, Zuhroyu-Tohir Nasib qildi o'qish, ishlash, dam olish Nasib etdimikin, odam bo'lish? Bo'ldim uzoqda, bo'ldim musofir O'zlashtirdim oson, har bitta soha Hohlagan kasbga diplom ham olish Hammasidan qiyin ekan, do'stim odam bo'lish!
  • Miriqib tinglagin san ey do'stim, Bittayu-bitta bor iltimosim. Yoringa boringni bag'ishlama, Chindanam sevishingni bilaman. Borakan sevgi, bo'ladi xiyonat, Ikki yurak uchun keladi qiyomat. Samara bermadi boylik-u, daromad, Etasan ming la'nat! Bor do'stlik ammo yo'q oqibat, Aniqrog'i bor soni lek yo'qdur sifat! Faqatgina gapda va'dalarni atab, Yo'qolgan haqiqat! Bir chetdan tashab nazar, azartda yozvordim asar, Bir zarbda ochildi, haqiqatning bemaza darvozasi. Yoriga borini beradi tergab, onani yoniga bormaydi nega? Aytgin yokida "onam o'rniga shu qiz menga bor mehrini bergan" ?! Yuragingda g'am, qalbingda to'la alam, Nahot hamma ko'rib turib bermasa bitta yordam? Yuragingda g'am, qalbingda to'la alam, Nahot hamma ko'rib turib bermasa bitta yordam? #Naqorat: Eeeyyy meni qadrim, Yetadi qurbim va yutadi derdim, Meni madorimning qatoridagi sabrim...! #Part Konsta: Uzrli agar yoqmasam, Sizlarga atalgan trackim, bitta ham yo'q masalan. Uzrli a kulib boqmasam, Endi men uchun ishonch degan narsa jumboq masala! Ishonaman so'zlaringa lekin bu gaplar qatta? Qachon u gaplar bo'gan, o'zing ayt qay paytda? Endi lichkamga yoz, yozdan beri qimaganing, Yoz endi o'zing oqlab, yoz hech nima demaganing! Nimagaligin bilmadim, bo'ldimi nimadur kam? Seni maqtagan odamlarim endi nima derkan? Seni tanishtirdim do'stimga, u bilanam birga, Bo'ldi har bir gap, ismini otding kirga. Nega do'st degani boshimni egar? Yoki do'stmisan faqat oshimni yegani? Tilim burilmas endi seni sinfdoshim degani, Endi sirlarim tracklarda, endi sirdoshim begona...!
  • Bilasan qayerdaman kotarmasam telefonni Yuzimda kulgu, yelkamdagi yukim tonna Bilsana ahvolim, bir ozim kezsam rayonni Sensiz shahrim eslatar boshab qolgan metroni Dost, dost, dost, dost, dost, dost, dost, dost ... dost Qancha tashvishlardan chiqdik soppa-sog' Eplab bolmaydigan ishlarni, epladik soqqa siz Qani endi osha kunlarimizni bugun topib bolsa Mana bu 100 kontakdan kora, bitta ortoq bolsa Nima ozgardi? Bollar qani? Nega hamma ketvorgan, tarqalib? Dostligimiz ediku juda qalin, bugun daje bilmas telefon raqamim Achchiq ekanku hayotni ta'mi, men bugun uyda, ertaga ketaman Gul shahrimga tashab chiqaman, qoldan kelgancha yashayapti hamma Bilasan qayerdaman kotarmasam telefonni Yuzimda kulgu, yelkamdagi yukim tonna Bilasan ahvolim, bir ozim kezsam rayonni Sensiz shahrim eslatar boshab qolgan metroni Dost, dost, dost, dost, dost, dost, dost, dost ... dost Yoshligimda kochada qolgan dostim Yillar orasida yoqolgan dostim Qayerda bolsamda, qaysi payt senga Agar, kerak bolsam darhol chaqirgin dostim Dost, dost, dost, dost, dost, dost, dost ... dost
