Dildora Niyozova.
 Слушать песни исполнителя и скачать онлайн

Группа вконтакте

Dildora Niyozova

  • Endi mani sendan boshqalarda ishim yoq Mani sendan boshqa hechdan ishim yoq Har kuni bir diydoringa to'yishdan-ey Mani qiladirgan bir ishim yoq O'rgimchi qiz dimog'lanma qomatingga quvonma Bu o'tkinchi dunyolarda akanglara ishonma Jon ogajon mish-mishlarni qoysang-ey Mandan o'zga tanishlaringni qoysang-ey Sen aytarsang sodiq, vafoli yorim bor deb jonim Men aytaman diydorimga to'ysang-chi Sani erkalab yo'llara solgan akanglara ishonma Haqda sanga mehrini bergan og'anglara ishonma Yoshlik davring o'tar-ketar sevdim degan ko'p bo'lar Aldab-sinab yomon yo'llara ketdik degan ko'p bo'lar Guldek davring o'tar-ketar o'ldim degan ko'p bo'lar Aldab-sinab daryo bo'ylarina ketdik degan ko'p bo'lar San ularning gaplarina hayron bo'lib yurmagin opam Yoshing qirqdan o'tkan song-ey 'tur-ket' degan ko'p bo'lar Sani erkalab yo'llara solgan akanglara ishonma Haqda sanga mehrini bergan og'anglara ishonma Ishq boshqa havas boshqa hoyu-havasni unut Sevdim degan mard yigitni kestimidan mahkam tut Yolg'on yolg'on va'dalarni bergan Yolg'onchi yigitlarning va'dalarni unut
  • Bugun yana bahorlarga yalindim Umr degan anhorlarga yalindim Soniya-yu misqollarga yalindim Tez qaritib qo'ymang Otam-Onamni deb Yuzlarida ajin degan dog' ko'rindi Sochlarida buncha erta oq ko'rindi Hayollarim har tomonga qoq bo'lindi Tez qaritib qo'ymang Otam-Onamni deb Umr shuncha tez o'tiptimi, Keksalik qo'lin tutiptimi Ko'nglim armonga to'liptimi Ota Onam qariptimi Hazonlarga to'lmay turing bog'larimey Yuzimga chang solmay turing dog'larimey Shoshmay turing ey siz baxtli chog'larimay Tez qaritib qo'ymang Otam-Onamni deb Bugun yana havotirga chalindim Umid bilan armonlarga tanildim Karami keng osmonlarga yalindim Tez qaritib qo'ymang Otam-Onamni deb Umr shuncha tez o'tiptimi, Keksalik qo'lin tutiptimi Ko'nglim armonga to'liptimi Ota Onam qariptimi Ko'ngil qushi kesaydim ko'p olam derkan, Hofiz qani zo'r bo'lsaydi nolam derkan, Ota Ona o'lgunicha bolam derkan, Ayting do'stlar farzand qachon, Otam derkan Onam derkan...
  • Bahor qaytar, kuz ham qaytar, qaytar turnalar, Osmon uzra qo`shig`ini aytar turnalar. Tabiatning har faslida olam turlanar, Bolalikni sog`inganda ko`ngil tirnalar. Bilib-bilmay sochimizga oqlar oralar, Yoshligimiz qaytmas ekan, yoshlik qaytmaydi. {x2} Baxt qidirma, baxt ulashar soqiymas hech kim, O`tar shoh ham, gadolar ham boqiymas hech kim. Gar gunohing bo`lmasa, bil, qoqilmas hech kim, Qayg`ularning olovida yoqilmas hech kim. Yoshlik chog`in qadrin bilmas, oqilmas hech kim, Yoshligimiz qaytmas ekan, yoshlik qaytmaydi. {x2} Umrimizning o`zi armon, yo`llari armon, O`tgan kunlar qori armon, do`llari armon. Kutolmagan sohibjamol qo`llari armon, Hayotimiz o`ngi armon, so`llari armon. Yig`lab qolgan ilk sevgining yillari armon, Yoshligimiz qaytmas ekan, yoshlik qaytmaydi. {x2}
  • Faridam, faridim, farishtam deding, Kuldimu ketdim. (x2) Men seni hech kimga alishmam deding, Kuldimu ketdim. (x2) Sensiz dunyolarga yarashmam deding, Kuldimu ketdim. Faridam, faridim, farishtam deding, Kuldimu ketdim. Faridam, faridim, farishtam deding, Kuldimu ketdim. (x2) Sen kimlarga almashding, ketding? G`avg`olarda adashding, ketding? Dunyolarga yarashib ketding, Yig`ladim, yig`ladim, yig`ladim, Kuldingu ketding. Yig`ladim, yig`ladim, yig`ladim, Kuldingu ketding. Faridam, faridim, farishtam deding, Kuldimu ketdim. (x2) Men seni hech kimga alishmam deding, Kuldimu ketdim. (x2)
  • Parvonalar bo'lsangiz hamki, devonalar bo'lsangiz hamki xom xayolga berilib manki, o'zim sizni qizg'onaman negadir. Rashk qilasiz hatto hammadan, hatto soya sharpadan, yana nechun tinmay dambadam, buncha sizni qizg'onaman negadir. O'zim sizni qizg'onaman negadir. Duk-duk-duk yurak uraveradi, yana sizni ko'rgim kelaveradi. Hayol tinchligimni buzaveradi, yana sizni ko'rgim kelaveradi Yoningizdan o'tsa go'zallar, ko'zi qoshi qora qalamlar, sizdan ko'ngil to'q lek alamlar, rostidan rost qizg'onaman negadir. Sizni o'ylab yonsam o'zim ham, gohi so'ylab tonsam so'zimdan, goh arazlab goho o'zimdan, o'zim sizni qizg'onaman negadir, buncha sizni qizg'onaman negadur. Duk-duk-duk yurak uraveradi, yana sizni ko'rgim kelaveradi, hayol tinchligimni buzaveradi, yana sizni ko'rgim kelaveradi
  • Sizga bo`lsin navoyu-nazm, Sizni eslab ovunganlarim, Boshim yerga tekkuncha ta’zim, Sizsiz ekan bu ko`nglim yarim, Mening aziz sog`inganlarim. Kimdan qolmas dunyoyi dargoh, Cho`li iroq, qolgaydir chorgoh. Diydor nasib ayladi Alloh, Kuylab topgan zebu-zarlarim, Mening aziz sog`inganlarim. Sog`inganlarim, sog`inganlarim, Mening aziz sog`inganlarim. Sog`inganlarim, sog`inganlarim, Sizsiz ekan bu ko`nglim yarim, Mening aziz sog`inganlarim. Sog`inch asli o`kinchdan yomon, Qizil yuzlar bo`lgaydir somon. (2x) Bo`lsin tan sog`, boshingiz omon, Aytmoqqa ko`p dilda dardlarim, Mening aziz sog`inganlarim. Sog`inganlarim, sog`inganlarim, Mening aziz sog`inganlarim. Sog`inganlarim, sog`inganlarim, Sizsiz ekan bu ko`nglim yarim, Kuylab topgan zebu-zarlarim. Sizsiz o`tgan bir kunim asr, Malikaman – ko`nglingiz qasr. Kutmasangiz, men kimman axir? Dildorga dil tutinganlarim, Mening aziz sog`inganlarim. Sog`inganlarim, sog`inganlarim, Mening aziz sog`inganlarim. Sog`inganlarim, sog`inganlarim, Kuylab topgan zebu-zarlarim, Aytmoqqa ko`p dilda dardlarim.