Текст песни: Nahotki, ikkimizdan ham bir kerakli so`z topilmasa,
Nahotki, bu keraksiz mavzu ochilsa-yu yopilmasa.
Nahotki, baxtim deganim, endi armonim bo`lib qolasan,
Nahotki, yarim bo`lagim, ko`nglim yarmim bo`lib olasan.
Uch kundan beri uyqu yo`q, almashtiradi oy quyoshni,
Lekin manga farqi yo`q.
Halovat yo`qolgan, topilmaydi o`zimni qo`ygani joy,
Holim hech kim bilmaydi, lek yurak so`rar najot.
O`sha kundan beri qiziqtirmas ob-havo,
Qiziqtirmas olam, “tv”dagi navo.
Qilolmay tasavvur, xayolda bitta savol:
Shuncha yillar asragan baxtim topdimi zavol?
O mani baxtim, qarshingdaman so`nggi bor,
Nahot qolmadi vaqtim? So`zlarim tingla so`nggi bor.
O mani baxtim, endi bir o`zing yet orzularimizga,
Qolmadi vaqtim, ko`z yoshlaringni ko`rsatmagin hech kimga.
Ou, ketaver go`zalim, ortingga hech qayrilma,
Mayli, baxtli bo`l, meni esa hech o`ylama.
Ou, sen ketaver go`zalim, ortingga hech qayrilma,
Sevganing bilan baxtli bo`l, hech qachon undan ayrilma.
Endi mani ko`zlarim bilan olamga qara,
Shunda qanchalik sevganim qilolasan faraz.
Oddiy ko`chalardan topib go`zal manzara,
Hayotga sevgan ko`zlar bilan qara.
Endi mani quvonchim bilan boshlagin kuning,
Baxt sababchi bo`lsin ko`zing yoshlagan kuning.
Endi mani qo`ng`iroqlarim buzmaydi tuning,
Endi yuzingdagi tabassum bo`lmaydi sun’iy.
Endi hayotimning nuri bilan yorit yo`ling,
Qiyin bo`lganda orzularimiz tutsin qo`ling.
Endi mani fe’lim bilan tashvishga beparvo
Bo`lib, shirin xayollaringda qilaver parvoz.
Endi bo`lsin o`sha shirin tushlaring bari rost,
Bo`l baxtga yaqinroq, mayli, mandan nariroq.
Parvoz et eshitmay, yonimda qol desam,
Man esa pastga, qanotlarim qoldi sanda.
O mani baxtim, qarshingdaman so`nggi bor,
Nahot qolmadi vaqtim? So`zlarim tingla so`nggi bor.
O mani baxtim, endi bir o`zing yet orzularimizga,
Qolmadi vaqtim, ko`z yoshlaringni ko`rsatmagin hech kimga.
Ou, ketaver go`zalim, ortingga hech qayrilma,
Mayli, baxtli bo`l, meni esa hech o`ylama.
Ou, sen ketaver go`zalim, ortingga hech qayrilma,
Sevganing bilan baxtli bo`l, hech qachon undan ayrilma.
Другие песни исполнителя:
Ey do’st qara san bilan
Ne kunni ko’rmadik
Ba’zida yutqazdigu
Ko’pincha yengilmadik
Ravon bo’lmagan bu
Sinovli hayot yo’lida
Lekin hech kim oldida
Boshimizni egmadik
Hamrohlar ko’p edi
Omadimiz kelganda
Parvozlarimiz osmonlarga
Qadar yetganda
Hamma yuzini ko’rsatdi
Mana oxirida
Do’st qara o’tib ketibdi
Necha yillar
Bosib o’tdik birga
Qanchadan qancha yo’llar
Ba’zida xursandchilik
Ba’zida mahzun tunlar
O’rtamizga tushmoqchi
Bo’ldi shaytonga qullar
Og’ir kuningda bilar ekansan
Kim kimligin
Holinga qarab turib
Oshkor etar kimligin
O’zingni qo’lga ol
Taslim bo’lma bu dunyoga
Ezgu niyatlar aylanar
Albatta ro’yoga
Do’st bu sinovlarga
Aslo yengilma do’st
Aslo yengilma do’st