  • Yarim kecha uch yana chiroqlar o'chiq, Qancha bo'ldi ko'chaga chiqmadim eshikni ochib Ichimdan bo'lib jim, jin ursin achindim Ha chindan garchi man, achchiqlaridan ichdim (o-o-o) Yorsizman holsiz tan, ojizman hozir ham. Keksa bo'lib qaradim-u, huddi yoshim o'ttizda Yolg'izman olisda, bolsiz tam og'izda, To'yib kettim bo'ldi nuqta, bir qultum uksus vaaa... Bir so'zga zor bo'ldim, mushtim devorga urdim Tirik murda bo'ldim nega, bilmadim qachon o'ldim Ajoyib bir tush ko'rdim, uyg'onib homush bo'ldim Jomadonim ichi to'l a, qoldim boshi berk yo'lda Bo'larim bo'ldi qoyil, bu bari bo'gan doim O'tadi tun bedor, madad berar Xudoyim Qo'rqadi yakka yurak, yurakka baxt kerak. Ertakdagi yakka qalb, guli yo'q-u bitta barg. #Chorus: Meni olib ket osmon, Yulduzlaringga boylab izlarimni. Yonimda qol shamol, Yumma ko'zlarimni, to'sma yo'llarimni. Meni olib ket daryo, Cho'ksam dengiz qariga bo'lganimda ravon. Yordam ber Olloh, Bandangman madadingni tilab iltijo... #Verse2: Haqiqatni ko'p ko'rdim Uyg'onmagunimcha Men ham bir paytlar kiyganman, oq ko'ylag-u nimcha. Jigardan chaqadigani, bu sariq chaqa digani. Jonimga tegganidan so'kdim, bu kollej diganin. Chidolmadi Asab, yozdim asar to'plab. Baqirmasdim bor ovozda, yozdim asar ko'plab. Bilaman yolg'iz emasman,pasdaman bittamasman. Bu so'zlar bir havasmas, bu osmonga xatlar rasman! Bu o'zimga o'xshagan millionlar ovozi Eshitib so'zlarimdan topasan darrov o'zing. Qo'llaringni ko'tar, yaqinroq qilib samoga. Qalb bilan bo'laylik, Ke bo'sa bomasa moda. Ko'chalardan to'plab, soldim kuyga. O'zim qoldim kuygan, kulman el suygan. Va hali bu kuylarim, yashar ekan. Demak hayotman yana, sinovlar tashar egam.
  • Kayfiyatim no'l Kayfiyatim no'l Yo'limda boraman hech kimni ko'rish niyatim yo'q Yo'q, niyatim yo'q Yo'q, niyatim yo'q, shu sabab ko'zda ochki va tanladim eng yaqin yo'l Menga hech kim gapirmasada bugun Insta ham jonga tegdi, dab bo'gur Telegramda miyyadan berar maktab o'quvchisi Meni tanib qosangam chetga qarab o'tovir Ey ey, qizi qizi menga qiziqmas bu ertak Mayda chuyda savollaring kerakmas bu yerda Xaqiqatdanam axvolim qiziqmasku yetar Ko'nglingni ochmagin keragi yo'q maskengni taq Yo'q, ko'rmiman, hech kimni. Yo'q, hislardan kechkanman Lekin bu safar anglamadim nima bo'ldi Yoki u bomba yoki men o'chganman Yo'q, ko'rmiman, hech kimni. Yo'q, hislardan kechkanman Lekin bu safar anglamadim nima bo'ldi Yoki u bomba yoki men o'chganman Unga tengi yo'q Yo'q, unga tengi yo'q Yangiladi hislarimni unga tengi yo'q Unga tengi yo'q Yo'q, unga tengi yo'q Parchaladi muzlarimni unga tengi yo'q Bu qizaloq xuddi lambo Menga srochno kerak plan B Men uchun butun olam bo'b Egalladi hayolim Qizaloq xuddi magnit Tortadi, xuddi metal Oldin zo'rg'a bergan bit Yurak chalar instrumental Bu qizaloq supper hit Uni muhlislari mingta Xatto xatto, wunderkind Qiynalar tarifingda U million Va bitta millionda U million Uni boshqa hili yo'q
  • Mani do'stlarim chaqiradi boss Jigarlarim qib beradi new post Ko'raman TikTokda 100ta videos $100 topsam yog' bo'sadi ko'z Agar 2 so'm topsam 1 so'mi bochkaga Stavki, pulni ko'paytirib, yana internet tochkaga Orzuyim yo'q, lekin o'qiyman kontraktga, zaochkaga Gentrani olaman yetishim bilan pochkaga Kredit boru, Iphonedan muammo yo'q Darvozani yopib qo'y, qarzga botdi hammayoq Yeganim faqatu go'sht, lekin uni ta'mi yo'q Necha marta ketsam ham, shetga qaytardi hamma yo'l (Uuu)xush kelibsan bu Utopia Orzularing kserokopiya (Uuu) Jim yuradi sendan ko'piyam Musaffo osmonni tagida Utopia (Uuu)xush kelibsan bu Utopia