Песня «Ketarsan»
исполнителя Shoxrux Ummon.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Begona, san manga-manga bo`lding begona,
Yolg`iz baxtim eding san yagona,
Yuragimdagi eding bir dona, dona-dona, dona.
Bilmadim nimaga, ishonib ketding aytgin kimlarga?
Uchdingmi o`tkinchi tuyg`ularga?
Axir berilgandik orzularga, armon bo`ldi bir umrga.

Bo`lishi mumkin emas, deb o`ylardim,
Voz kechib ketasan shunchalar oson, sotasan arzon.
Qiymati yo`q ekan san uchun xuddi yonib ketgan gul kabi,
Tuyg`ularni etding yakson.

Bilmadim nimaga, kim tushdi oraga?
Sani bunchalar yomon tomon o`zgarib ketishingga
Sababchi ayt, kim o`sha inson?
Sani shunchalar o`z domiga tortibdi, ishon.

Yuragimda sevgini to`ldirib-to`ldirib,
O`zingga ishontirib, ko`ndirib,
Dilimda izing qoldirib-qoldirib,
Shunchalar ketarsan oson. (x2)

O`ylama, san mani, mani-mani o`ylama,
Qanday yashashni o`zim bilaman,
Tobora, bora-bora ko`naman va bunga ishonaman.
Bilasan bir kun qaytib yonimga kelasan,
Buni o`zing ham sezasan,
Go`yoki bildirmay turasan, lek taslim bo`lasan.

Yodingdami o`sha kun, sani uchratganimda yog`ardi yomg`ir,
Balki bugun bunchalar bo`lmasdi og`ir yog`maganida yomg`ir.
Ha mayli, yomg`ir bir sabab, axir bu hammasi taqdir.

Bugun ham yog` yomg`ir, faqat yuvgin dardlarim,
Voz kechay bir umrga unga bo`lgan hislarim.
Qani endi ko`z oldimdan ketsaydi bu ko`zlaring,
Yuragimdan o`chirib ket qo`yib ketgan izlaring.

Yuragimda sevgini to`ldirib-to`ldirib,
O`zingga ishontirib, ko`ndirib,
Dilimda izing qoldirib-qoldirib,
Shunchalar ketarsan oson. (x2

Другие песни исполнителя:

  • Ko'rdim qanchadan qancha gunoh Qayerlarda bo'ldi e'tirof Kimga yomon kimga yaxshiroq Aybimizni kechirsin Alloh O'tdi oylar o'tdi qancha kun Go'yo yashaydiganday hanuz Qilib qolmasimizdan afsus Ortimizdan qolsin yaxshi so'z Kimga yomon kimga yaxshimiz Ajratamiz kimga vaqtimiz Rasululloh qaydasiz Sog'ingan sizni ummatingiz Ya Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Ya Nabiyullah (sollallohu alayhi vasallam) Ya Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Ya Nabiyullah (sollallohu alayhi vasallam) Halol Yashash go'yoki qiyin Shayton qilar fitnayu o'yin Senga bir maslahat aytayin Robbimga duo qil tinmayin
  • Nahotki, ikkimizdan ham bir kerakli so`z topilmasa, Nahotki, bu keraksiz mavzu ochilsa-yu yopilmasa. Nahotki, baxtim deganim, endi armonim bo`lib qolasan, Nahotki, yarim bo`lagim, ko`nglim yarmim bo`lib olasan. Uch kundan beri uyqu yo`q, almashtiradi oy quyoshni, Lekin manga farqi yo`q. Halovat yo`qolgan, topilmaydi o`zimni qo`ygani joy, Holim hech kim bilmaydi, lek yurak so`rar najot. O`sha kundan beri qiziqtirmas ob-havo, Qiziqtirmas olam, “tv”dagi navo. Qilolmay tasavvur, xayolda bitta savol: Shuncha yillar asragan baxtim topdimi zavol? O mani baxtim, qarshingdaman so`nggi bor, Nahot qolmadi vaqtim? So`zlarim tingla so`nggi bor. O mani baxtim, endi bir o`zing yet orzularimizga, Qolmadi vaqtim, ko`z yoshlaringni ko`rsatmagin hech kimga. Ou, ketaver go`zalim, ortingga hech qayrilma, Mayli, baxtli bo`l, meni esa hech o`ylama. Ou, sen ketaver go`zalim, ortingga hech qayrilma, Sevganing bilan baxtli bo`l, hech qachon undan ayrilma. Endi mani ko`zlarim bilan olamga qara, Shunda qanchalik sevganim qilolasan faraz. Oddiy ko`chalardan topib go`zal manzara, Hayotga sevgan ko`zlar bilan qara. Endi mani quvonchim bilan boshlagin kuning, Baxt sababchi bo`lsin ko`zing yoshlagan kuning. Endi mani qo`ng`iroqlarim buzmaydi tuning, Endi yuzingdagi tabassum bo`lmaydi sun’iy. Endi hayotimning nuri bilan yorit yo`ling, Qiyin bo`lganda orzularimiz tutsin qo`ling. Endi mani fe’lim bilan tashvishga beparvo Bo`lib, shirin xayollaringda qilaver parvoz. Endi bo`lsin o`sha shirin tushlaring bari rost, Bo`l baxtga yaqinroq, mayli, mandan nariroq. Parvoz et eshitmay, yonimda qol desam, Man esa pastga, qanotlarim qoldi sanda. O mani baxtim, qarshingdaman so`nggi bor, Nahot qolmadi vaqtim? So`zlarim tingla so`nggi bor. O mani baxtim, endi bir o`zing yet orzularimizga, Qolmadi vaqtim, ko`z yoshlaringni ko`rsatmagin hech kimga. Ou, ketaver go`zalim, ortingga hech qayrilma, Mayli, baxtli bo`l, meni esa hech o`ylama. Ou, sen ketaver go`zalim, ortingga hech qayrilma, Sevganing bilan baxtli bo`l, hech qachon undan ayrilma.
  • Agar hammasi bo'lganida chin Qayta ovoz chiqarmay bo'lar edim jim Yonadi ichim ko'nglim xalovati yo'qligini sababchisi kim Men ketgan edim bu rost lekin xolu jonimga qo'ymadi ichimdan ovoz O'zing o'ylagin biroz atrofda nima ahvol Ko'pchilikning dardi qog'oz Majburlamiyman albatta lekin qachon keladi navbatim Qachon kelar o'sha vaqt yetarli bo'lar naqd Qachon qilamiz tavba Mayli ketgan bo'lsamda bu sevgi kuyimas Hashamatli moshinalar hashamatli to'yasmas Qachon qurib bo'lamiz oxirgi uyimiz Qachon sevgidan emas oxiratni o'ylaymiz Faqat sevgini kuy qildik lek bu sevgi kuyimas Haqiqatni yashiramiz lek ko'zlarni o'yamiz Tinmay olishni bildik qachon qo'yishni bilamiz Aytinglarchi odamlar qachon biz ham to'yamiz