Shoxrux Ummon.
 Слушать песни исполнителя и скачать онлайн

Shoxrux Ummon

  • Begona, san manga-manga bo`lding begona, Yolg`iz baxtim eding san yagona, Yuragimdagi eding bir dona, dona-dona, dona. Bilmadim nimaga, ishonib ketding aytgin kimlarga? Uchdingmi o`tkinchi tuyg`ularga? Axir berilgandik orzularga, armon bo`ldi bir umrga. Bo`lishi mumkin emas, deb o`ylardim, Voz kechib ketasan shunchalar oson, sotasan arzon. Qiymati yo`q ekan san uchun xuddi yonib ketgan gul kabi, Tuyg`ularni etding yakson. Bilmadim nimaga, kim tushdi oraga? Sani bunchalar yomon tomon o`zgarib ketishingga Sababchi ayt, kim o`sha inson? Sani shunchalar o`z domiga tortibdi, ishon. Yuragimda sevgini to`ldirib-to`ldirib, O`zingga ishontirib, ko`ndirib, Dilimda izing qoldirib-qoldirib, Shunchalar ketarsan oson. (x2) O`ylama, san mani, mani-mani o`ylama, Qanday yashashni o`zim bilaman, Tobora, bora-bora ko`naman va bunga ishonaman. Bilasan bir kun qaytib yonimga kelasan, Buni o`zing ham sezasan, Go`yoki bildirmay turasan, lek taslim bo`lasan. Yodingdami o`sha kun, sani uchratganimda yog`ardi yomg`ir, Balki bugun bunchalar bo`lmasdi og`ir yog`maganida yomg`ir. Ha mayli, yomg`ir bir sabab, axir bu hammasi taqdir. Bugun ham yog` yomg`ir, faqat yuvgin dardlarim, Voz kechay bir umrga unga bo`lgan hislarim. Qani endi ko`z oldimdan ketsaydi bu ko`zlaring, Yuragimdan o`chirib ket qo`yib ketgan izlaring. Yuragimda sevgini to`ldirib-to`ldirib, O`zingga ishontirib, ko`ndirib, Dilimda izing qoldirib-qoldirib, Shunchalar ketarsan oson. (x2
  • Ey do’st qara san bilan Ne kunni ko’rmadik Ba’zida yutqazdigu Ko’pincha yengilmadik Ravon bo’lmagan bu Sinovli hayot yo’lida Lekin hech kim oldida Boshimizni egmadik Hamrohlar ko’p edi Omadimiz kelganda Parvozlarimiz osmonlarga Qadar yetganda Hamma yuzini ko’rsatdi Mana oxirida Do’st qara o’tib ketibdi Necha yillar Bosib o’tdik birga Qanchadan qancha yo’llar Ba’zida xursandchilik Ba’zida mahzun tunlar O’rtamizga tushmoqchi Bo’ldi shaytonga qullar Og’ir kuningda bilar ekansan Kim kimligin Holinga qarab turib Oshkor etar kimligin O’zingni qo’lga ol Taslim bo’lma bu dunyoga Ezgu niyatlar aylanar Albatta ro’yoga Do’st bu sinovlarga Aslo yengilma do’st Aslo yengilma do’st
  • Ko'rdim qanchadan qancha gunoh Qayerlarda bo'ldi e'tirof Kimga yomon kimga yaxshiroq Aybimizni kechirsin Alloh O'tdi oylar o'tdi qancha kun Go'yo yashaydiganday hanuz Qilib qolmasimizdan afsus Ortimizdan qolsin yaxshi so'z Kimga yomon kimga yaxshimiz Ajratamiz kimga vaqtimiz Rasululloh qaydasiz Sog'ingan sizni ummatingiz Ya Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Ya Nabiyullah (sollallohu alayhi vasallam) Ya Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Ya Nabiyullah (sollallohu alayhi vasallam) Halol Yashash go'yoki qiyin Shayton qilar fitnayu o'yin Senga bir maslahat aytayin Robbimga duo qil tinmayin