Orzularing kserokopiya (Uuu) Jim yuradi sendan ko'piyam Musaffo osmonni tagida Utopia Do'stlar chaqiradi, boy chunki, boymas ular Kambag'al odamlarda kambag'al mavzular Ko'ringanidan ko'proqqa intilmas ular Kichkina odamlarda kichkina maqsadlar (Ey afsus) Meni shahrimda har ikkinchi champ(chemp) Lekin har ikkitasini bittasi singanu, ko'cha deb Sen tezsanu, lekin hayotda boshqacha temp Tez o'chadi, betda bolla также tezda o'chadi (Ey afsus) Biz yoshlikda boshqacha orzular qigandikku Ne-ne niyatlar bilan o'qishga kegandikku Yo'lkiradan ekanom qib ovqat yegandikku Katta bo'p dunyoni o'zgartiraman degandikuu (Uuu)xush kelibsan bu Utopia Orzularing kserokopiya (Uuu) Jim yuradi sendan ko'piyam Musaffo osmonni tagida Utopia (Uuu)xush kelibsan bu Utopia Orzularing kserokopiya (Uuu) Jim yuradi sendan ko'piyam Musaffo osmonni tagida Utopia
  • Biz yo'q joyda, yo'llar tekkis Biz yo'q joyda, to'lar dengiz Biz yo'q joyda, pollar yengi Biz yo'q joyda, dollar tenge Biz yo'q joyda, xonadon keng Biz yo'q joyda, har bir inson teng Biz yo'q joyda, hamma benuqson Qizlar tabiiy, 60-90 Biz yo'q joyda, yo'q rastamojka Biz yo'q joyda oylik, rostan oshgan Biz yo'q joyda, Instagram qotmas Biz yo'q joyda VPN, as qotmas Biz yo'q joylada, o'chmidi svet gaz Biz yo'q joylaga, samalyot yetkaz Biz yo'q joylaga, keladi ketgim Afsus biz oyog'imiz, hamma joyga yetgan Ayt menga do'stim Qayerda u joy? Qayerda biz rostgo'y Ishlatmimiz yolg'on? (Qayerda o'sha joy?) Qayerda biz bir kun bo'lsa ham Atrofimizda hamma narsani qimimiz vayron? Yana, nega hammasi bunaqa yomon Deb qolamiz hayron, tushunib bo'midi Poraxo'rlarni yomon ko'rib beramiz pora Pora bermaganni qog'oz deb qilib ovora Qo'ldan kelganicha hamma narsani o'marib bo'ldik Qimor haromligi esdan chiqib, hunar bo'ldi O'qimasdan turib, o'qishgayam kirib Amallab bitirib, kresloga o'tirib Ketamiz o'pirib, vijdonni o'chirib Qo'l tirsakkacha kir, ko'nglida yo'q kiri Dengizdan tomchisiyu, bu milliondan biri Deb hamma narsa qilamiz necha yillardan beri Bizdan boshqa hamma yomon, kim bizga yordam berar? Bizga yordam kerak emas, bizga insofdan kerak Biz yo'q joyda, yo'llar tekkis Biz yo'q joyda, to'lar dengiz Biz yo'q joyda, pollar yengi Biz yo'q joyda, dollar tenge Biz yo'q joyda, xonadon keng Biz yo'q joyda, har bir inson teng Biz yo'q joyda, hamma benuqson Qizlar tabiiy, 60-90 Biz yo'q joyda, yo'q rastamojka Biz yo'q joyda oylik, rostan oshgan Biz yo'q joyda, Instagram qotmas Biz yo'q joyda VPN, as qotmas Biz yo'q joylada, o'chmidi svet gaz Biz yo'q joylaga, samalyot yetkaz Biz yo'q joylaga, keladi ketgim Afsus biz oyog'imiz, hamma joyga yetgan Ayt menga do'stim Qayerda u joy? Qayerda biz rostgo'y Ishlatmimiz yolg'on? Men sen desam, haliyam kuladi kimdir Ko'p narsaga o'rganib keldim, bolaligimdan Bank kollejida o'rgandim, bank ishini Dushman ko'rib, ortimdan yurgan kishini Ahir yolg'iz musofir, talaba o'lja Uni qo'lidagi telefoni mo'ljal Bu bollarni bekorchiligi Teskari o'zbek mehmondorchiligi Yashash uchun aldab, pul bersang finalda Iymon to'la dilda, ishlamasam aldab Bizdan boshqala yomon, ko'ngilga dalda Bu ko'ngilga dori, kunda uch mahaldan Biz brokonerlarmiz Binolar qurib, qurib ketti yerlarimiz Yangilik