Песня «Musofir»
исполнителя Konsta.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Hozir lek yana yo'l, qaytaman uyga yomg'irdan pana yo'q
Hech kim kutmagan makonga, sudrar tanim, nam oyoq
Qaytishga shay hammayog'im, qilmasam ham ayon
Yashirsamam ko'zlarimdan, charchaganim namoyon
Kelgandik o'ylab oilani, ta'minlashga ishga joylanib
Bedor tunlar sanab oylarni, yuribmiz arqonsiz boylanib
Vaqt sekin-u yillar tez o'tar eshitib bir xil kuylarni
Kelin bilan to'ldirib uylarni, tengdoshlarim ulgurdi uylanib
Baxtli bo'lilar do'stim, baxtli farzandlar o'stir
Aytolmadim to'yinda to'stim, chegaralar to'stdi
Suratlarda to'ylar, ulg'aygan do'stlar yarashib ko'ylak
Vaqt o'tyapti borgan sari tinchlik bermay shu o'ylar
Yo'llarmizdan, alishtirdi bu binolar
Sen bilan qilgan orzularimiz yo'qotdik bu shaharda
Bu shahar inson qo'liga berib qalbidagi nolalar
Qayerdasan farishtam yo'l ko'rsat qo'llarimdan usha, har dam
Hozir lek yana yo'l
O'zga yurtda shox bo'lmadi hech kim
Hech kim yaxshi hayotidan chetga ketgani yo'q
Jonimni ol sendan kelsa kechgim
Qaytaman bag'ringa vatanim, hozir lek yana yo'l
Yana yo'l, O'zga yurtda shox bo'lmadi hech kim
Hech kim yaxshi hayotidan chetga ketgani yo'q
Jonim, Jonimni ol sendan kelsa kechgim
Qaytaman bag'ringa vatanim, hozir lek yana yo'l
Ko'zim ochsam uydaman, telefonim jiringlar
Ko'tarsam o'rtoqlarim, ha keldinglarmi, kiringlar
Xayrlashardi hamma, kelganmushlar kuzatgani
Ketayotganmushman Moskvaga kamim tuzatgani
Nega shunday hammaga, xayr deb hatladim ostonam
Bo'lmasdi shuncha dardim, bo'lmasdi shuncha dostonim
Bilmadim, ketmasam vatanni shuncha sevarmidim
Ketmasam uyda bo'lish baxtini, sezarmidim
Tushim ekan bilsam bu, nimadur yetmasdi
Ha uyg'ongim kelmasdi, tushda qolsam ketmasdim
Bugun uyqim kelmasdi, lek ko'rgim kelar tushda
Chunki faqat tushimda, uchardim erkin qushday
Shu tushdagi shahrimda, qolib ketgan bir qismim
Endi meni ko'plar taniydi lek bilishmas ismim
Va yana bir qismim, joylandi shu kuyga
Sog' bo'lilar yorug' yuz bilan qaytaylik uyga
(Sog' bo'lilar yorug' yuz bilan qaytaylik uyga)
O'zga yurtda shox bo'lmadi hech kim
Hech kim yaxshi hayotidan chetga ketgani yo'q
Jonimni ol sendan kelsa kechgim
Qaytaman bag'ringa vatanim, hozir lek yana yo'l
Yana yo'l, O'zga yurtda shox bo'lmadi hech kim
Hech kim yaxshi hayotidan chetga ketgani yo'q
Jonim, Jonimni ol sendan kelsa kechgim
Qaytaman bag'ringa vatanim, hozir lek yana yo'l

Другие песни исполнителя:

  • Yo'llari ochu bolla, pullani sochib bolla To'la cho'nteda dollar tengi, so'mdan bormi Ertalabdan duoda, kechki payt duoda Yaxshi niyatimni yarimi, sog' salomat bo'lsin, oilam Boy mahalladan emas bular, ular tiyinsiz o'sgan Padarkamas bula hafsala qimagan, hamma narsa ko'rgan 24 soat stroykadan keyin, 3 soatdan uxlagan Hozir ko'rsatib yuripti o'zini bu, yosh bola duxlarga Palakat o'zi nima agar, yomonligin o'zi bo'masa O'tgan yo'ling bo'lsin top-toza, o'shanga qigin muhofaza Yomon gaplar ko'payuradi, o'zicha hamma biladi O'ylab topib har baloni, bu odamla nima qiladi voy bu Kaptar ko'p, hamma yoqda mish-mish, sal nari yur Nega гай-гул bula, nega байтул Lek, cho'ntagi o'zi bankrot и слиш voy bu Kaptar ko'p, hamma yoqda mish-mish, sal nari yur Nega гай-гул bula, nega байтул Lek, cho'ntagi