Konsta.
 Слушать песни исполнителя и скачать онлайн.
Страница 3

Группа вконтакте

Konsta

  • Esimda yo'q, birinchi bor daftarimni ochganim Esimda yo'q, birinchi darsim, esimda qochganim Esimda yo'q, birinchi bor ushaganim ruchkani Esimda aniqrog'i, ruchkam oynadan uchgani Esimda yo'q, kundaligimda birinchi baho Esda birinchi bahor, meva yeb bo'sada xom Esimda yo'q qachon nasib etdi, kitob o'qish Esda birinchi qish, zvonok, qor o'ynashga chiqish Esimda yo'q nega, Sharif zabor oshib ketardi Esimda yo'q beshinchi soat, to'rttasi yetardi Esimda yo'q nima o'tgani, shu to'rttasida Esimda lineykada, turganim zal o'rtasida Esimda maktab yonida, studentlarni urganimiz Esda yo'q kim uchun, esda до конца turganimiz Eslolmadim o'qituvchilar, nimalar qildirgani Ko'pi esimda yo'q, esda ko'pni bildirgani Yoshlik, bilmaydi hech kim qachon tugashini Yoshlik, o'ynardik qorong'u joylarda yashin Yoshlik, qorong'u ichimda svet yoqolmayapman Yoshlik, chiq mayli yutqazdim, Chiq, Topolmayapman Yoshlik, bilmaydi hech kim qachon tugashini Yoshlik, o'ynardik qorong'u joylarda yashin Yoshlik, qorong'u ichimda svet yoqolmayapman Yoshlik, chiq mayli yutqazdim, Chiq, Topolmayapman Esimda birinchi martta kinoga kirganimiz Yo'q esimda yo'q qaysi film, esimda o'tirganimiz Esimda yo'q o'sha paytlarda biz o'tirgan parta Esimda yo'q edi kofe, biz o'tirgan barda Esimda yo'q informatika, esimda dotik Esimda yo'q ximiya, esimda yengil narkotik Esimda yo'q adabiyot, esimda Radius Esimda bitta uchrashuv va minus o'n besh gradus Esimda o'shanda o'zim tanlab yurdim shu yo'ldan Katta bolaman deb yo'l ko'rsatsalar, ushlab qo'ldan Esimda qanday qilib, o'z yoshligimni buzganim Esimda bir paytlar men xam bir orzular tuzganim Hech kim aybdormas seni shu hayotinga O'chir Tayyorlamadimi seni shu kunlarga ko'cha Sen bo'may kim o'sha kotta bo'b qolgan tip, a Shunda bilmaganding, uy edi, eng zo'r karantin Yoshlik, bilmaydi hech kim qachon tugashini Yoshlik, o'ynardik qorong'u joylarda yashin Yoshlik, qorong'u ichimda svet yoqolmayapman Yoshlik, chiq mayli yutqazdim, Chiq, Topolmayapman Yoshlik, bilmaydi hech kim qachon tugashini Yoshlik, o'ynardik qorong'u joylarda yashin Yoshlik, qorong'u ichimda svet yoqolmayapman Yoshlik, chiq mayli yutqazdim, Chiq, Topolmayapman (Yoshlik)
  • Unutilmas! hech qachon bu kulishlaring Hazil qilishlaring Erkalanib yurishlaring Hech unutilmas...! Hech qachon bu kulishlaring Hazil qilishlaring Erkalanib yurishlaring Hech unutilmas! Ey birinchi sevgim! Bilmadim nechta tushlarimni Men bervordim senga Hech kimni sezmiman, o'ta beparvo O'tmishda hayollarim etadi parvoz Bunchalar yoqimli so'zlar Ular sevar hamda e'zozlar Buzilgan yuragimni sozla Bu qanday his? Aytinglar ustozlar? Kel azoblarni qilamiz bekor Sen o'tmishga boq, ikkalamizni ko'r Bir daqiqaga bosada bo'l o'shandagidek Telbalarcha yugur yana yomg'irni tagida Ayt, ko'rsin bu shahar Bizda hamon o'sha qalb Keyin meni unutib, yoring Bilan