yo'q, natija yo'q Lekin mag'rurmiz, huddi she'rlarmiz Biz yo'q joyda, yo'llar tekkis Biz yo'q joyda, to'lar dengiz Biz yo'q joyda, pollar yengi Biz yo'q joyda, dollar tenge Biz yo'q joyda, xonadon keng Biz yo'q joyda, har bir inson teng Biz yo'q joyda, hamma benuqson Qizlar tabiiy, 60-90 Biz yo'q joyda, yo'q rastamojka Biz yo'q joyda oylik, rostan oshgan Biz yo'q joyda, Instagram qotmas Biz yo'q joyda VPN, as qotmas Biz yo'q joylada, o'chmidi svet gaz Biz yo'q joylaga, samalyot yetkaz Biz yo'q joylaga, keladi ketgim Afsus biz oyog'imiz, hamma joyga yetgan
  • Seni orzularing qani? Seni orzularing qani? Nega uying bo'mbo'sh ayt? Seni orzularing qani Shirin hayoting qani? Qanaqa ekan? Lyuksdami? Seni orzularing qani? Bugunmas, yana ertami? Seni orzularing qani? Seni orzularing qani? Nega uying bo'mbo'sh ayt? Seni orzularing qani Shirin hayoting qani? Qanaqa ekan? Lyuksdami? Seni orzularing qani? Bugunmas, yana ertami? Uh-ey, bu nima ahvol, beparvo, yoningda chaqasayam chaqmoq Qulog'ingga air podslarni taqib olib, dunyoni suv bossayam beparvo Real hayotda ro'l o'ynamaydi arvoh, hamma narsada u tomoshabin Bilganlarini unutishi mumkin, yangi narsani o'rganishi qiyin Nega hamma bo'lay deydi tupoy Musiqada kach ber, mazmunni qo'y Orzular yo'q, maksimum to'y Diplomni ber, o'qishda o'yin Musiqa yengilroq bo'lsin Kinolar yengilroq bo'lsin Yengilroq gapirsin bossim Maqsad nima edi ozi Ey, orzu qil, biron narsani Bemaqsad yurma kunlar sanab Dunyoda ko'p, bilimlar sana Sen esa yuribsan, bo'm-bo'sh tana Barcha bemaza gaplarga boshpana Sen umuman gapirma boshqani Farqi yo'q, sen mendan yosh-qari Ayt nima hayotingni boshqarar? Seni orzularing qani? Seni orzularing qani? Nega uying bo'mbo'sh ayt? Seni orzularing qani Shirin hayoting qani? Qanaqa ekan? Lyuksdami? Seni orzularing qani? Bugunmas, yana ertami? Seni orzularing qani? Seni orzularing qani? Nega uying bo'mbo'sh ayt? Seni orzularing qani Shirin hayoting qani? Qanaqa ekan? Lyuksdami? Seni orzularing qani? Bugunmas, yana ertami? А ты в итоге стал тем самым (Seni orzularing qani) Ты прям ничего не прачешь перед мамой (Seni orzularing qani) Тянет на дно, мысли будто камень (Seni orzularing qani) Давай по одной может еще легче станет (Seni orzularing qani) Где ты это потерял, ты же сдался (Seni orzularing qani) Где оставил характер? И надел галстук (Seni orzularing qani) Где ты хотел быть? И где остался? (Seni orzularing qani) Где твои мечты а не фастфуд
  • Tanla, Sen o'zinmisan yo hamma ketidan Ergashasanmi, ketishsa ham ular jarlik chetidan O'zgalarni xatolarin yashisanmi sanab Yoki sen ham ishdan uygacha tashisanmi tana Tanla, Qorni to'q farzandmi yoki to'q vijdon Xoxlasang taslim bo'l, xoxlasang yana ish top Tanla, Yangi kitob yoki yangi serial Pachkalarni yirtasanmi yo yana material Tanla, Xayotni ritmida, biz bilan qimirla Yoki 5 yildan keyin yetvol bizga, imillab Tanla, Bugun trekni yomonlab, aql ishlatma Lekin, bir kun senga o'sha boquvchingam non tishlatmas Ro'lda, yo tomoshada, o'rning tanla Tanla, bittasan yuzdan, yoki mingdanmi Tanla, hurmating ishingdan, yo kiyimingdanmi Tanla, xarakat bugundan yoki bugun dammi O'zing tanla, chapga yoki, o'ngga Ishga yoki telek ko'rinvolib, to'nga