Песня «duk-duk»
исполнителя Dildora Niyozova.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Parvonalar bo'lsangiz hamki, devonalar bo'lsangiz hamki xom xayolga berilib manki, o'zim sizni qizg'onaman negadir.
Rashk qilasiz hatto hammadan, hatto soya sharpadan, yana nechun tinmay dambadam, buncha sizni qizg'onaman negadir.
O'zim sizni qizg'onaman negadir.
Duk-duk-duk yurak uraveradi, yana sizni ko'rgim kelaveradi.
Hayol tinchligimni buzaveradi, yana sizni ko'rgim kelaveradi
Yoningizdan o'tsa go'zallar, ko'zi qoshi qora qalamlar, sizdan ko'ngil to'q lek alamlar, rostidan rost qizg'onaman negadir.
Sizni o'ylab yonsam o'zim ham, gohi so'ylab tonsam so'zimdan, goh arazlab goho o'zimdan, o'zim sizni qizg'onaman negadir, buncha sizni qizg'onaman negadur.
Duk-duk-duk yurak uraveradi, yana sizni ko'rgim kelaveradi, hayol tinchligimni buzaveradi, yana sizni ko'rgim kelaveradi

Другие песни исполнителя:

  • To’ydan uch kun o’tiboq, Boshlanadi hammasi, Hayot ekan ko’ramiz, Turmush degan tamg’asin. (x2) Buzilmasin desangiz, Kuyov bola va’dasi, Qaynonaga qiz bo’ling, kelin, Qaynotaga do’st bo’ling, kelin. Qaynotaga qiz bo’ling, kelin, Qaynonaga do’st bo’ling, kelin. Kelin, kelin, oy kelin, Go’zallikka boy kelin, Kulishlari yarashgan, Ham iboli oy kelin. (x2) Ayamang xush kalomni, Ham aligu salomni, Har nimaga chalg’imay, Shirin qiling taomni. (x2) Kuyov bola teskari Kiymasidan to’nini, Qaynotaga qiz bo’ling, kelin, Qaynonaga do’st bo’ling, kelin. Qaynotaga qiz bo’ling, kelin, Qaynonaga do’st bo’ling, kelin. Kelin, kelin, oy kelin, Go’zallikka boy kelin, Kulishlari yarashgan, Ham iboli oy kelin. (x2) Kurmagisiz guruch yo’q, Yaxshi uyda urush yo’q, Tosh kelganda kemiring, Suv kelganda simiring. Qozonmoq uchun kuyov Muhabbatu sevgisin, Qaynotaga qiz bo’ling, kelin, Qaynonaga do’st bo’ling, kelin. Qaynotaga qiz bo’ling, kelin, Qaynonaga do’st bo’ling, kelin. Kelin, kelin, oy kelin, Go’zallikka boy kelin, Kulishlari yarashgan, Ham iboli oy kelin. (x2) Kelin, kelin, oy kelin, Go’zallikka boy kelin, Agar ko’nglin topsangiz, Uy to’rida joy, kelin. Agar ko’nglin topsangiz, Uy to’rida joy, kelin.