o'zi bankrot Bir tiyin, bir tiyin Bilding narxini ketding Moshina hohlab, qarzga kirding Lekin oynadan shunaqa qarab berding Bir tiyin, o'zi bir tiyin Hamma pondlaring, hamma prikollaring Yo'lingda sirpanding, endi Qarzlarga bot-banding Yo'llari ochu bolla, pullani sochib bolla To'la cho'nteda dollar tengi, so'mdan bormi Ertalabdan duoda, kechki payt duoda Yaxshi niyatimni yarimi, sog' salomat bo'lsin, oilam Biz bollaga begona comfort Ula kiymidi to'n-fort Hurmat qozonmidi, bo'lsa u mort Bu bolla Точно bermidi Aтчот Bil chort pondaling, oxirgi sort Jim, jim, bollada bembion bor Sandaqa vorlardan, to'la ombor Biz bilan gaplashganda, buni otvor Gapini boshidan, assalom aleykum, bo'masa farqi yo'q Kimlarni bolasi bo'lasan, bu pulinga chupa-chups Sotvolasan, bizga tiyin axir, ota-onen to'lasa boy Gentrani oynasi ortidan o'zini shox deb, o'ylaganlar bor Buni 1 tiyinga ilmay, ishlidigan yoshligda o'ynab, to'ymaganlar bor Oddiy oiladan chiqib, bugungi boyligingni har bir qadamida O'ynaganlar bor Birovni ko'zida zo'r bo'lib ko'rinishini Birinchi o'ringa qo'ymaganlar, bor Shunday ekan, o'zingda bo'l Oddiyroq bo'l, ko'cha копия to'la Gapingda turolmasang, uyat bo'lar Uyat bo'lar, o Yo'llari ochu bolla To'la cho'nteda dollar Ertalabdan duoda Yaxshi niyatimni yarimi, sog' salomat bo'lsin, oilam
  • Ona qarang, odamlar ucha olar Qanotlari yo'q, qanotlari yo'q Bulutlarni mahkam ushab olar Ona qarang, odamlar ucha olar Ona qarang, odamlar ucha olar Qaniydi men ham yetsam ularga Ana qarang axir mendaka o'sha bola Bu yerlardan uchib ketsa bo'larkan Ona qarang, odamlar ucha olar Qanotlari yo'q, qanotlari yo'q Bulutlarni mahkam ushab olar Ona qarang, odamlar ucha olar Ona qarang, odamlar ucha olar Ona qarang, o'tib ketdim ulardan Axir ko'pi menga o'xshagan bollar Ular ham menga o'xshab uchsa bo'larkan Bu so'zlar tanish o'zimga o'xshaganlarga Har bitta шанс'ni mahkam ushaganlarga Oylab do'stlar bilan ko'rishmaganlarga Qiziqib emas, majbur ishlaganlarga Kimga bayram edi chindan yangi yil Akasidan keyin kiyganlar kiyim Oldin ishlab oqlab yeganlar keyin Orzuga ishonib chidab keganlarga ham Bizga baxt uchun ko'p narsa kerak emas edi Qorboboni kutardik har yili kelmasada Hayot Titanik bo'lsa, biz ishchilar kemasi edik Bayramlar ko'pku, lekin ular bizniki emas edi Bu ko'chada hech kim Balenciaga kiymas edi Ota-onalarda ham ma'lumot oliy emas edi Shu sabab ular mayli bollarim boqishsin dedi Bizda bo'lmagan hayot ularda bo'lsin dedi Hamma narsamizni tikdik o'qishga Diplom olib, kirdik ishga Lekin negadir hayot o'sha-o'sha Huddi qamoq bu Shawshank Ona qarang, boss'larni diplomi yo'q Dada, ularni uyida ketmoni yo'q Bizni aldab, qoldirishdi bir dona yo'l O'ylashdi bizda uchishning imkoni yo'q Ona qarang, odamlar ucha olar Qanotlari yo'q, qanotlari yo'q Bulutlarni mahkam ushab olar Ona qarang, odamlar ucha olar Ona qarang, odamlar ucha olar Qaniydi men ham yetsam ularga Ana qarang axir mendaka o'sha bola Bu yerlardan uchib ketsa bo'larkan Ona qarang, odamlar ucha olar Qanotlari yo'q, qanotlari yo'q Bulutlarni mahkam ushab olar Ona qarang, odamlar ucha olar Ona qarang, odamlar ucha olar Ona qarang, o'tib ketdim ulardan Axir ko'pi menga o'xshagan bollar Ular ham menga o'xshab uchsa bo'larkan