Birinchi bo'lib yoki kutib, hammadan so'ngga O'zing xal qilasan, tushing emas bu, o'nging O'zin hal qil, chapga yoki o'ngga Bu imkoning birinchi, yoki so'ngi 20 da свежак'san yoki so'ngan O'zin tanla, chapgami, yoki o'nga O'zin hal qil, chapga yoki o'ngga Bu imkoning birinchi, yoki so'ngi 20 da свежак'san yoki so'ngan O'zin tanla, chapgami, yoki o'nga O'qishni bitirib, ishqiboz baklajanga Klubda puli gullaganda, на танцполе Жанна U bugungi tungi klubda go'zal, princessa Генеральный директори kashelogi, прицел-da Возбуждающий манёвр bilan taktika Как девочка-магнит, тянет за собой дядку она Onajon kontakti yonadi, без звук apparati Chunki qorinni tagida, likillidi укладка Это женский спорт браза, клуб, это база Башкой качает, она возле унитаза Накаченный-прокаченный, губки и язычок Uni tili, как по body-building bo'yicha chempion Alkogol и nikotin chiritadi, на полном серьезе Kundan kunga ko'payadi, тональка'ni слой'i Qachonlardir nur yonib turgan bu, chexradan Endi karies yonib turadi tishlarni orasidan, Вася O'zin hal qil, chapga yoki o'ngga Bu imkoning birinchi, yoki so'ngi 20 da свежак'san yoki so'ngan O'zin tanla, chapgami, yoki o'nga O'zin hal qil, chapga yoki o'ngga Bu imkoning birinchi, yoki so'ngi 20 da свежак'san yoki so'ngan O'zin tanla, chapgami, yoki o'nga
  • Qara, qanchalik go'zal osmon Tepadan ko'ray dema, axir shetdanam chiroyli Shu ahvolda yotish senga mosmi? Men bilaman bu balolarni vohimasi bir oylik! Bilasanmi qanchalar go'zal Baku? Hali yuramiz, ko'chalarni zo'rin bosib! Bu hayotda shundog'am g'alva ko'p Kel o'ylama, yurakda baxtga ham o'rin qosin! Ke, barcha qiyin temalaringni yopgin birpasga Men esa barcha treklarimni quvonchli qilay Balki ularni eshitib ko'ngling topgandir taskin Sen uchun kulgili bo'lsa, mayli yiqilay! Ke, shu xayollaringdan ozod bo'l bir zumga Bu oqqan daryo sengacha, sensiz ham oqqan! Qoldir azoblaringni, tur yo'lga to'ldir sumka Qamalmagin sira to'shak degan ensiz qamoqqa! Urar ekan motor Bir yettiyu yigirma to'rt Hech qachon egilma, tur! Dardingga yengilma, ko'r Hali yaxshi kunlaring ham bo'ladi Ishonching dardingga malham bo'ladi...! Urar ekan motor Bir yettiyu yigirma to'rt Hech qachon egilma, tur! Dardingga yengilma, ko'r Hali yaxshi kunlaring ham bo'ladi Ishonching dardingga malham bo'ladi...! Bu hayotimiz huddi Lotto Aniq bizniki bo'ladi Jackpot! Hali urib turganda motor Orzularing uchun terminatordek bo'l! Bilasanmi, niyatlar yetar osmonga uchib borib Sen uchun dorini kuchlisi "umid" ekan! Ko'rsatib qo'y ularga kuching borin Va bugun betda dramma bo'midi degin! Mayli senga kerakmas hech nima, kerakmas mulk Charchadim deya Boshlamagin g'alayon! Agar yashashga topmasang mazmun Qara onang qanday go'zal ayol! To'g'ri, menga gapirish oson Lekin osonmas, darding oldida ojiz bo'lish! So'raganim, iltimos osmon Kerakmas bizni bejiz bo'lish...! Urar ekan motor Bir yettiyu yigirma to'rt Hech qachon egilma, tur! Dardingga yengilma, ko'r Hali yaxshi kunlaring ham bo'ladi Ishonching dardingga malham bo'ladi...! Urar ekan motor Bir yettiyu yigirma to'rt Hech qachon egilma, tur! Dardingga yengilma, ko'r Hali yaxshi kunlaring ham bo'ladi Ishonching dardingga malham bo'ladi...!
