Песня «Tosh»
исполнителя Konsta.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Faqat yig`lama yana sevgi haqida,
Balki, o`zgarmaydi, deganlar haq edi.
Men ham hamma kabi sevgimiz deyman,
Ammo tezda erishib, yana tezda muzlayman.

Faqat yig`lama, axir sendamas ayb,
Harorat boradi menda pasayib.
Men yaxshi ko`rishni unutib qo`ydim,
Kecha yoqqan insondan bir kun o`tib to`ydim.

Uchrashuvlar, ketidan ayblar,
Men tosh, qolganlar yuragim ayblar.
Yana bir inson oldi hayot darsini
Va yana umidlar sinib.

Ha, balki toshdirman,
Balki mensiz sening ko`zingda yosh turmas.
Baxtli bo`lar eding balki men bo`lmasam,
Balki sevganing men bo`lmasam.

A, bu hammaning boshidan kechadi,
Har kim bir kun bo`lsada qoladi, kechadi.
Har kim bir insonni deb boridan kechadi,
Undan keyingi tuyg`ular tugaydi bir kechada. (x2)

Sevmagansan, dema arxivga kirmay,
Ko`rgin Sharafni 15 yoshida.
2007 yil, qish, -20,
Kutardim ko`chasining boshida.

Kuymagansan, dema o`tmishni ko`rmay,
To`rt devor uzra bo`lib o`tganin.
Uydan chiqmay, oylab quyoshni ko`rmay,
Har soniya dilimni minglarga bo`lib o`tganin.

Mening aytadiganim ko`p, lek sen eshitolmaysan,
San uchun toshman, har yorilganimda qonaysan.
Menda ham ko`ngil bor, lek unga yetolmaysan,
Nega vijdonga tegmay ketolmaysan?

Charchatdi smslar, charchatdi yolg`izlik,
Charchatdi kuchli bo`la turib, his etish holsizlikni.
Charchatdi o`chirishlar boshqatdan hat chatni,
Bilsang, o`zimni ham tosh bo`lish charchatdi…

Bu hammaning boshidan kechadi,
Har kim bir kun bo`lsada qoladi, kechadi.
Har kim bir insonni deb boridan kechadi,
Undan keyingi tuyg`ular tugaydi bir kechada.

Другие песни исполнителя:

  • Tanla, Sen o'zinmisan yo hamma ketidan Ergashasanmi, ketishsa ham ular jarlik chetidan O'zgalarni xatolarin yashisanmi sanab Yoki sen ham ishdan uygacha tashisanmi tana Tanla, Qorni to'q farzandmi yoki to'q vijdon Xoxlasang taslim bo'l, xoxlasang yana ish top Tanla, Yangi kitob yoki yangi serial Pachkalarni yirtasanmi yo yana material Tanla, Xayotni ritmida, biz bilan qimirla Yoki 5 yildan keyin yetvol bizga, imillab Tanla, Bugun trekni yomonlab, aql ishlatma Lekin, bir kun senga o'sha boquvchingam non tishlatmas Ro'lda, yo tomoshada, o'rning tanla Tanla, bittasan yuzdan, yoki mingdanmi Tanla, hurmating ishingdan, yo kiyimingdanmi Tanla, xarakat bugundan yoki bugun dammi O'zing tanla, chapga yoki, o'ngga Ishga yoki telek ko'rinvolib, to'nga Birinchi bo'lib yoki kutib, hammadan so'ngga O'zing xal qilasan, tushing emas bu, o'nging O'zin hal qil, chapga yoki o'ngga Bu imkoning birinchi, yoki so'ngi 20 da свежак'san yoki so'ngan O'zin tanla, chapgami, yoki o'nga O'zin hal qil, chapga yoki o'ngga Bu imkoning birinchi, yoki so'ngi 20 da свежак'san yoki so'ngan O'zin tanla, chapgami, yoki o'nga O'qishni bitirib, ishqiboz baklajanga Klubda puli gullaganda, на танцполе Жанна U bugungi tungi klubda go'zal, princessa Генеральный директори kashelogi, прицел-da Возбуждающий манёвр bilan taktika Как девочка-магнит, тянет за собой дядку она Onajon kontakti yonadi, без звук apparati Chunki qorinni tagida, likillidi укладка Это женский спорт браза, клуб, это база Башкой качает, она возле унитаза Накаченный-прокаченный, губки и язычок Uni tili, как по body-building bo'yicha chempion Alkogol и nikotin chiritadi, на полном серьезе Kundan kunga ko'payadi, тональка'ni слой'i Qachonlardir nur yonib turgan bu, chexradan Endi karies yonib turadi tishlarni orasidan, Вася O'zin hal qil, chapga yoki o'ngga Bu imkoning birinchi, yoki so'ngi 20 da свежак'san yoki so'ngan O'zin tanla, chapgami, yoki o'nga O'zin hal qil, chapga yoki o'ngga Bu imkoning birinchi, yoki so'ngi 20 da свежак'san yoki so'ngan O'zin tanla, chapgami, yoki o'nga
  • Esingdami bo'maganda hech vaqo Nechi marta so'radim yonimda qol Lekin sen har safar topganding bahona Bugun endi ko'zimdan yo'qol Balki yodingga tushar hammasi mani ko'rganda Ko'z oldingdan bir o'tar o'sha o'sha eski gullar Balki yodinga tushar hammasi mani ko'rganda Lekin endi foydasiz men yolg'izlikga o'rgandim Salom meni qayg'uli o'tmishim Bugun holing bilan yo'q ishim Bugun shartmas senga yoqishim Salom xayr meni o'tmishim Salom xayr salom xayr o'tmishim Endi shartmas senga yoqishim