Песня «Ota-Ona»
исполнителя Dildora Niyozova.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Bugun yana bahorlarga yalindim
Umr degan anhorlarga yalindim
Soniya-yu misqollarga yalindim
Tez qaritib qo'ymang Otam-Onamni deb
Yuzlarida ajin degan dog' ko'rindi
Sochlarida buncha erta oq ko'rindi
Hayollarim har tomonga qoq bo'lindi
Tez qaritib qo'ymang Otam-Onamni deb
Umr shuncha tez o'tiptimi,
Keksalik qo'lin tutiptimi
Ko'nglim armonga to'liptimi
Ota Onam qariptimi
Hazonlarga to'lmay turing bog'larimey
Yuzimga chang solmay turing dog'larimey
Shoshmay turing ey siz baxtli chog'larimay
Tez qaritib qo'ymang Otam-Onamni deb
Bugun yana havotirga chalindim
Umid bilan armonlarga tanildim
Karami keng osmonlarga yalindim
Tez qaritib qo'ymang Otam-Onamni deb
Umr shuncha tez o'tiptimi,
Keksalik qo'lin tutiptimi
Ko'nglim armonga to'liptimi
Ota Onam qariptimi
Ko'ngil qushi kesaydim ko'p olam derkan,
Hofiz qani zo'r bo'lsaydi nolam derkan,
Ota Ona o'lgunicha bolam derkan,
Ayting do'stlar farzand qachon,
Otam derkan Onam derkan...

Другие песни исполнителя:

  • Toshkent ona shahrimda ajoyib kundir mana, Aziz Toshkent. Sen mehr oftobidan nur olib baxtga to`lding, Poytaxt Toshkent. O`zbekiston yuragi, xalqimning yorug` qalbi, Sensan Toshkent. Sen non shahri bo`lgansan va hozir ham shundaysan, Mehrim Toshkent. Toshkent, Toshkent, Toshkent, Toshkent, Sharqda tanho yulduz Toshkent. Sevgim, baxtim sen-la birga, Sening maftuningman bir umrga, Mening hayotimsan bir umrga. Toshkent ona shahrimda favvoralar sochilsin Osmongacha. Porlagan yulduzchalar oqshomlarni yoritsin Tonglargacha. Ertalabdan quyoshning nurlari yetib borsin Odamlarga. Tinchlik va yana tinchlik tilayman aziz yurtim Men senga. Toshkent, Toshkent, Toshkent, Toshkent, Sharqda tanho yulduz Toshkent. Sevgim, baxtim sen-la birga, Sening maftuningman bir umrga, (x2) Mening hayotimsan bir umrga.