  • Hozir lek yana yo'l, qaytaman uyga yomg'irdan pana yo'q Hech kim kutmagan makonga, sudrar tanim, nam oyoq Qaytishga shay hammayog'im, qilmasam ham ayon Yashirsamam ko'zlarimdan, charchaganim namoyon Kelgandik o'ylab oilani, ta'minlashga ishga joylanib Bedor tunlar sanab oylarni, yuribmiz arqonsiz boylanib Vaqt sekin-u yillar tez o'tar eshitib bir xil kuylarni Kelin bilan to'ldirib uylarni, tengdoshlarim ulgurdi uylanib Baxtli bo'lilar do'stim, baxtli farzandlar o'stir Aytolmadim to'yinda to'stim, chegaralar to'stdi Suratlarda to'ylar, ulg'aygan do'stlar yarashib ko'ylak Vaqt o'tyapti borgan sari tinchlik bermay shu o'ylar Yo'llarmizdan, alishtirdi bu binolar Sen bilan qilgan orzularimiz yo'qotdik bu shaharda Bu shahar inson qo'liga berib qalbidagi nolalar Qayerdasan farishtam yo'l ko'rsat qo'llarimdan usha, har dam Hozir lek yana yo'l O'zga yurtda shox bo'lmadi hech kim Hech kim yaxshi hayotidan chetga ketgani yo'q Jonimni ol sendan kelsa kechgim Qaytaman bag'ringa vatanim, hozir lek yana yo'l Yana yo'l, O'zga yurtda shox bo'lmadi hech kim Hech kim yaxshi hayotidan chetga ketgani yo'q Jonim, Jonimni ol sendan kelsa kechgim Qaytaman bag'ringa vatanim, hozir lek yana yo'l Ko'zim ochsam uydaman, telefonim jiringlar Ko'tarsam o'rtoqlarim, ha keldinglarmi, kiringlar Xayrlashardi hamma, kelganmushlar kuzatgani Ketayotganmushman Moskvaga kamim tuzatgani Nega shunday hammaga, xayr deb hatladim ostonam Bo'lmasdi shuncha dardim, bo'lmasdi shuncha dostonim Bilmadim, ketmasam vatanni shuncha sevarmidim Ketmasam uyda bo'lish baxtini, sezarmidim Tushim ekan bilsam bu, nimadur yetmasdi Ha uyg'ongim kelmasdi, tushda qolsam ketmasdim Bugun uyqim kelmasdi, lek ko'rgim kelar tushda Chunki faqat tushimda, uchardim erkin qushday Shu tushdagi shahrimda, qolib ketgan bir qismim Endi meni ko'plar taniydi lek bilishmas ismim Va yana bir qismim, joylandi shu kuyga Sog' bo'lilar yorug' yuz bilan qaytaylik uyga (Sog' bo'lilar yorug' yuz bilan qaytaylik uyga) O'zga yurtda shox bo'lmadi hech kim Hech kim yaxshi hayotidan chetga ketgani yo'q Jonimni ol sendan kelsa kechgim Qaytaman bag'ringa vatanim, hozir lek yana yo'l Yana yo'l, O'zga yurtda shox bo'lmadi hech kim Hech kim yaxshi hayotidan chetga ketgani yo'q Jonim, Jonimni ol sendan kelsa kechgim Qaytaman bag'ringa vatanim, hozir lek yana yo'l
  • Esingdami bo'maganda hech vaqo Nechi marta so'radim yonimda qol Lekin sen har safar topganding bahona Bugun endi ko'zimdan yo'qol Balki yodingga tushar hammasi mani ko'rganda Ko'z oldingdan bir o'tar o'sha o'sha eski gullar Balki yodinga tushar hammasi mani ko'rganda Lekin endi foydasiz men yolg'izlikga o'rgandim Salom meni qayg'uli o'tmishim Bugun holing bilan yo'q ishim Bugun shartmas senga yoqishim Salom xayr meni o'tmishim Salom xayr salom xayr o'tmishim Endi shartmas senga yoqishim