qo'sha qari! Senda ko'rganimni men Moskvalarda ko'rmadim Sen kabi chiroyli Aktrisalar ham kulmadi...! You might also like Odamlar nima deydi? Konsta The Real Slim Shady Eminem Lose Yourself Eminem Unutilmas! hech qachon bu kulishlaring Hazil qilishlaring Erkalanib yurishlaring Hech unutilmas...! Hech qachon bu kulishlaring Hazil qilishlaring Erkalanib yurishlaring Hech unutilmas...! Yo'q iloji yo'q, sensiz bo'lishni Men xohlamiman sensiz Bo'lishni olamni ikkiga Kulishingni o'zganikiga, yo'q Almashtirmiman o'zganikiga! Endi hayotimda muhim o'rning bor Har bir go'zal shaharlarni Men bilan ko'rgin ming bor Endi qiladigan muhim ishing bor Har kuni, har soatda Quvonchingdan kulishing rost Sensiz hayotim bo'lolmas oldingidek Adashgan bo'laman agar Desam oltinga teng Yo'q, bahosi yo'q Bergan quvonchlaringni Yana sog'inib men boraman oldingga tez Bugun yonimda bo'l Qolgan gaplar ertaniki Olgin borimni birdaniga Buncha quvonch sig'mas bir tanaga Olgin borimni birdaniga...! Unutilmas! hech qachon bu kulishlaring Hazil qilishlaring Erkalanib yurishlaring Hech unutilmas...! Hech qachon bu kulishlaring Hazil qilishlaring Erkalanib yurishlaring Hech unutilmas...!
  • Meni Qo'yvor Kuz, Hammasi borku Bu prosta dramma sezon Atak menda hammasi zo'r, hey Meni Qo'yvor Kuz, Hammasi borku Bu prosta dramma sezon Atak menda hammasi zo'r, Status Kuz Meni qo'yvor kuz, Status Kuz Bumer kezadi shaharni Qoldiradi orqada budda barni Ketamiz uy tomon, markazga Shafyor oyog'i, yopishar gazga Topiladi viski endi, topilar cola Muzlatgichim zo'rg'a yopilar to'la Men sababli qayg'urmasin ho'p narkolog Endi cho'zishmasin men tomonga, ko'plar qo'lin Yangi raqamlar, yangi trupka Qo'shilish osonmas, yangi krugga Tepa yoki past endi, o'z qo'limda O'zim-o'zimga shef, bos yo'limda Manzara prosta chuma Kvartira shisha tuman Hamma joyidan offline kechga Bugun menga teginmasin hech kim Iliq choyni ichib, yeb pirok Sog'inadi uyni reperok Rejim gruz Status Kuz Meni Qo'yvor Kuz, Hammasi borku Bu prosta dramma sezon Atak menda hammasi zo'r, hey Meni Qo'yvor Kuz, Hammasi borku Bu prosta dramma sezon Atak menda hammasi zo'r, Status Kuz Meni qo'yvor kuz, Status Kuz Meni qo'yvor kuz Meni qo'yvor kuz Status Kuz Xuddi Marko Polo Ona o'g'liz doim, izlar to'polon Kechiring uni vaqtini, qizlar ko'p olar Uni miyyasida doim, hislar qo'poli Go'zalni qop-qora ko'zlari ho'l Idish-tovoq, pol, so'zlar ukol Muzlagan yuz bilan qaynoq koffe Qaleysan, deymiz lekin bizga krayno poffi Mahallamdamasligim bildirib Yama ko'rmay, aylanar g'ildirak Bu vataningmas, boshqa yer deya Hamma joyda ishlar L.T.Y To'qqizinchi etaj o'chirmiydi chirog'ini Son of sun city Uyni sog'inar, bu muzika gruz Status Kuz Meni Qo'yvor Kuz, Hammasi borku Bu prosta dramma sezon Atak menda hammasi zo'r, hey Meni Qo'yvor Kuz, Hammasi borku Bu prosta dramma sezon Atak menda hammasi zo'r, Status Kuz Meni qo'yvor kuz, Status Kuz Meni qo'yvor kuz Meni qo'yvor kuz Status Kuz