  • Salomaleykum soxtalar Ex ex soxtalar Salomaleykum soxtalar Ex ex soxtalar Endi hammasi So’ndi deb o’ylaman Nahot shularga Ko’ndi deb o’ylama Bu bola tamom Bo’ldi deb o’ylama Yuragi ado Bo’ldi deb o’ylama Endi hammasi So’ndi deb o’ylaman Nahot shularga Ko’ndi deb o’ylama Bu bola tamom Bo’ldi deb o’ylama Yuragi ado Bo’ldi deb o’ylama Negadir shu kunlarda Holatim ado meni Parishonxotir yurishim Balki xato meni Bu yo’llarda oxir Qiladi gado meni Negadir shu kunlarda Holatim ado meni Qadamlarim bosib o’ylamasdan Hech kimga dardlarim so’ylamasdan Onamning so’zlarin tinglamasdan Ketmoqdaman qayga anglamasdan Jon jon jonimey Og’ridi mani jonim Jon jon jonimey Qolmadi mani madorimey Jon jon jonimey Og’ridi mani jonim Jon jon jonimey Qolmadi mani madorimey Salomaleykum soxtalar Ex ex soxtalar Salomaleykum soxtalar Ex ex soxtalar
  • Nahotki, ikkimizdan ham bir kerakli so`z topilmasa, Nahotki, bu keraksiz mavzu ochilsa-yu yopilmasa. Nahotki, baxtim deganim, endi armonim bo`lib qolasan, Nahotki, yarim bo`lagim, ko`nglim yarmim bo`lib olasan. Uch kundan beri uyqu yo`q, almashtiradi oy quyoshni, Lekin manga farqi yo`q. Halovat yo`qolgan, topilmaydi o`zimni qo`ygani joy, Holim hech kim bilmaydi, lek yurak so`rar najot. O`sha kundan beri qiziqtirmas ob-havo, Qiziqtirmas olam, “tv”dagi navo. Qilolmay tasavvur, xayolda bitta savol: Shuncha yillar asragan baxtim topdimi zavol? O mani baxtim, qarshingdaman so`nggi bor, Nahot qolmadi vaqtim? So`zlarim tingla so`nggi bor. O mani baxtim, endi bir o`zing yet orzularimizga, Qolmadi vaqtim, ko`z yoshlaringni ko`rsatmagin hech kimga. Ou, ketaver go`zalim, ortingga hech qayrilma, Mayli, baxtli bo`l, meni esa hech o`ylama. Ou, sen ketaver go`zalim, ortingga hech qayrilma, Sevganing bilan baxtli bo`l, hech qachon undan ayrilma. Endi mani ko`zlarim bilan olamga qara, Shunda qanchalik sevganim qilolasan faraz. Oddiy ko`chalardan topib go`zal manzara, Hayotga sevgan ko`zlar bilan qara. Endi mani quvonchim bilan boshlagin kuning, Baxt sababchi bo`lsin ko`zing yoshlagan kuning. Endi mani qo`ng`iroqlarim buzmaydi tuning, Endi yuzingdagi tabassum bo`lmaydi sun’iy. Endi hayotimning nuri bilan yorit yo`ling, Qiyin bo`lganda orzularimiz tutsin qo`ling. Endi mani fe’lim bilan tashvishga beparvo Bo`lib, shirin xayollaringda qilaver parvoz. Endi bo`lsin o`sha shirin tushlaring bari rost, Bo`l baxtga yaqinroq, mayli, mandan nariroq. Parvoz et eshitmay, yonimda qol desam, Man esa pastga, qanotlarim qoldi sanda. O mani baxtim, qarshingdaman so`nggi bor, Nahot qolmadi vaqtim? So`zlarim tingla so`nggi bor. O mani baxtim, endi bir o`zing yet orzularimizga, Qolmadi vaqtim, ko`z yoshlaringni ko`rsatmagin hech kimga. Ou, ketaver go`zalim, ortingga hech qayrilma, Mayli, baxtli bo`l, meni esa hech o`ylama. Ou, sen ketaver go`zalim, ortingga hech qayrilma, Sevganing bilan baxtli bo`l, hech qachon undan ayrilma.