  • Qanotlarimni beray, Senga shu bo'lsa qulay (Senga shu bo'lsa qulay, Senga shu bo'lsa qulay) Senga parvozlar tilab, O'zim jarlikka qulay (Senga shu bo'lsa qulay. O'zim jarlikka qulay) Bir umr yetolmay, Shamollar ortidan quvlay Sevginga erisholmay, Bir umr do'sting bo'lay (Senga shu bo'lsa qulay) Seeen ham yasholmaysan, Lek aytolmaysan buni Bilasan, Seeen unutolmaysan, Lek aytolmaysan buni Sen hech qachon, Ichingda tuyg'ular qilsada isyon Hayolingda bir inson, Lek sen aytmisan hechqachon Yo'q, sen aytmisan, O'zing aqldan ozsang ham Sen aytmisan o'zing, Bilmiman nega lekin Baxtliman sen baxtli bo'lsang (Hech qachon) Ichingda tuyg'ular qilsada isyon, Hayolingda bir inson Lek sen aytmisan hechqachon, Yo'q sen aytmisan O'zing aqldan ozsang ham, Sen aytmisan o'zing Bilmiman nega lekin, Baxtliman sen baxtli bo'lsang Qanotlarimni beray, Senga shu bo'lsa qulay (Senga shu bo'lsa qulay, Senga shu bo'lsa qulay) Senga parvozlar tilab, O'zim jarlikka qulay (Senga shu bo'lsa qulay, O'zim jarlikka qulay) Bir umr yetolmay, Shamollar ortidan quvlay Sevginga erisholmay, Bir umr do'sting bo'lay (Senga shu bo'lsa qulay)
  • Ona qarang, odamlar ucha olar Qanotlari yo'q, qanotlari yo'q Bulutlarni mahkam ushab olar Ona qarang, odamlar ucha olar Ona qarang, odamlar ucha olar Qaniydi men ham yetsam ularga Ana qarang axir mendaka o'sha bola Bu yerlardan uchib ketsa bo'larkan Ona qarang, odamlar ucha olar Qanotlari yo'q, qanotlari yo'q Bulutlarni mahkam ushab olar Ona qarang, odamlar ucha olar Ona qarang, odamlar ucha olar Ona qarang, o'tib ketdim ulardan Axir ko'pi menga o'xshagan bollar Ular ham menga o'xshab uchsa bo'larkan Bu so'zlar tanish o'zimga o'xshaganlarga Har bitta шанс'ni mahkam ushaganlarga Oylab do'stlar bilan ko'rishmaganlarga Qiziqib emas, majbur ishlaganlarga Kimga bayram edi chindan yangi yil Akasidan keyin kiyganlar kiyim Oldin ishlab oqlab yeganlar keyin Orzuga ishonib chidab keganlarga ham Bizga baxt uchun ko'p narsa kerak emas edi Qorboboni kutardik har yili kelmasada Hayot Titanik bo'lsa, biz ishchilar kemasi edik Bayramlar ko'pku, lekin ular bizniki emas edi Bu ko'chada hech kim Balenciaga kiymas edi Ota-onalarda ham ma'lumot oliy emas edi Shu sabab ular mayli bollarim boqishsin dedi Bizda bo'lmagan hayot ularda bo'lsin dedi Hamma narsamizni tikdik o'qishga Diplom olib, kirdik ishga Lekin negadir hayot o'sha-o'sha Huddi qamoq bu Shawshank Ona qarang, boss'larni diplomi yo'q Dada, ularni uyida ketmoni yo'q Bizni aldab, qoldirishdi bir dona yo'l O'ylashdi bizda uchishning imkoni yo'q Ona qarang, odamlar ucha olar Qanotlari yo'q, qanotlari yo'q Bulutlarni mahkam ushab olar Ona qarang, odamlar ucha olar Ona qarang, odamlar ucha olar Qaniydi men ham yetsam ularga Ana qarang axir mendaka o'sha bola Bu yerlardan uchib ketsa bo'larkan Ona qarang, odamlar ucha olar Qanotlari yo'q, qanotlari yo'q Bulutlarni mahkam ushab olar Ona qarang, odamlar ucha olar Ona qarang, odamlar ucha olar Ona qarang, o'tib ketdim ulardan Axir ko'pi menga o'xshagan bollar Ular ham menga o'xshab uchsa bo'larkan
