Песня «Tuy gulhani»
исполнителя Ozoda Nursaidova.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Текст песни не найден. Добавить?
Мы платим за добавление текста. Вам нужно авторизоваться, чтобы мы смогли вам заплатить
Отмена

Другие песни исполнителя:

  • Qora cho`g`larimdan qoraydi hijron, Yosh bilan yuvildi qayrilma mujgon. Yurak talpinadi yolg`iz sen tomon, Sensiz kelar bo`lsa, bahorim yolg`on. Muhabbat bog`ladi yuragimizni, Nurga cho`miltirdi tilagimizni. Sevib sehrlangan ertagimizni Sog`inib kelmasa, nahorim yolg`on. Asrasin-asrasin, Allohim asrasin, Joningni yomondan Tangrim asrasin. Asrasin joningni sevgim tumori, Oshufta ko`nglimning sultoni, bori. Uzilmasin ishqning sozlangan tori, Agar saqlolmasa, qarorim yolg`on. Yolg`on, yolg`on… Asrasin-asrasin, Allohim asrasin, Joningni yomondan Tangrim asrasin. Kelarsan nur bo`lib gulistonimga, Barham berib dardli ohu-zorimga. Kutaman toqatlar tilab jonimga, Shunda bo`lar bari armonim yolg`on, Yolg`on. Asrasin-asrasin, Allohim asrasin, Joningni yomondan Tangrim asrasin. Sen mening yurakda oqqan qonimsan, Jonim sezolmayman – tanda jonimsan. Sog`inch o`ldirmasdan kel, madorimsan, Kelmasang, quyoshli osmonim yolg`on. Asrasin-asrasin, Allohim asrasin, Joningni yomondan Tangrim asrasin. (x4)
  • Men nima topibman dunyoga kelib, Sizdan-da sevimli, sizdan-da aziz? (x2) Ko`z-ko`z qilmoqlikka, maqtashga arzir, Savlatim ham sizsiz, davlatim ham siz! Oftobim onam-a, oyim onam-a, Nomusim onam-a, orim onam-a. Bedor o`tkazgan har tuningiz haqqi, Meni deb kuyingan kuningiz haqqi, (x2) Oylaringiz haqqi, yilingiz haqqi, Sizga fido bo`lsin, jonim onam-a. Oftobim onam-a, oyim onam-a, Nomusim onam-a, orim onam-a. Oftobim onam-a, oyim onam-a, Dardlarim oqizarim soyim onam-a. Sizdan boshqa har kim aldagani rost, Alam quzg`un bo`lib talagani rost, Yer bosib yuribman, osmonni ko`rib, Sizning duoyingiz asragani rost. (Kuni kecha bilib-bilmay ranjitib qo`ydim, Bugun ich-ichimdan afsuslansam kam. Negadir, negadir uzrlarga tilim bormadi, Ertaga, ertaga ruhim tilga kirganda, Ertaga ruhim tilga kirganda qanday javob beraman? Onamsan, onamsan, qalbimni mehringga to`ldir, Garib farzandingga shuldir inoyat. O, munosib kuyching bo`lish mushkuldir, Seni kuylamaslik esa jinoyat!) Oftobim onam-a, oyim onam-a, Nomusim onam-a, orim onam-a. Oftobim onam-a, oyim onam-a, Dardlarim oqizarim soyim onam-a.