  • yana yolgon yana usha sozlar bora bora yuragim sevgidan muzlar qiynalib oylab otirma qandaydir bahonalar xohlasang oq yol sochi qoralar
  • Yuragim, bedor qoldi yuragim, Sani deb qancha azoblarni ko`rdi bu yuragim. Keragim, sanga yo`qmi keragim? Faqat sani baxtli qilish edi bitta tilagim. Xayolim, faqat sanda xayolim, Xatolar qilmaganingda bo`lar eding ayolim. Xatoyim, ayt, ne edi xatoyim? Axir sani asrab-avaylagan bo`lsam har doim. Ha, yana biroz yonimda qoling deya, So`rar eding mendan qilib iltimos. Na bitta bir so`z aytishingga ham arzimadimku, Ishonmadim, nahot bu rost? Dard, yana bu dard, Jimlikda hasratlarimni sochmoqda, topa olmadimku baxt. Ayt, yuragim ayt, Nima uchun, kim uchun yonib-kuyding befoyda shuncha payt? Yig`ladingmi men deya? Ayrilding kim deya? Zoya ketdi shuncha orzularim, Faqat bir sen deya. Yig`ladingmi men deya? Ayrilding kim deya? Zoye ketdimi shuncha vaqtlarim Faqat bir sen deya? Bo`ladi, bari yaxshi bo`ladi, Kun kelib voz kechib, yurak bir kun taskin topadi. Ko`nadi, ko`zlarim ham ko`nadi, Ishonaman, uni ko`rmaslikka ham o`rganadi. Va’dalar, qani o`sha va’dalar? Shu savolni tinglab, qilib ketding zardalar. Axir o`zing bilib turibsan aybdorliging, Qanchalar og`ir botganda o`zgaga zorliging. Ha, yana biroz yonimda qoling deya, So`rar eding mendan qilib iltimos. Na bitta bir so`z aytishingga ham arzimadimku, Ishonmadim, nahot bu rost? Dard, yana bu dard, Jimlikda hasratlarimni sochmoqda, topa olmadimku baxt. Ayt, yuragim ayt, Nima uchun, kim uchun yonib-kuyding befoyda shuncha payt? Yig`ladingmi men deya? Ayrilding kim deya? Zoya ketdi shuncha orzularim, Faqat bir sen deya. Yig`ladingmi men deya? Ayrilding kim deya? Zoya ketdimi shuncha vaqtlarim Faqat bir sen deya?
  • Qaramagin ko'zlarimga Ishonmagin so'zlarimga Bugungi gap ertaga hech Negadir to'g'ri kelmasakan Bora bora dil yona yonadi Alamlardan tona tonadi Tinmay xasta bu yuragim Yo'ling qaytgan deb yo'lvoradi
  • Qolimda gul solib ketdi butkul Senga atab tergan edim shuncha lolagul Hazonga aylanib ketdi ular bir umrga Ikkimiz ham endi hech qachon bolmaymiz birga Shunchaki ochiq bolib ketadimi oralar Ayrilganimizdan beri tinmas bu nolalar Senga baribir uzildi songi tolalar Senga baribir ertaga menga ne bolar Senga baribir Qolimda gul gul SOlib ketdi butkul Sen uchun atalgan edi Qizil lolalar Qolimda gul gul SOlib ketdi butkul Sen uchun atalgan edi Dilimdi kemirar edni tinmay nolalar Qolimda gul gul SOlib ketdi butkul Sen uchun atalgan edi Qizil lolalar Qolimda gul gul SOlib ketdi butkul Sen uchun atalgan edi Dilimdi kemirar edni tinmay nolalar
  • Yana kezaman bu ko'chalarda o'zim yolg'iz Taqdirning oldida turibmanu man ojiz Chunki sani manda olib qo'ygandi bu taqdir Qancha kurashsam ham sandan ayrildim oxir Yonimda bo'lmading kel kurashaylik desam Davomiy baxtimiz sanga kerakmas bilsam Shunchaki o'grilib qo'l siltab ketganding oson Mana bugun bu ko'chalarda yuribman sarsor Arzonmikan san uchun o'rtadagi tuyg'ular Bir zumda unutilib ketdimi ayt orzular Soxtamidi shunchalar yuzingdagi kulgular Shu savollar tunlarimni yana kunlarimga ular Senla birga o'tgan damlar bo'ldi shirin xotira Qancha urinsam ham o'chirolmasam kerak sira Bo'ldi endi kech afsuski vaqt ortga qaytmaydi Mani sog'inishini endi u aytmaydi Avvallar men sizga dunyo bo'laman deb Dardingizni yutar daryo bo'laman deb Sog'ingan chog'ingizda paydo bo'laman deb Aytgan emasmiding, aytgan emasmiding