  • Ochaman bloknotti, tezlashadi yurakda beat! Oxirgi bor harakatim u ham ketti be samar, Oxirgi martta ojizman deydi oxirgi tabib. Chekishni tashash o'rniga tashadik bir birimizni, Aytgin nega aytgin ko'zlaringda yosh? Nega ikkimiz ajratib qo'yib bog'lading taqdirimizni, Aytgin nimani aytgin ko'zlading hayot! Ayt! Barcha bu kunlarimizga izoh keltirib berchi, Shuncha azob kerak kimga aytgin kerak kimga? Nima kere unga nikatin, nima kere manga puerchik, Ayt baxt so'zi ortiga yana nima bekingan? Tekinga sevgini izlab yurgan ekanman sodda, Uni prav deya sandan ranjidim kechirgin do'stim. Xatolardan o'rganish azobiga chidolmas odam, San to'g'irlagan yo'ldan yana yurdim behostan. Asli achinganim sababi sani sevganim emas, Sanga nisbatan bo'gan ota-onamni e'tibori! Bizdan umid qiganlaga achinaman sani sevganimgamas, Hammani bizga ishongani ich ichimga yetib borar. Va tobora borar nafratim oshib tugar bardoshim, Mother Fucking Love qabr toshimgacha nega? Listen to me please no more, yuragim ko'z yoshi otilar tashqariga toshib lekin aqlim kirgan! Aqlim kirgan bilaman san qaytmisan man kechirmiman, O'tib ketaman mimo, bezovta qimiman, Bilaman unutolmisan, o'zim ham unutolmiman! Shuncha narsani bilsamda unutishshi bilmiman, Sog'indi ikkimizni Prospekt Mira va Arbat, Hamma narsa eslatar, taksilar kechki payt. Asarlarim bosh ro'lida o'zimga keldi navbat, Sog'ingansan bilaman, sog'inmadim hech deb ayt?! Baxt tiliman, hech narsa ortga qaytmasayam mayli, Hamma quvonch sanda bo'sa man bilan firmenniy smile. Chin sevgiga ishongan odamla ikkimiz tufayli, Qoldirib mp3 fayllar o'ldi Majnun i Layli...!
  • Balki hayotim arzondir Ona Lekin hayotimda qimmatim o'zizsiz Balki orzularim armondir Ona Lekin bu hayotda jannatim o'zizsiz Balki men hayotda eng kuchsiziman Siz borsizki so'nmas savlatim Ota Albatta mahalla boylari biz emas O'zizsiz topib bo'lmas davlatim Ota Go'zal shahar bu, va kistamda pul kammas Allaqachon katta bo'lib ulgurganmiz Menda hammasi yaxshi, men sog'lom va ko'rkamman Bu tashvishlar xolva men battarin ko'rganman Kechiring men, o'xshamadim hammaga O'zimda hamma gap, qiyin bo'lsa ham agar Ko'nmadim kamiga men, ko'nikmadim yamaga Ismim boshqa qo'yay sizlarni ham olib chiqmasam agar Teraman raqamni, yo'talim bosib Siz deysiz sog' bo'lgin bolam, usting qalin bo'lsin Men hammasi yaxshi deyman, siz ishonasiz Men yolg'onchi farzand, siz nuqsonsiz Onasiz Sog'indim derdimu, lekin bundan kimga naf Siz ham erta ulg'ayganimni sezasiz jimgina Charchadim degim keladi, kelar ko'zimga nam Taslim bo'p qaytvoray deyman lekin bundan kimga naf Balki hayotim arzondir Ona Lekin hayotimda qimmatim o'zizsiz Balki orzularim armondir Ona Lekin bu hayotda jannatim o'zizsiz Balki men hayotda eng kuchsiziman Siz borsizki so'nmas savlatim Ota Albatta mahalla boylari biz emas O'zizsiz topib bo'lmas davlatim Ota Ota sizga o'xshab, yashashni istiyman O'rgattiz yomon hislarimni, tashlashni istiyman Bo'ldiz odam bo'lib