  • Yana bir bor, yana bir bor Qiyinchiliklarni qilib inkor Yana bir bor, yana bir bor Albatta bo'ladi deya Bingo (Bingo) Ishonib finish tomonga Yana bir qadam, yana ming ko'k Shuncha omadlilar ichida Kaminani imkoni, eng ko'p Meni tanim harakatda, Harajatlar bari katta Bari ketti, marketing bo'b, betda San'at asari marketing, Bo'miman ularga teng Nari keting, Ularni bariga tiyin, ko'p Meni tanim harakatda, Harajatlar bari katta Bari ketti marketing, bo'b San'at asari marketing, Bo'miman ularga teng Nari keting, Ularni bariga tiyin Kimman? Bilasanmi qaytdan? Albatta hayotimni barin yozishmidi saytda Sevgi deb ayttimu, yurak bo'sh Kimdir "kumirim" deydi a kimdir "Who that boy?" Men, eng oddiydan oddiyroqman sal pal Idealdan, yiroqmanu zal paldan Meni ham o'yin qiladi, jalb aldab Xalq dalda, bo'lib, menga Bir kuni olib ketaman betta, Jackpot Aniq olib ketaman, Jackpot Yana bir bor, yana bir bor Qiyinchiliklarni qilib inkor Yana bir bor, yana bir bor Albatta bo'ladi deya Bingo (Bingo) Ishonib finish tomonga Yana bir qadam, yana ming ko'k Shuncha omadlilar ichida Kaminani imkoni, eng ko'p Yana bir bor, yana bir bor Yana bir bor, yana bir bor Qiyinchiliklarni qilib inkor Albatta bo'ladi deya Bingo Yana bir qadam, yana ming ko'k Kaminani imkoni, eng ko'p Yaqin kunlargacha bu hayot edi, tushunarsiz Xuddi mardikorlar orasida edim, hunarsiz Yo'qotishni ko'rdim, juda yoqmadi bu narsa Endi baxtim byaxke deganimda, ko'narsan Charchoq, sog'inch aytardi "qayt yarimida" U meni uyquga to'ymay ishlagan paytlarim edi Albatta ertayu kech, ter to'kish zarilmi deb Qarardim hayotimga jarimadey Bilmas edim, buligini dars Yashar edim, to'lagani qarz Bilmas edim, buligini ishtaxa Busiz issiq kiyim, qadri bilinmidi, qishda ham Faqatgina pastdan teppaga uchsa bo'larkan Faqatgina ming bor uringan yutsa kularkan Orzular ko'p, yeta olmimiz kutsak ularga Faqat eng pastdan tramplin yuksaklarga Yana bir bor, yana bir bor Qiyinchiliklarni qilib inkor Yana bir bor, yana bir bor Albatta bo'ladi deya Bingo (Bingo) Ishonib finish tomonga Yana bir qadam, yana ming ko'k Shuncha omadlilar ichida Kaminani imkoni, eng ko'p Yana bir bor, yana bir bor Qiyinchiliklarni qilib inkor Yana bir bor, yana bir bor Albatta bo'ladi deya Bingo (Bingo) Ishonib finish tomonga Yana bir qadam, yana ming ko'k Shuncha omadlilar ichida Kaminani imkoni, eng ko'p