Узбекские песни.
Страница 4

Группа вконтакте

  • Tomchi-tomchi gul bargida shabnam, Beg`ubor bu xushbo`y atirgul. Atirgul rangiday lablaring sening, Seni shunday xumor sevaman. Atirgul rangiday lablaring sening, Bulbulday beg`ubor sevaman. Ayla bedor, mayli, kelmay takror meni, Ammo tingla sevgim to`la oshiq yuragimni. Oshiq yurak vafo so`rar, Xayollarim sog`intirar, O`shal visol, o`sha ko`zlar bo`zlatar. Oshiq yurak vafo so`rar, Xayollarim sog`intirar, Sehrli tun bu yulduzlar eslatar. Ko`z tegmasin deb duo qilar jonim, Tilaklarim, orzuyim o`zing. Yashnasin yuzingdan bu olam sening, Baxtingdan o`rgilib sevaman. Yangrasin yuzingdan bu olam sening, Jonim, shunday o`tli sevaman. Ayla bedor, mayli, kelmay takror meni, Ammo tingla sevgim to`la oshiq yuragimni. Oshiq yurak vafo so`rar, Xayollarim sog`intirar, O`shal visol, o`sha ko`zlar bo`zlatar. Oshiq yurak vafo so`rar, Xayollarim sog`intirar, Sehrli tun bu yulduzlar eslatar.
  • Turtkilar meni achchiq haqiqat, adolat Ne qilay, yoqimsizdur hayotda rostgo'y mehr Bedor o'kinar yurak, ne uchun yoqmas ba'zida haqiqat? Dildan kuyinib yuziga aytolsam, ko'nglimga berishar ozor Nega? INSTRUMENTAL Yaralangan xotira ba'zida bitmas hecham Kimnidir qiynar vijdon yo armon yoki iymon Bedor o'kinar yurak, ne uchun yoqmas ba'zida haqiqat? Dildan kuyinib, yuziga aytolsam, ko'nglimga berishar ozor Nega? INSTRUMENTAL Bedor o'kinar yurak, ne uchun yoqmas ba'zida haqiqat? Dildan kuyinib, yuziga aytolsam, ko'nglimga berishar ozor Nega? Bedor o'kinar yurak, ne uchun yoqmas ba'zida haqiqat? Dildan kuyinib, yuziga aytolsam, ko'nglimga berishar ozor Nega?
  • Ветер любви в паруса нам задул Душу мою и твою всколыхнул Плыть ли нам вместе до самой земли? Рядом будь со мной и глаза не отводи Сердце так бьётся, что слышно вокруг Это не гром - моего сердца стук И разошлись чёрные облака Лишь бы их снова на миг не затянуло [Припев] Пусть же горит, как никогда В небе погибшем ночная звезда Дай же мне знать, как рассказать Или не помнить (или не помнить) Пусть же горит, как никогда В небе погибшем ночная звезда Дай же мне знать, как рассказать Или не помнить Ветер догнать [Куплет 2] Слышишь ли песню мою по утру? Счастье своё не отдам никому Только ты крылья мне не обломай В пропасть упасть с высоты, прошу, мне не дай За белым днём снова тёмная ночь Лишь ты один в этом сможешь помочь Словно в тумане по небу иду Как осознать мне что я так просто лечу? See upcoming pop shows Get tickets for your favorite artists You might also like Ворую алкоголь (Stealing Alcohol) ЭВСЭ (EVSE)
  • Andijonda ko‘nglim mani qolib ketdi Shabnamginam halovatim olib ketdi (2x) Nur-nur nur taralar yuzlaridan Ko‘zlarimning gavharlari oqib ketdi Nur-nur nur taralar yuzlaridan Hey, Andijonda ko‘nglim mani qolib ketdi Yuragimni g‘ashlab ketma shabnamginam Ko‘zlarimni yoshlab ketma shabnamginam (2x) Bevafolar chorlaganda oftobim deb Men yoringni tashlab ketma shabnamginam Bevafolar chorlaganda oftobim deb O‘z yoringni tashlab ketma shabnamginam Nur-nur nur taralar yuzlaridan Ko‘zlarimning gavharlari oqib ketdi Nur-nur nur taralar yuzlaridan Hey, Andijonda ko‘nglim mani qolib ketdi Boqqa kirib tikon terdim gulzoringdan Hofiz bo‘lib qoldim mana ozoringdan (2x) Xaridoring, men oshig‘ing kambag‘alroq Qo‘rqadirman sening qiymat bozoringdan Xaridoring, men oshig‘ing kambag‘alroq Qo‘rqaman-da sening qiymat bozoringdan Nur-nur nur taralar yuzlaridan Ko‘zlarimning gavharlari oqib ketdi Nur-nur nur taralar yuzlaridan Hey, Andijonda ko‘nglim mani qolib ketdi
  • Osmon yig`lar, go`yoki mening qismatimga achinar, Soat sayin, bu umrimning, so`nggi oni yaqinlashar. Meni jonidan, sevgan azizim, kutgan baxting berolamayman, Seni mendik chin, dilidan sevar, sodiq yurakka beraman. Naqorat: O hayot, o hayot, to`ymadim senga hayot, Ayirar qismat, shirin bag`ringdan. Tayyorman bunga hayot... O hayot, o hayot. Ulgurmadim, qadrdonlarga burchimni ado etishga, Ulguray lekin, sal bo`lsa ham, mehrini so`ndirishga. Toki ular hech, ozor chekmasin, bevaqt judolikdan, Mehribonlarim, hayotingizdan, ketsam edi bilinmasdan. Naqorat: O hayot, o hayot to`ymadim senga hayot, Ayirar qismat, shirin bag`ringdan. Tayyorman bunga hayot... O hayot, o hayot...
  • Sening yoningda go'yo begona Go'yo yurakda bo'm-bo'shli tunlar Sehrli onlar, sehrli damlar Xuddi tush kabi meni tark etar Qani mehribonim, o'zing darddoshim, sirdoshim Sadoqatim sen uchun, jonim, sensan hayotim Qani mehribonim, o'zing darddoshim, sirdoshim Sadoqatim sen uchun, jonim, sensan qanotim Uzoqdan yurak uzatar qo'lin Bora olmayman yoningga, essiz Axir tanlading shu taqdir yo'lin Qaylarda bo'lsang ham, Tangrim asrasin Qani mehribonim, o'zing darddoshim, sirdoshim Sadoqatim sen uchun, jonim, sensan hayotim Qani mehribonim, o'zing darddoshim, sirdoshim Sadoqatim sen uchun, jonim, sensan qanotim Qani mehribonim, o'zing bardoshim, sirdoshim Sadoqatim sen uchun, jonim, sensan hayotim Qani mehribonim, o'zing bardoshim, sirdoshim Sadoqatim sen uchun, jonim, sensan qanotim