qolishimga, bu maskaratta Siz davlatimsiz, va bu davlat o'lchanmas karatda Sizdan olgan fazilatimdan, o'xshasamda toshga So'zim qadrlashga o'rgandim, ko'cha qasamga toshgan Sizga o'xshiyman, deya qiynalsamda Otang zo'r inson deyishlari, dilimga balzamdir Yo'limda qat'iyman, Erishmaguncha stop yo'q Men yo'limni izlab bosib chiqdim, juda ham ko'p yo'l Siz tushundiz meni, ishondiz bu eng katta yordam Hammasiga erishaman, ko'nikmiyman tayyoridan Men bu dunyoda sizni, kichkina bir qismingizman Hurmat ko'rish ismim, oldida sizni ismingizni Meni muxlislar maqtashsa, aytishim joizdir Men zo'r bo'lsam bu sizni, zo'rligizdan bir foizdir Balki hayotim arzondir Ona Lekin hayotimda qimmatim o'zizsiz Balki orzularim armondir Ona Lekin bu hayotda jannatim o'zizsiz Balki men hayotda eng kuchsiziman Siz borsizki so'nmas savlatim Ota Albatta mahalla boylari biz emas O'zizsiz topib bo'lmas davlatim Ota
  • Bu trackdan so'ng balki ketarsan mandan voz kechib, San sevib qolgan insonmasman iltimos kechir. Konsta bu minglab qalblarning dardlarin qiyofasi, Ajratgani yo'q kunlarni, ajratgani yo'q fasl. Sanga tracklarim o'qidim to'g'ri yo'l ko'rsatib, Lekin to'g'ri kelmadi hayotimga to'rt satr. O'z gunohlarimdan to'pladim fanatimga qonun, Asli u qo'llarimdamasdi axir qo'llarim qon-u. Men borman, ishonma kuylasam Man emas deb, O'ylama mani mast deb, shunchaki tanimasding. A tracklar bu sani qalbing bo'sa beganamasdek, Birinchi so'z ona lek birinchi track onamasdi. Pizdatiy repper bo'ldim lek bo'loldimmi farzand? Gunohlarim yuvilarmikin to'lganda har zal. Zo'r tracklarim uchunam kichkinam sevarmikan?! Axir u sevar Sharifni lek ko'nikar yarmiga. Man ko'proq bloknotlar ochdim suhbatlardan ko'ra, Man ko'proq punchlarni terdim raqamlardan ko'ra. Ko'proq microga dardim aytdim do'stimdan ko'ra, Ko'rsatdim Konsta bo'lib endi o'zimdan ko'ray...! #Naqorat: Sen eshitma yolg'onlarimni, Sen qaytarma xatolarimni, Sen talpinma men tomonga, Havas qilma men yomonga...! Hali sinmadim, ishonchim oqlamaganlaga qarshi, Barchasi harchand kulib yuzimga xanjar tiqqan bo'lsada garchi. Hayotim oq-qora matolar, Yo'llarim bir to'la xatolar. Qancha kuygan qalb dard toma, Ishonmas hech kimga qalam bu qatordan. Man shuncha yashadim rost har xil niqoblar kiyib, Kuldim san yig'laganda to'xtamasdan shu ikki yil! Yaranga tuzlar sepdim, tuyg'ularing toptadim, tepdim, Shuncha yillik ijodim bu eshitsin baxtim debmi? Man bo'laman xursand boshqatdan hayotim qursam, Onam ishonchin oqlab kulishiga sababchi bo'lsam. Ona, kuling kulgingiz keltirar omadim, Ona, eng qiyin kunlarimda sizdan o'zga qomadi! Huvullab qoldim man sog'inib bo'm-bo'sh xona? Eslayaptimi mani farishtalarim to'rt dona? Ko'zimga kulib qarang shu manga qarsagingiz, Qiyin ekan ko'nish ko'z oldimda qarisangiz-a...! Esimdamas-u birinchi tarsak, Onalar unutmas agar ko'ngillarini og'ritsak. Yech naushniklarni, yaqinlaring eshit, Yoki qol yolg'onlarim bilan quloqlaring teshib...!