  • Xa manda hammasi yahshi man shunchaki kam gap Xa manda hammasi yahshi bugun osmon g'amgin Manga fakat san keraksan ko'nmadim kamga Nima qilay bu kungil bita sanga o'rgangan Ayt nima qilay ko'zimga ko'rinsang hamma yog'da Man izlayman bu yog'da san baxtlisan u yog'da Man ko'changda bu yog'da yo'q yaqinsanday odam Huta san dunyoda bir umir yodimda San ishon man sarson atrofimda juda ko'p insonlar Termulgan ko'zlarda yolg'onlar San ishon man hamon izlayman sani baxtli qilish uchun Bir umir yoningda bo'lish uchun Mana mani bir bora yodinga olsangda Yana sani eslab yurganda ko'changda Sani sog'ina yonaman hazonda Eng uzoqlar bo'lding eng yaqin insonda (x2) Xa manga bir bora ber o'zngdan bir xabar Xa manga bir bora bergin ovoz be xabar ha qayerdasan man bilmayman qayerdasan aytchi nega doim paydo bolasan men doim hayir desam ayt Hayolimdan ket yoki bekordan bekor asabini o'ynama Yonimga kel bari bir manga Lekin sansizham o'tar kunim Lekin og'riydi jonim nega Aytmiman nima bo'lganini sanga bu kunlar ichida Sog'inchim ichim yoqadi lekin g'urur so'ngi darajada Yuzimdan bilinmas lek yonadi ichimda olam jimgina San o'z yo'lingdasan man o'zyilimdaman Lekin bundan kimga naft San ishon man sarson Atrofimda juda ko'p insonlar Termulgan ko'zlarda yolg'onlar San ishon man hamon Izlayman sani baxtli qilish uchun Bir umirga yoningda bo'lish uchun Mana mani bir bora yodinga olsangda Yana sani eslab yurganda ko'changda Sani sog'inib qolaman hazonda Eng uzoqlar bo'ldi manga yaqin insonlar Mana mani bir bora yodinga olsangda Yana sani eslab yurganda ko'changda Sani sog'inib qolaman hazonda Eng uzoqlar bo'ldi manga yaqin insonlar
  • Nima uchun kelgan dunyoga Ba'zilar bilmaydi Jinnini yoqadi yoki Rostdan yetib kelmaydi Mazmunini tushunmaydi Oxirini o'ylamaydi Xatolar qilaverishdan Hech qachon to'ztamaydi Kecha xato qilding Najot izlab tavba qilding Bugun erishding Va barini unutding Yana qayta o'sha Xatolarga qo'l urding Kechagi kelgan imkonni Shunday yerga ko'mding Afsuski bo'lsachi Agar bu so'ngi imkon Har doim omad kulib Boqavermaydi ishon Sinovlarga fitnalarga To'la axir bu makon Yaxshi bo'lish uchun bo'lish Shart emasdur zodagon Hayotning har oni Ne'mat va g'animat Har bir ne'mat Biz uchun berilgan omonat Omonatga xiyonat Kechirilmaydi hech vaqt U yerdami bu yerdami Tayyor turgin hamma vaqt Bu hayot emasir Tra la la la Yoki bu muzikamas Do re mi lya Ertangi kuningni O'zing avayla
  • Agar hammasi bo'lganida chin Qayta ovoz chiqarmay bo'lar edim jim Yonadi ichim ko'nglim xalovati yo'qligini sababchisi kim Men ketgan edim bu rost lekin xolu jonimga qo'ymadi ichimdan ovoz O'zing o'ylagin biroz atrofda nima ahvol Ko'pchilikning dardi qog'oz Majburlamiyman albatta lekin qachon keladi navbatim Qachon kelar o'sha vaqt yetarli bo'lar naqd Qachon qilamiz tavba Mayli ketgan bo'lsamda bu sevgi kuyimas Hashamatli moshinalar hashamatli to'yasmas Qachon qurib bo'lamiz oxirgi uyimiz Qachon sevgidan emas oxiratni o'ylaymiz Faqat sevgini kuy qildik lek bu sevgi kuyimas Haqiqatni yashiramiz lek ko'zlarni o'yamiz Tinmay olishni bildik qachon qo'yishni bilamiz Aytinglarchi odamlar qachon biz ham to'yamiz