Песня «Kurgim Kelar»
исполнителя Sevara Narakhan.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Umr o'qmas bir tekkisda tek
Kimlarnidir hasrat yengadir
Men toparman irodamni lek,
Ko'rgim kelar sizni negadir
Hayot ko'xna dono muallim,
Sadoqatli do'st bolar o'lim
Garchi sizdan ayridir yo'lim,
Ko'rgim kelar sizni negadir.
Tun kutaman - oydin, yulduzli,
Kun kutaman - nurafshon izli.
Hey, dilimni ezdi yolg'izlik,
Ko'rgim kelar sizni negadir.
Goh sevgidan toshgan daryo siz,
Goh mehrga tashna sahro siz.
Men bilaman, siz ham tanhosiz,
Ko'rgim kelar sizni negadir
Muhabatda mazmun erur erk,
Bir armonga har kim egadir.
Siz-siz menga barcha yo'llar berk,
Ko'rgim kelar sizni negadir.
Tun kutaman - oydin, yulduzlik,
Kun kutaman - nurafshon izlik.
Hey, dilimni ezdi yolg'izlik,
Ko'rgim kelar sizni negadir.
Tun kutaman - oydin, yulduzlik,
Kun kutaman - nurafshon izlik.
Hey, dilimni ezdi yolg'izlik,
Ko'rgim kelar sizni negadir.
Hey, dilimni ezdi yolg'izlik,
Ko'rgim kelar sizni negadir.
Ko'rgim kelar sizni...
Hey, dilimni ezdi yolg'izlik,
Ko'rgim kelar sizni negadir.

Другие песни исполнителя:

  • Men dunyoni nima qildim, O'zing yorug' jahonim. O'zimga bek, O'zim sulton, Sen taxti Sulaymonim. Yolg'izim Yagonam deymi, Topingan koshonam deymi, O'zing mening ulug'lardan Ulug'imsan... Sen Xo'jandsan Chingizlarga Darbozasin ochmagan, Temur Malik orqasidan Sirdaryoga sakragan. Muqannasan, qorachig'i Olovlarga sachragan, Shiroqlarni ko'rgan cho'pon- Cho'lig'imsan, Vatanim. Shodon kunim gul otgan sen, Nolon kunim yupatgan sen. Yuzing bosib yuzimga, Singlim deymi, Onammi, Ilig'imsan, Vatanim, o'zingsan. Sen – shoxlari osmonlarga Tegib turgan chinorim, o'zing san. Ota desam, Qizim deb, Bosh egib turgan o'zing, Ulug'imsan, Vatanim! Kim Qashqarni qildi makon, Kim Enasoy tomonda, Jaloliddin — Kurdistonda, Boburing —Hindistonda, Bu qanday yuz qarolik deb, Yotarlar zimistonda. Tarqab ketgan to'qson olti Urug'imsan, Vatanim... Qizim desang osmonlarga G'irot bo'lib uchgayman, Chambil yurtda Alpomishga Qayliq bo'lib tushgayman, Padarkushdan pana qilib Ulug'beking quchgayman, G'ichir-g'ichir tishimdagi So'lig'imsan, Vatanim... Shodon kunim gul otgan sen, Nolon kunim yupatgan sen. Yuzing bosib yuzimga, Singlim deymi Onammi, Ilig'imsan, Vatanim, o'zingsan. Sen – shoxlari osmonlarga Tegib turgan chinorim, o'zingsan. Ota desam, Qizim deb, Bosh egib turgan o'zing, Ulug'imsan, Vatanim!
  • Kunlarim sensiz-u, tunlaring mensiz, Yana qancha umr oldinda kutar. Sevgi bisotida bebaho, tengsiz, Bir lahzalik visol bizni ovutar. Yulduz misol yondik, oy kabi to'ldik, Tole tilab zor-zor qoldi bu qo'llar... Biz bitta yurakka aylanib bo'ldik, Ikkiga ajralmay tursaydi yo'llar... Umr - shirin qo'rquv, kechmas behadik, Sog'inch sovg'a bo'ldi taqdirimizga, Bizlar birga bo'lish uchun sevmadik, Shunchaki yoqqandik bir-birimizga. Ammo g'am chekmoqlik bo'ldi-da tengsiz, Bu yurak sog'inchni kaftida tutar. Kunlarim sensizu tunlaring mensiz, Yana shuncha umr oldinda kutar. Yulduz misol yondik, oy kabi to'ldik, Biz bitta yurakka aylanib bo'ldik... Kunlarim sensizu tunlaring mensiz, Yana qancha umr oldinda kutar. Sevgi bisotida bebaho, tengsiz. Bir lahzalik visol bizni ovutar...