Песня «Yoshlik qaytmaydi»
исполнителя Dildora Niyozova.
Скачать или слушать онлайн

00:00/00:00

Текст песни:

Bahor qaytar, kuz ham qaytar, qaytar turnalar,
Osmon uzra qo`shig`ini aytar turnalar.
Tabiatning har faslida olam turlanar,
Bolalikni sog`inganda ko`ngil tirnalar.
Bilib-bilmay sochimizga oqlar oralar,
Yoshligimiz qaytmas ekan, yoshlik qaytmaydi. {x2}

Baxt qidirma, baxt ulashar soqiymas hech kim,
O`tar shoh ham, gadolar ham boqiymas hech kim.
Gar gunohing bo`lmasa, bil, qoqilmas hech kim,
Qayg`ularning olovida yoqilmas hech kim.
Yoshlik chog`in qadrin bilmas, oqilmas hech kim,
Yoshligimiz qaytmas ekan, yoshlik qaytmaydi. {x2}

Umrimizning o`zi armon, yo`llari armon,
O`tgan kunlar qori armon, do`llari armon.
Kutolmagan sohibjamol qo`llari armon,
Hayotimiz o`ngi armon, so`llari armon.
Yig`lab qolgan ilk sevgining yillari armon,
Yoshligimiz qaytmas ekan, yoshlik qaytmaydi. {x2}

Другие песни исполнителя:

  • Sizga bo`lsin navoyu-nazm, Sizni eslab ovunganlarim, Boshim yerga tekkuncha ta’zim, Sizsiz ekan bu ko`nglim yarim, Mening aziz sog`inganlarim. Kimdan qolmas dunyoyi dargoh, Cho`li iroq, qolgaydir chorgoh. Diydor nasib ayladi Alloh, Kuylab topgan zebu-zarlarim, Mening aziz sog`inganlarim. Sog`inganlarim, sog`inganlarim, Mening aziz sog`inganlarim. Sog`inganlarim, sog`inganlarim, Sizsiz ekan bu ko`nglim yarim, Mening aziz sog`inganlarim. Sog`inch asli o`kinchdan yomon, Qizil yuzlar bo`lgaydir somon. (2x) Bo`lsin tan sog`, boshingiz omon, Aytmoqqa ko`p dilda dardlarim, Mening aziz sog`inganlarim. Sog`inganlarim, sog`inganlarim, Mening aziz sog`inganlarim. Sog`inganlarim, sog`inganlarim, Sizsiz ekan bu ko`nglim yarim, Kuylab topgan zebu-zarlarim. Sizsiz o`tgan bir kunim asr, Malikaman – ko`nglingiz qasr. Kutmasangiz, men kimman axir? Dildorga dil tutinganlarim, Mening aziz sog`inganlarim. Sog`inganlarim, sog`inganlarim, Mening aziz sog`inganlarim. Sog`inganlarim, sog`inganlarim, Kuylab topgan zebu-zarlarim, Aytmoqqa ko`p dilda dardlarim.